Bitiruv malakaviy ishining hajmi. Ish kirish ikki bob, hulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.
I – BOB. SO`Z TURKUMLARI VA GAP BO`LAKLARI HAQIDA
1.1§. SO‘Z TURKUMLARI HAQIDA
Ushbu bitiruv malakaviy ishining mavzusi hozirgi zamon ingliz tilida kesimni sifat bilan ifodalanishi haqida ekan, men shu o‘rinda kesimni sifat bilan ifodalanishi gapdagi o‘rni va vazifalari haqida so‘z yuritishdan avval ingliz tilida so‘z turkumlari haqida to‘xtalib o‘tishga harakat qilamiz.
Har bir tinglab til birliklariga leksemalarga ega. Leksemani alohida yoki bir sinfga jamlab ma’lum bir yoki umumiy harakterlarini o‘rganish zarur. So‘zlar lug‘aviy ma’nolari, morfologik belgilari, gapda o‘zaro farqlanuvchi turli guruhlarni tashkil qiladi. So‘zlarning lug‘aviy va grammatik jihatdan fraqlanishga ko‘ra turli guruhlarga bo‘lishini so‘z turkumlari deyiladi.
Olimlar grammatika sohasida so‘z turkumlarini ikki ming yildan beri o‘rganib kelayotgan bo‘lsalarda, hali ham belgilangan xulosaga kelgani yo‘q. So‘z turkumlari quyidagicha ta’riflanadi.
1. leksik – grammatik ma’nosi
2. leksik – grammatik morfemaga egaligi
3. grammatik kategoriyalari va uning paradigmatiki
4. uning boshqa so‘zlar bilan bog‘lanishi.
5. gapdagi vazifasi
Yuqoridagi prinsiplarga asoslanib, ingliz tilida so‘z turkumlariga quyidagicha belgilashgan.
1. ot (noun),
2. Sifat (adj)
3. Olmosh (pron)
4. Som (numerals)
5. Fe’l (Verb)
6. Ravish (adv)
7. Holat kategoriyasi (adlenks)
8. Modal so’zlar (modal words)
9. predloglar (prep)
10. Bog’lovchi (conj)
11. yuklama (particles)
12. His-hfyfjonli so’zlar (interj)
13. Article
14. Undov so’zlar
Ko‘p olimlar so‘z turkumlari haqida ta’kidlab o‘tgan.
V. V. Vinogradov rus tilida ot, sifat, son, fe’l, ravish, olmosh va holat kategoriyasini asosiy so‘z turkumlari va to‘rtta: yuklama, bog‘lovchi, predlog va undov so‘zlarni yordamchi so‘z turkumlariga ajratib ko‘rsatgan.
H. Svet esa so‘zlarni 2 guruxga ajratib o‘rganadi.
1. Full words 2. Empty words
Sweetning fikriga ko‘ra the is kabi so‘zlar faqat formaga ega, ular gapda ma’no anglatmaydi2.
Boshqa bir gurux olimlar esa funksional so‘zlar haqida bahs yuritadilar D. Broun, S. Broun, D. Beyli kabi olimlar yordamchi fe’llar, predloglar va artikillarni fnuksional so‘zlar deb ataydilar.
B. Jigaldo, I. Ivanova, L. Iofik kabi boshqa bir gurux olimlar predloglar, bog‘lovchilar, yuklamalar va artikillarni yordamchi so‘z turkumlari sifatida mustaqil (natsional)so‘z turkumlaridan ajratadilar3.
I. A. Krutnikov ta’kidlashicha, so‘zlarni guruxga ajratish ularning ma’nosiga bog‘liq4.
Masalan ushbu ikki gapni ko‘raylik
- He grows roses va – He grows old.
1- gapdagi grows fe’li harakatni anglatadi “o‘stiradi”
- What does he do? – He grows roses
2-gapdagi grows fe’lida harakat ma’nosi juda kuchsiz. Grows fe’li bu gapda bog‘lovchi so‘z bo‘lib shaxsga nisbatan “qarimoq” ma’nosini beradi.
Yordamchi so‘zlar kamdan – kam yoki umuman gap bo‘la olmaydi. Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, mustaqil so‘z turkumlaridan farqlanganda, qiyoslaganda predloglar, bog‘lovchilar, artikillar va yuklamalar yordamchi so‘z turkumi sanaladi. Tabiiyki biz yuqorida sanab o‘tgan 14 ta so‘z turkumlari doimiy deb ayta olmaymiz.
H. Svit zamonaviy ingliz tilidan ot, sifat, son, fe’l va yuklamalarni so‘z turkumlari sifatida ta’kidlagan bo‘lsa, O. Jesperson5 esa ot, sifat, son, fe’l, olmosh va yuklamalarni sanab o‘tadi.
Yuqoridagi olimlarimizning fikrlarini ko‘rib chiqar ekanmiz, tilda nechta so‘z turkumi bo‘lishidan qat’iy nazar grammatika ularni bir nechta leksika-grammatik sinflarga – mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga ajratadi.
So‘zlarni turkumlarga ajratilishida quyidagi 3 ta hususiyat asos bo‘ladi.
1. ma’no (meaning). 2. tuzilishi (form). 3. vazifa (function)
Co‘zlar ifodalaydigan lug‘aviy ma’no turkumlarga ajratishdagi muhim belgilardir.
Masalan: house(uy), yard (xovli), table (stol), stone (tosh) so‘zlari borliqdagi predmetlarni anglatadi. Ularning nomi ekanligi bilan harakterlanadi. Bir qator so‘zlar ularning belgisini, rangini, shaklini, hajm-o‘lchovini ifodalaydi.
Masalan white (oq), blue (ko`k), round (yumaloq). Shuningdek, bir qator so`zlar predmetning ish – harakatini anglatsa, went (bordi) wrote (yozdi)… ayrim so`zlar ish – harakatning belgisini bildiradi. Fast (tez) slowly (sekin), hard (ko`p)…
So`z ma`nolariga mavjud bo`lgan bu xususiyatlar ularni turkumlarga ajratishdagi asosiy belgidir.
Turkumlarga ajratishdagi ikkinchi va uchinchi xususiyat so`zning shu ma`no tomoni bilan bog`liq ravishda yuzaga keladi.
Bitiruv malakaviy ishim mavzuvsini o`rganish jarayonida darsliklar, adabiyotlar bilan tanishar ekanman, so`z turkumlari olimlari o`rtasida baxsga sabab mavzu bo`lib kelayotganini kuzatdim.
Masalan; Akademik A.A.Shaxmatov so`z turkumlari grammatikaning sintaksis bo`limiga kiritishni ta`kidlaydi6.
Shunday ko`rinadiki, so`z turkumlari sintaktik muommolari bilan marfologiya bo`limida o`rganiladi. So`z turkumlarini ajratishda marfologik belgi muhimdir. Bu xususiyat so`z turkumlariga maxsus qo`shimchalar tizimi mavjudligini, ularni asosan shu turkumga asoslanganligini ko`rsatadi.
Masalan ot so`z turkumi ko`plik kishilik qo`shimchalariga ega bo`ganidek,boshqa turkumlardan farqli ravishda ularda kichraytirish – erkalash shakllari ham bor.
Shunga ko`ra otlar ko`plikda keladi predmetning kimga qarashligini bildiradi.
Fe`l turkumida morfologik ko`rsatgichlar boshqacha zamon, mayl, nisbat, shaxs – son kabi shakllar fe`lning o`ziga xosligini ta`milaydi. Fe`llar tuslanadi, uch shaxsni ifodalaydi.
So`z turkumlari ajratishdagi belgilardan biri so`zning gapdagi sintaktik vazifasi bilan bog`liq .
Masalan ot o`z manosidan kelib chiqqan holda gapda asosan ega bo`lib keladi. Sifat esa belgini ifodalab, gapda aniqlovchi bo`lib keladi.
Sintaktik jixatdan biror gap bo‘lagi vazifasida kelishi muayyan so‘z turkumi uchun qotib qolgan emas. Deylik sifat gapda aniqlovchi vazifasida kelar ekan, bu sifatlarning boshqa sintaktik vazifa bajarmasligini ko‘rsatmaydi. Sifatlar gapda to‘ldiruvchi otlashganda esa ega bo‘lib ham keladi. Ko‘rinadiki, so‘z turkumlarining sintaktik mos holda asosan qaysi bo‘lak kelishi bilan bog‘lanadi.
So‘zlarni turkumlab, morfologik va sintaktik xususiyatlarini o‘rganar ekanmiz, ingliz tilida so‘zlar yuqorida sanab o‘tilgan 3 belgisiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.
1. Mustaqil so‘zlar
2. Yordamchi so‘zlar
3. Oraliq so‘zlar
Do'stlaringiz bilan baham: |