Davlat tilida ish yuritish fanidan 8-amaliy mashg‘ulot
Topshiriqlar:
1-topshiriq. Matnni o‘qing, uning zaruriy qismlarini aniqlang
T A R J I M A Y I H O L
Men, Sobirov Nodir Nozim o‘g‘li, 1985-yil 27-iyunda Buxoro shahrida
xizmatchi oilasida tug‘ildim. Otam – Sobirov Nozim viloyat yo‘l qurilishi
boshqarmasining bosh muhandisi, Onam – Nomozova Nasiba 18-o‘rta
maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydilar. Oilada 4 kishimiz. Ukam – Nasim
7- sinfda o‘qiydi.
1992-yildan 2002-yilgacha Buxoro shahridagi 18-maktabda o‘qidim.
Maktabda sinf devoriy gazetasi muharriri bo‘ldim. Ona tili va adabiyot
fanlariga juda qiziqaman. Bu fan bo‘yicha viloyat olimpiadasida 2-o‘rinni
egallaganman. Tennis bo‘yicha respublika musobaqalarida faxrli o‘rinlarni
olganman.
9-sinfni tugatib, 2002-yilda Buxoro davlat universitetining akademik
litseyiga o‘qishga kirdim.
Mening turar joyim: Buxoro shahri, Yangiyer ko‘chasi, 51-uy.
(imzo) N. Sobirov.
2002-yil 21-may
2-topshiriq. Quyidagi so‘z va so‘z birikmalaridan foydalanib, o‘z tarjimayi
holingizni yozing.
Dehqon oilasida tug‘ildim, savdo uyushmasi raisi, bo‘lim mudiri vazifasida
ishlaydi, maktabni tamomladim, o‘qishga kirdim, lavozimida ishladim, a’zosiman,
qatnashaman, uylanganman, turmush o‘rtog‘im, jamoat ishi, saylanganman.
TARJIMAYI HOL
Men, Ziyodullayeva Gulhayo Ilhom qizi, 1997-yilning 15-noyabrida Navoiy
viloyati Navbahor tumanida ishchi oilasida tug‘ilganman. Millatim o‘zbek.
Otam – Qurbonov Ilhom “Nur-ziyo” fermer xo‘jaligida mexanizator bo‘lib
ishlaydi.
Onam – Yodgorova Gulnoza Navbahor TTBda hamshira bo‘lib faoliyat yuritadi.
Oilada 4 kishimiz. Ukam – Javlon 5-sinf o‘quvchisi.
2005-yili Navbahor tumanidagi 15-maktabga o‘qishga qabul qilindim va 2014-
yilda maktabni a’lo baholar bilan tamomladim.
2014-2017-yillarda Navbahor agroiqtisodiyot kollejida tahsil oldim. O‘qish
yillarimda turli ko‘rik-tanlovlar, olimpiadalarda qatnashib, nufuzli o‘rinlarni qo‘lga
kiritdim.
2017-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universitetiga imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilindim. Hozir ushbu
universitetning 4-kurs talabasiman.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarga qiziqaman, ona tili va adabiyot fanidan to‘garak
mashg‘ulotlari o‘taman. Universitetdagi jamoat ishlarida faol qatnashaman.
Turmushga chiqmaganman.
Yashash manzilim: Navbahor tumani, Saroy mahallasi, 13-uy.
(imzo) G. Ziyodullayeva
2020-yil 5-noyabr
Savollar:
1. Tilxatdagi yozuvlarni nega o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas?
Javob: Chunki yozuvlar o‘chirilsa yoki tuzatilsa, tilxatning haqiqiyligiga shubha
paydo bo‘ladi.
2. Buyum yoki pul miqdori tilxatda qanday ko‘rsatiladi?
Javob: Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda
raqamlar bilan ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar bilan ham bеrilishi shart.
Chunki raqamlarga ortiqcha raqam qo‘shib qo‘yish yoki boshqa raqamga
almashtirish mumkin. Yozuv holatida ham yozilsa, bunday qilib bo‘lmaydi.