11.5. K ic h ik b izn es va x u su siy ta d b irk o rlik faoliyatin i rivojlan tirish
a so sid a aholi b a n d ligin i ta ’m inlash y o 'lla r i
Bugungi kunda respublikamizdagi ustuvor yo'nalishlardan biri -
aholi bandligini oshirish, ishchi kuchidan maqsadli foydalanish, foydali
mehnatga layoqatli aholini ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov bir qator ma’ruzalarida bugungi
kunda asosiy ustuvor yo'nalish-aholini ish bilan ta’minlashni yanada
yaxshilash va uning farovonligini oshirishning eng muhim yo'nalishi
sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko'rsatish va
kasanachilik
sohalarini
qo'llab-quvvatlash
va
rivojlantirishni
rag'batlantirishdan iborat ekanligini ta’kidlab o'tdilar.
Darhaqiqat oxirgi yillarda mamlakatimizda aholi bandligi va uning
daromadlarini oshirish masalasini hal etish borasida ham salmoqli ishlar
amalga oshirildi. 2010-yilda mamlakatimizda jami 950 mingdan ortiq ish
o'rni tashkil etilganini katta mamnuniyat bilan qayd etishimiz lozim. Bu
yangi tashkil qilingan umumiy ish o'rinlarining 600 mingdan ziyodi yoki
65 foizi kichik biznes sohasi va fermer xo'jaliklariga, 220 mingdan ortig'i
kasanachilik sohasiga to'g'ri keladi.
Respublikamizda
shaxsiy
yordamchi,
dehqon
va
fermer
xo'jaliklarida chorva mollarini ko'paytirishni rag'batlantirish dasturini
amalga oshirish yuzasidan bajarilayotgan chora-tadbirlar bugungi kunda
sezilarli natijalar bermoqda. Bu esa kam ta’minlangan aholini ijtimoiy va
huquqiy himoyasini ta’minlash imkonini berdi. Shaxsiy yordamchi va
dehqon xo'jaliklarida qoramol boqish bilan band bo'lganlar sifatida
ro'yxatga olingan fuqarolaming umumiy soni yil sayin ortib bormoqda.
Statistik ma’lumotlar ko'rsatishicha, bugungi kunda respublikamizda
jami band bo'lganlaming 20 foizi davlat, 80 foizi nodavlat, shuningdek, 74
foizi xususiy sohada mehnat qilmoqda. Ushbu statistik raqamlar tahlili
davlat korxonalarida ishlovchilami soni qisqarib, xususiy sohada bandlikni
ortishi yuz berayotganligini ko'rsatadi. Bu esa respublikamiz hukumati
tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo'l ochib
berilishi, shuning asnosida aholining bandligini oshirishga qaratilgan
iqtisodiy islohotlami izchillik bilan amalga oshirilayotganligidan dalolat
beradi.
Iqtisodiy islohotlaming yangi bosqichida mamlakat aholisining ish
bilan bandligi darajasini oshirish va mehnat bozorini tartibga solish
sohasidagi quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amalga oshirilmoqda. Ya’ni:
1.
Iqtisodiyotni
rivojlantirish
negizida yangi
ish
o'rinlari
yaratilmoqda.
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng imkoniyatlar ochilib,
bu faoliyat qizg'in qo'llab quvvatlanmoqda.
3. Aholining mehnat faolligini, oilaviy ijara, dehqon va fermer
xo'jaliklarini rivojlantirish negizida aholining o'zini-o'zi ish bilan band
qilish darajasi oshirilmoqda.
4.Aholining
ish
bilan
bandligi
va
mehnat
bozori
takomillashtirilmoqda.
Buning
uchun
zarar
ko'rib
ishlaydigan
korxonalarni tugatish yoki ixtisosini o'zgartirish ishlari olib borilmoqda.
Fikrimizcha, ishchi kuchiga talabni oshishi bo'yicha iqtisodiy
tadbirlardan eng asosiy si iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy o'zgarishlarni
amalga oshirishdir. Bunga eng avvalo mulkchilik shakllarini rivojlantirish,
mehnat unumdorligini oshirish, yangi ish joylarini yaratish, ish vaqtidan
unumli
foydalanish,
ishlovchilaming
moddiy
va
ma’naviy
manfaatdorligini ko'tarish, soliqlami oqilona belgilash orqali erishiladi.
Muhim iqtisodiy tadbirlar majmuasiga qayta ishlash sanoati va
xizmat ko'rsatish sohalarida yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarishni
kengaytirishga davlat tomonidan imtiyozli kreditlar berish, ilg'or
texnologiyalarni tadbiq etish, bozor sharoitida qishloq xo'jaligi ishlab
chiqarishi va qayta ishlash sanoati tarmoqlarining asosiy mahsulotlariga
davlat buyurtmasini belgilash, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish va ijtimoiy ishlarni mablag' bilan ta’minlash kiradi.
