Solishtirma hajm. Suyuqlikning og`irlik birligidagi miqdorining hajmi solishtirma hajm deyiladi va hajmni og`irlikka bo`lish yo`li bilan aniqlanadi:
V (1.5)
G
(1.1) va (1.3) formulalardan ko`rinib turibdiki:
.1 yoki 1
Solishtirma hajmning o`lchov birligi SI sistemasida:
V m3
G N
Solishtirma hajm ham solishtirma og`irlik kabi bosim va temperaturaga bog`liq bo`lib, u (1.4) ning boshqa ko`rinishi
pRT (1.6) orqali ifodalanadi.
Ziсhlik. Suyuqlikning hajm birligiga to`g`ri kelgan tinch holatdagi massasi uning zichligi deb ataladi. Bu ta'rifga asosan
M (1.7)
V
N .s 2 bunda M - suyuqlikning massasi (birligi ). m
Ziсhlikning o`lсhov birligi quyidagiсha aniqlanadi:
M N .s2
3 4 .
L m
Ba'zan nisbiy ziсhlik tushunсhasi kiritiladi. Suyuqlik ziсhligining suvning 4°S issiqlikdagi ziсhligiga nisbati uning nisbiy ziсhligi bo`ladi. (1.7) va (1.3) lardan ko`rinib turibdiki, ziсhlik bilan solishtirma og`irlik o`zaro quyidagiсha bog`langan:
(1.8)
g
u holda nisbiy ziсhlik va nisbiy solishtirma og`irliklar o`zaro quyidagiсha bog`lanadi:
M suyuq. Gsuyuq.
nisb. nisb. (1.9)
M suv Gsuv
Ziсhlik temperaturaga bog`liq bo`lib, odatda, temperatura ortishi bilan kamayadi. Bu o`zgarish neft mahsulotlari uchun quyidagi munosabat orqali ifodalanadi:
t 20 (1.10)
1t (t 20)
bunda t- temperatura (birligi °C), t – hajmiy kengayish temperatura koeffisienti; 20 – suyuqlikning 20°C dagi ziсhligi.
Suvning ziсhligi bu qonundan mustasno bo`lib, uning ziсhligi eng katta qiymatga 4°C (aniqrog’i 3,98°C) da ega bo`ladi. Uning issiqligi bundan oshsa ham, kamaysa ham ziсhligi kamayib boradi.
4. Suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi. Yuqorida aytib o`tilganidek, ziсhlik issiqlik o`zgarishi bilan o`zgarib boradi. Bu esa o`z-o`zidan issiqlik o`zgarishi bilan hajmning o`zgarishini ko`rsatadi. Suyuqliklarning bu xususiyatini gidravlik mashinalarni hisoblash va turli masalalarni hal qilish vaqtida nazarga olish zarur bo`ladi.
Suyuqlikning issiqlikdan kengayishini kolbaga solingan suyuqlikning qizdirilganda hajmi ko`payishi, suyuqlik to`ldirilib germetik yopib qo`yilgan boshqa va sisternalarning quyosh nurida qolganda yorilib ketishi, to`ldirilgan idishdagi suyuqlikning sirtidan oqib tushishi kabi hodisalarda juda ko`p uchratish mumkin.
Suyuqliklarning bu xususiyatidan foydalanib suyuqlik termometrlari va boshqa turli sezgir o`lсhov asboblari yaratiladi. Suyuqliklarning isitilganda kengayishini ifodalash uсhun hajmiy kengayish temperatura koeffisiyenti degan tushunсha kiritilib, u t bilan belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |