Olti zarbli krol.Olti zarbli krolda qo‘l harakatining to‘liq tsikliga olti oyoq zarbi to‘g‘ri keladi. Bu texnika variantida suzuvchilar sekin ushlash bilan birga, kuchli va uzun eshishni qo‘llaydilar.Oyoq harakati kichik tezlikda, harakat yo‘nalishini tez o‘zgartirib bajariladi. Oyoq harakati maromi qo‘l harakatiga to‘liq bo‘ysunadi.Olti zarbli krolda qo‘lning eshish harakatiga uchta oyoq zarbi to‘g‘ri keladi, bu vaqtda qo‘l suv yuzasidan 11–15, 53–55 daraja burchak ostida bo‘ladi.U yoki bu texnika variantini tanlash suzuvchining shahsiy xususiyatlari, masofaning uzunligi, suzuvchining jismoniy va boshqa tayyorgarliklaridan kelib chiqqan holda tanlanadi.
. Tana suvda gorizontal, cho‘zilgan, nisbatan tik, oquvchan holatda bo‘ladi, hujum burchagi 3–5 daraja. Bosh gavdaning bo‘ylama o‘qiga mos ushlanadi. Yuza suvga tushirilgan, peshona suvga botgan, ko‘rinish to‘g‘riga-pastga yo‘naltirilgan.
Oyoqharakati.Oyoq harakati navbatma-navbat bajariladi. Harakat yo‘nalishi: yuqoridan–pastga va pastdan–yuqoriga. Pastdan yuqoriga–tayyorgarlik harakati, yuqoridan pastga–ishchi harakat.
Do'stlaringiz bilan baham: |