Bu tadbirlar qo'shimcha ish joylarini tashkil qilishda eng kam
investitsiyani nazarda tutadi va ishchi kuchiga talabni oshirishda muhim
o'rin
egallaydi.
Kichik
biznesni
rivojlanishi
mablag'lar
bilan
ta’minlashning manbalari bo'lib mahalliy budjet, bandlikka ko'maklashish
jamg'armasi va biznes fond mablag'lari hamda xususiy tadbirkorlaming
shaxsiy jamg'armalari xizmat qiladi. Bugungi kunda ayniqsa, mintaqalarda
aholi bandligi, ishlab chiqarishni ishchi kuchi bilan ta’minlash masalalarini
o'rganishni hayotni o'zi taqozo etmoqda.
Respublikamizda mehnat birjasi va bandlik xizmatining boshlang'ich
tashkilotlari tashkil etilib, ular ishsizlik va bo'sh o'rinlar miqdori va
tuzilishining hisob-kitobi, tahlili va kelajagi, band bo'lmagan aholini ishga
joylashtirish va qayta o'qitish, bandlikka ko'maklashish jamg'armasini
tashkil qilish va sarflash ishlari bilan shug'ullandilar, kichik biznes hamda
xususiy tadbirkorlik doirasida imtiyozli kreditlarni ajratish yo'li bilan
yangi ish joylarini yaratishga muayyan moliyaviy yordam ko'rsatildi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida, ayniqsa qishloq xo'jaligida tarkibiy islohotlar
amalga oshirilib xodimlar va ish beruvchilar o'rtasida ijtimoiy-mehnat
munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslari yaratildi va boshqalar.
Keyingi 10 yil davomida o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim
tizimida 100 dan ziyod yo'nalish, 265 ta mutaxassislik va 700 ta kasb
bo'yicha professional ta’lim olgan va zamonaviy fikrlash salohiyatiga ega
bo'lgan bir million nafardan ortiq yangi avlod mutaxassislari tayyorlandi.
Yuqoridagilarga asoslanib, respublikamiz va uning mintaqalarida
aholini bandligini oshirish, ishchi kuchidan samarali foydalanishda
quyidagilami amalga oshirish maqsadga muvofiq:
- ma’lumki, mamlakatimizda aholining 62,5 foizidan ko'prog'i
qishloq joylarida yashaydi. Shunga muvofiq mehnatga yaroqli aholining
ham shuncha qismi qishloq aholisi hisobiga to'g'ri keladi. Shuning uchun
qishloq aholisining faoliyati sohalari va turlarini kengaytirish talab
qilinadi;
- ayni paytda bugun alohida muhim ahamiyat kasb etadigan yana bir
masala - yoshlami, bo'lg'usi kadrlami tayyorlash sifati bilan bog'liq.
Tabiiyki, bu borada pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash
tizimi qanday tashkil etilgani hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu masala
umumiy o'rta va o'rta maxsus ta’limni isloh qilish tizimining eng dolzarb
vazifasi bo'lmog'i zarur. Litsey va kollejlarimizda ta’lim jarayonlariga
oliy o'quv yurtlarining tajribali amaliyotchi va o'qituvchilarini yanada
keng va faol jalb etish lozim;
- ijtimoiy yo'naltirilgan mehnat bozori faoliyatini yildan yilga
kengaytirib borib, ular tomonidan o'tkazilayotgan mehnat yarmarkalar ini
muntazam o'tkazilishini ta’minlash zarur;
- ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga soluvchi mustahkam
rivojlangan mahalliy va xorijiy bandlik xizmati tashkilotlari tizimini
takomillashtirish lozim;
- respublika va uning mintaqalarida yangi ish joylarini tashkil etish,
aholi bandlik darajasini oshirish va ishlab chiqarish salohiyatidan maqsadli
foydalanish bo'yicha chuqur iqtisodiy islohotlami og'ishmay amalga
oshirish zarur;
- aholini oqilona bandligini takomillashtirish maqsadida amalga
oshirilayotgan dasturlaming monitoringini muntazam olib borish lozim;
-qayta ishlash sanoati, xizmat ko'rsatish sohalarida yangi ish
joylarini yaratish kerak;
- ishchi kuchiga talabning oshishi va ishsizlikning kamayishini
ta’minlovchi kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirish lozim;
- xizmat ko'rsatish sohalarini mahalliy va xorijiy samarali texnika va
texnologiya bilan ta’minlash darkor;
- mehnat bozori, ishsizlik va aholi bandligi jarayonlarini tartibga
soluvchi tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish
lozim.
Shu bilan birga mamlakat mehnat bozori rivojlanishida qator
muammolar mavjud bo'lib, ulardan eng muhimi mehnat resurslarining
salmoqli qismini tashkil etuvchi yoshlaming ish bilan bandligini
ta’minlash muammosidir.
Prezident
I.A.Karimov
O'zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining 2011-yil 21-yanvarda bo'lib o'tgan majlisida umuman
aholini, shu jumladan yoshlami ish bilan ta’minlash, jumladan, shahar,
viloyatlardagi yoshlami kollejni bitirganlaridan so'ng o'z sohalari
bo'yicha ish topishlarini ta’minlash borasida maqsadli rejalar tayyorlash va
uni amalga oshirish masalalarini o'rganib chiqishni, “korxona-kollej”
aloqalarini yo'lga qo'yishni qo'llab-quvvatlash to'g'risida so'zladilar.
Mehnat bozorida yoshlar guruhining boshqa guruhlarga qaraganda
betakrorligi shundaki, aynan yoshlar mehnat bozoriga ilk bora kirib
boradilar. Ular mobil, yangilikka tez o'rganuvchan, o'z kuchiga
ishonuvchan, lekin yoshlaming ish bilan bandligini ta’minlash borasida
bajarilayotgan ishlardagi xatoliklar va kamchiliklar ulaming sohalariga
mos ish topishlari, hayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli ish haqi
bilan ta’minlanmasliklariga olib keladi. Hozirgi davrda yoshlarni ish bilan
ta’minlash borasida bir qancha muammolar mavjud, jumladan:
- ko'pchilik yoshlar o'zlari hali qanday firma yoki kompaniyada
ishlashni xohlashlarini ko'z oldilariga keltira olmaydilar, ya’ni qanday
ishni tanlashni aniq bilmaydilar;
- yoshlar ham, davlat ham o'qitish vaqtida ancha vaqtni oladilar,
lekin shunga qaramasdan oliy o'quv yurtlarida olingan bilim hamma
sohada ham yetarlicha bo'lavermaydi;
- yoshlaming mehnat bozorida raqobatbardosh emasligi natijasida ish
beruvchilar ularni yollashni hohlamaydilar, ko'pincha ular kamida 3 yillik
ish stajiga ega bo'lganlarni olishni xohlaydilar.
Bu muammolami hal qilish maqsadida bir qancha chora-tadbirlarni
amalga oshirildi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2010-yil 28-iyulda
qabul qilingan “Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik
faoliyatiga jalb etish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi
farmoni yoshlaming ish bandligini ta’minlash muammolarini hal qilishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi paytda O'zbekistonda yoshlami ish bilan ta’minlash va
tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi uchun sharoit yaratilmoqda.
Jumladan, 2010-yilda yurtimizning kasb-hunar kollejlarini 400 ming
nafardan ziyod yigit-qiz bitirdi. Ulami ish bilan ta’minlashda ta’lim
muassasalari va korxona, tashkilotlar o'rtasida yo'lga qo'yilgan
shartnomaviy munosabatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
2 0 1 0
-yilning
iyul-noyabr oylarida o'tkazilgan olti yuzga yaqin mehnat yarmarkasi
samarasida oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini
tamomlagan yigit-qizlaming aksariyati ish bilan ta’minlandi. Ko'rilgan
chora-tadbirlar natijasida, 784 mingta ish o'm i tashkil etildi.
Bu jarayonda
kichik
korxonalar,
mikrofirmalar
tomonidan
bitiruvchilami ishga qabul qilish muhim o'rin tutadi.
2 0 1 0
-yil davomida
17 mingdan ziyod kichik korxona va mikrofirmaga qirq mingga yaqin
bitiruvchi ishga joylashtirildi35.
Mamlakatimizning yoshlar mehnat bozorida talab va taklif
muvozanatini ta ’minlash maqsadida ulaming tadbirkorlik faoliyati bilan
shug'ullanishini rag'batlantirish bo'yicha quyidagi chora-tadbirlar amalga
oshirish lozim:
- yoshlar tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish bo'yicha me’voriy
hujjatlarni takomillashtirish;
- yosh tadbirkorlarga moliya-kredit va homashyo resurslarini
olishlarida yordam berish tizimini shakllantirish;
- yosh tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlarini kengaytirish;
- ulaming tashqi iqtisodiy faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish uchun
qo' llab-quwatlash;
- yosh tadbirkorlami bozor konyunkturasi, hom-ashyo va moliyaviy
resurslar bozori bo'yicha axborot bilan ta’minlovchi infratuzilmani
shakllantirish;
-yosh tadbirkorlami tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini
oshirish tizimini yanada rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |