Swid analiz;Mavzu : bmt kodeksida korrupsiyaga munosabat. O’zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi. Korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati
Bog'liq Swid analiz;Mavzu bmt kodeksida korrupsiyaga munosabat. O’zbek
SWID analiz ;Mavzu :BMT kodeksida korrupsiyaga munosabat . O’zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi. Korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati Fikr : korrupsiya rivojlanishga qarshi to’siq . Chunki talab yuqori bo’lga lekin ishchi o’rni cheklangan joylarda kerakli kadrlar o’rnini pora bilan kirgan yetarlicha tajribaga ega bo’lmagan kadrlar paydo bulishi o’z lavozimiga loqayt insonlarni paydo bo’lishi.Rivojlanishi kerak bo’lgan sohani ortga tortishi mumkin.Korrupsiyani bartaraf etish va oldini olish choralarini bir nechta qonunlar va choralar misolida o’rganamiz:
1-dan BMT da korrupsiyaga oid quidagicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti korrupsiyaning mamlakatlarning milliy taraqqiyoti va barqarorligiga jiddiy xavf solishi mumkinligini hisobga olib va uning nafaqat milliy balki xalqaro hamjamiyatni tobora xavotirga solib borayotgan xalqaro illat deb e’tirof etuvchi qator hujjatlarni qabul qilgan. BMT doirasida Global korrupsiyaga qarshi kurash dasturi e’lon qilingan. Ushbu dastur milliy korrupsiyaga qarshi kurash dasturlarini amalga oshirishga yordam berish va mamlakatlarda korrupsiya tavakkalchiligini ko‘tarish, davlat xizmatchilarida sotilmaslik psixologiyasini shakllantirish, qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan. Dasturda davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar sotib olishda va xalqaro iqtisodiy bitimlarda ochiqlik va hisobdorlik bo‘lishiga katta e’tibor berilgan. 1990 yilda BMT maxsus “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiya” deb nomlangan rezolyutsiyasini qabul qilgan. 1996 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurash” rezolyutsiyasida davlatlarni korrupsiyaning xalqaro aloqalarga bog‘liq bo‘lgan jihatlariga, ayniqsa korporativ tashkilotlarning xalqaro iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ro‘y beradigan noqonuniy bitimlarni jiddiy o‘rganib ko‘rishga chaqirgan. Bu to‘g‘risida BMTning «Xalqaro savdo operatsiyalarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash to‘g‘risida»gi Deklaratsiyasi ham mavjud. BMT doirasida qabul qilingan 1996 yildagi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan Davlat mansabdor shaxslari axloqining xalqaro kodeksida davlat mansbdor shaxslari faoliyatining prinsiplari belgilab berilgan edi.
2-danDunyoda tobora katta nufuzga ega bo‘lib borayotgan Yevropa Ittifoqi tashkiloti ham bir necha yildirki korrupsiyaga faol qarshi chiqish bilan birga, bu borada halqaro hamkorlikni mustahkamlashga ham harakat qilmoqda. U erishgan muhim yutuqlardan biri uning doirasida 1999 yilda Korrupsiyaga qarshi jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi va Korrupsiya uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Konvensiyalar qabul qilindi. Bu xalqaro hujjatlardan tashqari ushbu tashkilot doirasida ham qator amaliy chora-tadbirlarni ham amalga oshirmoqda.
3-danKorrupsiyaga qarshi kurashda nohukumat xalqaro tashkilotlar ichida Transperensi Interneyshnl (Transparency International) mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar faoliyatida bu illatga qarshi kurash borasida qator tashkiliy ishlar amalga oshirib kelmoqda. Tashkilot 1993 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shtab-kvartirasi Berlinda joylashgan. Tashkilotning asoschisi va raisi sobiq Jahon banki rahbariyatda faoliyat ko‘rsatgan Peter Aygen hisoblanadi. Peter Aygenning ilgari bunday yirik moliyaviy tashkilotda faoliyat yuritgani Transperensi Interneyshnlning dunyodagi mamlakatlarning korrupsiyalashganligi darajasini aniqlashda va korrupsiya fenomeniga qarshi chiqishiga o‘ziga xos turtki bo‘lgan deyish mumkin. Transperensi Interneyshnl tashkiloti ko‘pchilik tadqiqotchilar va xalqaro tashkilotlar rahbarlarining fikricha korrupsiya sohasida ancha obro‘li ekspert takshilot sanaladi. Tashkilot bir necha yildirki dunyodagi mamlakatlarning korrupsiyalashganligini monitoring qilib boradi. Monitoring natijalariga ko‘ra Transperensi Interneyshnl har yili korrupsiya indeksi deb nomlangan mamlakatlarning korrupsiyalashganligi darajasini aks ettiruvchi o‘ziga xos reytingni nashr etadi. Bundan tashqari Transperensi Interneyshnl korrupsiyaga qarshi kurash jabhasidagi ilg‘or tajribalarni keng yoyish bilan ham shug‘ullanadi. Ko‘pchilik ekspertlarning tan olishicha, ushbu tashkilot tomonidan e’lon qilinayotgan korrupsiya indeksi u yoki bu jamiyatning qanchalik «ifloslanganligini» aks ettiradi. Tashkilot biror bir mamlakatning korrupsiya indeksini aniqlash uchun, avvalo mamlakatdagi korrupsiyalashganlik haqida keng va ishonchli ma’lumotlar to‘playdi. Ma’lumotlar bir necha manbalardan olingandan so‘ng ular tahlil etiladi.
4-danTaʼkidlash joizki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy hayotga tatbiq etilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-sonli