Syerra-Leone
Syerra-Leone (Sierra Leone), Syerra-Leone Respublikasi (Republic of Sierra Leone) — Afrikaning gʻarbida, Atlantika okeani sohilida joylashgan davlat. Maydoni 72,3 ming km². Aholisi 5,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Fritaun sh. Maʼmuriy jihatdan 3 viloyat (province)ra va Gʻarbiy viloyatga boʻlinadi.
Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Syerra-Leone — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1996 yildan Axmad Tejan Kabba). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy majlis (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |