Xolesterik. Tarkibida holesterik mavjud bo’lgan juda ko’p sondagi birikmalar xolesterik deb ataladi. Xolesterik fazaning xususiyati ko’p jihatidan smektik va nematik fazalarning xususiyatiga o’xshash.
Xolesterik suyuq kristallardagi molekulalar ham smektik suyuq kristallardagi molekulalar kabi qatlamlarga to’planganlar. Ammo xar bir qatlamning ichida molekulalar o’qining bir-biriga nisbatan joylashuvi esa nematik fazani eslatadi. Xolesterik molekulalarining uzun o’qi qatlam tekisligiga parallel bo’lganligi uchun ulardagi qatlamlar juda yupqa bo’ladi.
Ma’lumki yorug’likni qutblanish tekisligini (buruvchi) aylantiruvchi kristall moddalar optik aktiv modda deb ataladi. O’tkazilgan tajribalar xolesterik modda ham optik aktiv modda ekanligini va qutblanish tekisligini 1800 gacha burchakka burishini ko’rsatdi.
Xolesterik suyuq kristalining optik xususiyatlaridan yana biri uning doiraviy dixroizmga (ikkilanma nur sindirishda nurlardan biri ikkinchisiga qaraganda ko’proq yetiladi) ega bo’lishidir.
Smektik va nematik moddalarga qarama-qarshi xolestik suyuq kristallar optik manfiydirlar. Buning ma’nosi shuki molekulyar qatlamlarga perpendikulyar tarqalayotgan yorug’likning tezligi masimal qiymatga ega. Uchchala suyuq kristall moddalarga xos xususiyat ikkinlanma nur sindirilishining mavjudligidir. Xolesterik holatda modda xaroratga qarab, dastlab binafsha, keyin xavorang, keyin ko’k, keyin sariq, qizil va nixoyat infraqizil soxaga o’tganda ular yana rangsizlanadi. Hamma xolesterik suyuq kristallar ham xaroratning o’zgarishi bilan bir xil tarzda ta’sirlanmaydi. Masaln ba’zilari o’z rangini faqat qizildan yashilgacha o’zgartiradi.
Elektr va magnit maydonlaridagi suyuq kristallarnnig xossalari. Oddiy nematik moddaning molekulalari elektr va magnit maydonda xuddi temir kukunlari kabi ta’sirlashadi: Juda kichik maydonning o’ziyoq molekulalarning uzun o’qlarini bir-biriga parallel joylashtiradi. Magnit maydoni suyuq kristallarning yopishqoqligini ham o’zgartiradi.
Elektr maydoniga joylashtirilgan yupqa suyuq kristall qatlamida difraksion panjaraga o’xshash fazoviy-davriy strukturalar vujudga keladi. Ma’lum sharoitlarda strukturalar davri va difraksion maksimumlarning intensivligi namunadagi kuchlanishga bog’liq bo’lib qoladi. Bu esa boshqariladigan difraksion panjaralar yaratishda foydalanish mumkin.
Katta elektr maydonlarda suyuq kristallarning dastlab tiniq namunasi, yorug’likni kuchli sochilishi tufayli u xira-loyqa bo’lib qoladi. Elektr maydon olingandan so’ng suyuq kristall o’zining dastalabki xolatiga qaytadi. (yopishqoqligi katta bo’lgan smektikdan boshqalari, u tasvirni uzoq vaqt “eslab” qoladi).