Otlarda kichraytish, erkalash shaklini yasovchi affikslar. Bunday shakllar yozuv yodgorliklarida kam qo‘11angan bo‘lib, ayrim so‘zlar bilangina ishlatilgan. Bulardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: -chaq/ -chak — tubuchak (Navoiy, M L) otning kichkinasi, kelinchek (Furqat). Tubuchaq ati beshumar bolub edi (BN ). -(l)aq — taylaq (Sangloh ). Kiyikniñ og’laqi (Sakkokiy). -cha/-cha — Bir qaz keldi, al bag'cha ichindá qondi (NF). Batina almas, aña bir chuqurcha — katta cháh (Muqimiy). Miqdárin besh gaz kevlaganda, bir közachá chiqibdur (Furqat); g’ına /-gina — Bilmaduk, qaysi parivashg'ina manzur erkan (Munis). g’ına /-gina — Bilmaduk, qaysi parivashg'ina manzur erkan (Munis). Kichraytish shaklini yasovchi -g‘ina / -gina affiksi XI asrda - qiya/-kiya shaklida ham qo’llangan. Masalan: og’ulqiya — o‘g‘ilcha, qizqiya — qizcha, erkiya — kichkina kishi, yerkiya — kichikkina, ozgina yer (M K , III, 184—185). Fe’ldan ot yasovchi affikslar Fe’ldan ot yasovchi affikslar -q / -g’/ / -k/-g affiksi. Undosh bilan tugagan so’zlarga qóshilganda bu affiks oldidan bir unli orttiriladi: -aq/-ag,//- ak/-ag, -iq /-ig ‘//-ik /-ig , -uq /-ug’//-ük/-üg . Masalan: soraq//sorug‘, qonaq//konuq, satiq/satig‘, qılıq, yazuq, tutug‘, teshuk, bitig, bilig Bu affiks eski o’zbek tilida mahsuldor yasovchi bo’lib, u bilan yasalgan otlar quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 1. Aniq predmetni bildiradi: Bichaq birla sanchalıñ (QR). Kirib özu tutug‘ ichra olturdi (XSH ). Bu yarag‘ birla yetishti lashkar (SHN). Ag ‘zi muhrluq bitigni oqub, ... (Navoiy, Msh). 2. Fe’l o‘zagidan anglashilgan ish-harakatning jarayonini, natijasini ko‘rsatadi: Köktün bir kök yaruq tüshti ( O‘N ). Yana tört yüz qul birla satig‘ qilurlar erdi. (QR ). 3. Holatni bildiradi: Köñlumğa qorqug‘ kirdi (N F ). Savuqta yatur erdi (Saroyi). El elukni yad etarlar ki, ... (Atoiy). 4. Belgi, xususiyatni bildiradi: Bu körk, bu qılıq birla satilg’u qul ermaz (Q R ). Atagım ma Berka faqih qipchaq (XSH ) 5. Shaxsni bildiradi. Taam bergil qonuqunqa (Tafsir). Qonuq kelgénini bildi (XSH ). Har biri bir kishiga qonaq boldi (SHN) Quyidagilarni ham fe’ldan ot yasovchi mahsuldor affikslar guruhiga kiritish mumkin: -nch (undoshdan keyin: -/ nch/-inch//-unch/-ünch) affiksi fe’l o ‘zagidan anglashilgan ish-harakatning nom ini, holatini bildiruvchi ot yasaydi: Tutulunch, urushunch andag‘ yaman boldi (ÓN). sh (undoshdan keyin: -ish/-ish / / -ush/-üsh) affiksi ish-harakat jarayonini, holat m a’nosini bildiruvchi ot yasaydi: Sanchishqa kirsa sh (undoshdan keyin: -ish/-ish / / -ush/-üsh) affiksi ish-harakat jarayonini, holat m a’nosini bildiruvchi ot yasaydi: Sanchishqa kirsa yigirmi miñ erni qaytarur ermish (QR). Urush-toqush bashlandi(ÓN ). Yilrüsh yarag'im qayda bilgaylür (B N ). Ul dag'i yaxshi qilur erdi savash (SH N ); E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |