T. A. Ochilov, B. B. Axmedov, S. U. Patxullayev, F. R. Taniberdiev, sh. S. Mengnarov


Noto’qima matolarining assortimenti



Download 14,46 Mb.
bet54/134
Sana31.12.2021
Hajmi14,46 Mb.
#279814
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   134
Bog'liq
Tikuvchilik materialshunosligi

Noto’qima matolarining assortimenti

Preyskurant bo’yicha to’qish-tikish usulida olingan noto’qima matolar gazlamalarga o’xshash matolar guruhiga va vatinlar guruhiga bo’linadi.

Kiyimlik noto’qima matolar, gazlama yoki trikotaj matosi o’rniga ishlatiladi. Shu tufayli ularning tashqi ko’rinishi gazlama yoki trikotaj ko’rinishini eslatichi kerak. Ayollar ko’ylagi, bluzkasi, erkaklar ko’ylagi uchun ishlatiladigan noto’qima matolar yupqa, yengil, kostyumlar, kurtka, paltolarga qo’llaniladiganlari esa nisbatan og’ir, zich, bikr va qalin, jun gazlamalarga o’xshash yumshoq bo’ladi. Noto’qima matolar duxoba, baxmal, bayka, movut gazlamalariga o’xshash sidirg’a rangli, oqartirilgan holda, gul bosilgan, sirtiga tuk chiqarilgan va hokazo ishlab chiqariladi.

Noto’qima matolarning kiyimlarga ishlatiladigan turlarining katta miqdorini to’qish-tikish usulida olinuvchi matolar tashkil qiladi. Bu matolar o’zining tolali tarkibiga ko’ra bir xil tolalardan va har xil tolalar aralashmasidan olingan matolarga bo’linadi. Bir xil tolalardan ishlab chiqarilgan matolar asosan paxta, viskoza, jun tolalaridan olinadi. Tolalar aralashmasi esa paxta - viskoza-kapron; nitron-viskoza-jun; kapron-viskoza-jun; lavsan-kapron-jun va hokazo tariqasida bo’lishi mumkin.

To’quvchilikda keng tarqalgan to’qish-tikish usulida olingan noto’qima matolar quyidagilardir.

1. “Xerson” va “Borislavka” baykalari paxta tolasidan ko’ndalangiga to’qilgan sirti tukli trikotaj matosini eslatadi. Bu matolar bolalar ichki kiyimlarini tikish uchun flanel va bumazeya gazlamalari o’rniga ishlatiladi. “Xerson” baykasi sof paxta yoki paxta va viskoza tolalari (75 foiz + 25 foiz) aralashmasidan, “Borislavka” esa paxta va viskoza tolalarining 50 foiz+50 foiz) hajmidagi aralashmasidan ishlab chiqariladi. Bu matolar sidirg’a rangli yoki oqartirilgan holda pardozlanadi va sirtining bir tomonida chiqarilgan tuki bo’ladi. Tikish o’rilishi - triko.

2. “Vasilyok” matosi “Xerson” ga o’xshab 75 foiz paxta tolasi va 25 foiz viskoza tolasi aralashmasidan olinadi. Pardozlanishi - sidirg’a rangli va sirti tukli bo’ladi. O’rilishi - sukno-zanjir bo’lganligi tufayli bu matoning cho’ziluvchanligi past.

3. Jun va viskoza tolalari aralashmasidan olingan “Polotno” va “Araxnyanka” nomli matolar jun tolali movut gazlamasiga o’xshaydi va yoshlar paltolarini tikishda qo’llaniladi.

4. Viskoza tolali o’ramni kapron iplari bilan triko o’rilishda tikib olingan “Marishka” matosi erkaklar ko’ylagi, ayollar ko’ylak va xalatlarini tikishda ishlatiladi. Bu mato sidirg’a rangli, oqartirilgan yoki gul bosilgan bo’ladi. Sirtida o’rilish baxiyalaridan bo’ylamasiga Shandiqsimon naqshlari mavjud.

Noto’qima matolarning ichida ip turkumlarini tikib olingan turlari ham ma’lum ahamiyatga ega. Bu matolar ishlab chiqarilichida qo’llaniladigan mashinaning nomi, ya’ni “Malimo” nomi bilan ataladi. Bu turdagi matolarning tuzilishida arqoq, tanda iplar turkumlari mahkamlovchi iplar bilan tikilib biriktiriladi. Tanda va arqoq iplariga chiziqiy zichligi 25-84 teks bo’lgan karda va apparat yigiruv usullarida olingan paxta tolali ip, yo’g’onligi 29,4 teks ga teng bo’lgan viskoza ipi, jun tolasidan olingan 84-125 teksli iplar va boshqalar qo’llaniladi. Bu matolarning yuza zichligi 140-350 g/m2, eni 70-136 sm, tikish zichligi bo’ylamasiga 140-168, ko’ndalangiga 40-80, qalinligi 1-3 mm ga teng bo’ladi. Tashqi ko’rinishi bilan bu matolar trikotajga o’xshab turadi. G’ijimlanuvchanligi va kirishuvchanligini kamaytirish uchun ularga maxsus ishlov beriladi. Bu matolar erkak va ayollar ko’ylagi, ayollar va bolalar xalat, kostyum, palto, plashlarni tayyorlashda ishlatiladi.




Download 14,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish