Birlik yuzaga suyuqlik tomonidan ta’sir etuvchi normal kuch bilan aniqlanuvchi fizik kattalikka suyuqlikning bosimi deyiladi.
yoki = Pa
Berk idishdagi bosimni o`lchash uchun ishlatiladigan asboblarga manometrlar, atmosfera bosimini o`lchash uchun ishlatiladigan asboblarga esa barometrlar deyiladi.
Paskal qonuni: harakatsiz suyuqlikning istalgan joyidagi bosim hamma yo`nalishlarda bir xil va harakatsiz suyuqlik egallagan hajm bo`yicha bir xilda uzatiladi.
Gidrostatik bosim.Suyuqlikning vazni harakatsiz, siqilmaydigan suyuqlik ichidagi bosimning taqsimlanishiga qanday ta’sir qilishini ko`raylik. Suyuqlikning muvozanat holatida gorizontal satx bo`yicha bosimi bir xil bo`ladi. Aks holda muvozanat bo`lmas edi. Shuning uchun ham harakatsiz suyuqlikning erkin satxi doimo gorizontal holatda bo`ladi. Agar suyuqlik siqilmaydigan bo`lsa uning zichligi bosimga bog’liq bo`lmaydi. Zichligi bo`lgan suyuqlik ko`ndalang kesim yuzasi S, balandligi h ustunining vazni
P=mg =ρVg =gSh bo`ladi.
Bu yerda; m – suyuqlik ustunining massasi; g – erkin tushish tezlanishi; V – suyuqlik ustunining hajmi.
Pastgi asosdagi bosim
Do'stlaringiz bilan baham: |