Tomchilanuvchi suyuqliklar bir qancha xususiyatlarga ega: - Tomchilanuvchi suyuqliklar bir qancha xususiyatlarga ega:
- hajmi bosim taʼsirida juda kam oʻzgaradi va siqilishga qarshiligi juda katta;
- harorat oʻzgarishi bilan hajmi oz miqdorda oʻzgaradi;
- choʻzuvchi kuchlarga deyarli qarshilik koʻrsatmaydi;
- sirtida molekulalararo oʻzaro qovushoqlik kuchi yuzaga keladi va u sirt taranglik kuchini vujudga keltiradi.
- Suyuqliklarga taʼsir qiluvshi kuchlar qoʻyilish usuliga qarab ichki va tashqi kuchlarga ajraladi:
ichki kuchlar — suyuqlik zarrachalarining oʻzaro taʼsiri natijasida vujudga keladi; - ichki kuchlar — suyuqlik zarrachalarining oʻzaro taʼsiri natijasida vujudga keladi;
- tashqi kuchlar — suyuqlikka boshqa jismlarning taʼsirini ifodalaydi (masalan, suyuqlik solingan idish devorlarining taʼsiri, ochiq yuzaga taʼsir qilayotgan havo bosimi va h.k.).
- Ishki kuchlar siljituvchi kuchlarga qarshilik sifatida namoyon boʻladi va ichki ishqalanish kuchi deyiladi. Tashqi kuchlarni yuza boʻyicha va hajm boʻyicha taʼsir qiluvchi kuchlar sifatida koʻrish mumkin. Shuning ushun suyuqliklarga taʼsir qiluvshi kuchlar yuza boʻyicha yoki hajm boʻyicha taʼsir qilinishiga qarab yuzaki va massa kuchlarga boʻlinadi.
Demak, suyuqliklar tashqi kuch taʼsiri ostida oʻzini qanday tutilishiga qarab turlarga ajratilar ekan. Tabiatda uchraydigan suyuqliklarning koʻp qismi Nyutonning ishqalanish qonuniga boʻysunadi. Bunday suyuqliklar Nyuton suyuqliklari deb ataladi. Masalan, suv, spirt, benzin, kerosin va boshqa shu kabilar ana shunday xususiyatga ega. Bunday suyuqliklar uchun tashqi temperatura ortganda ichki ishqalanish koeffitsiyenti kamayishi(-rasm), bosim ortganda esa ichki ishqalanish koeffitsiyenti ortishi xarakterli jihatdir. - Demak, suyuqliklar tashqi kuch taʼsiri ostida oʻzini qanday tutilishiga qarab turlarga ajratilar ekan. Tabiatda uchraydigan suyuqliklarning koʻp qismi Nyutonning ishqalanish qonuniga boʻysunadi. Bunday suyuqliklar Nyuton suyuqliklari deb ataladi. Masalan, suv, spirt, benzin, kerosin va boshqa shu kabilar ana shunday xususiyatga ega. Bunday suyuqliklar uchun tashqi temperatura ortganda ichki ishqalanish koeffitsiyenti kamayishi(-rasm), bosim ortganda esa ichki ishqalanish koeffitsiyenti ortishi xarakterli jihatdir.
- Bundan tashqari, Nyutonning ishqalanish qonuniga boʻysunmaydigan suyuqliklar ham mavjud boʻlib, ularning ichki ishqalanish koeffitsiyenti tashqi kuchlar taʼsirida har xil oʻzgarar ekan. Shu sababli bunday suyuqliklar bir necha toifaga ajratiladi:
- reopektik(dilatant) suyuqliklar — vaqt oʻtishi bilan ichki ishqalanish koeffitsiyenti ortib boradigan suyuqliklar;
- Bingham plastiklari — past bosimlarda xuddi qattiq jismdek, bosim ortganda esa suyuqlik kabi oquvchan boʻlib qoladigan moddalar;
- tiotrop suyuqliklar — vaqt oʻtishi bilan ichki ishqalanish koeffitsiyenti kamayib boradigan suyuqliklar;
- shuningdek, tashqi kuchlanish ortganda ichki ishqalanish koeffitsiyenti ortadigan suyuqliklar ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |