1 KeQ 2g ’ 0,25 • 2 • 9,8 49
masala. Uzunligi 6 km, ichki diametri 320 mm quvurdan uzatilayotgan suv sarfi 200 1/s. Quvurda yarmigacha berkitilgan ikkita surilma qopqoq (zadvijka) o‘rnatilgan va har biri 90° burchakka burilgan ikkita burumlari bor bo‘lgan quvurdagi damning pasayishini toping. Mahalliy qarshiliklarni hisobga oling. Suvning 293 K.dagi kinematik qovushqoqligi v = 10-6 m2/s ga teng.
masala. Oraliqlari 50 m bo‘lgan ikkita katta idishlar bir-biri bilan diametri 120 mm po‘lat quvur orqali ulangan. Idishlardagi suv sathlari o‘zgarmas, biriga suv oqib kirsa, ikkinchisidan esa oqib chiqib turadi. Quvur chorak qismiga berkitilgan bitta burama qopqoqqa va 90° burchakka burilgan bitta burimga ega. Quvurdan o‘tayotgan suv sarfini toping. Katta idishga quvurning kirishidagi qarshilikni ^Mr =1 ga teng deb oling.
Yechish. Suv sathlarining farqi h—h2 = 6 m — bu damning pasayishini ifodalaydigan qiymat hisoblanadi. Bu pasayishni quyidagi ifodadan foydalanib, hisoblash mumkin:
L$2 -fl-2
bu yerda, — jami mahalliy qarshiliklar koeffitsiyentlarining
i
yig‘indisi.
F
2 gh
ormuladan suv oqimi tezligini topamiz:
$_
Mahalliy qarshiliklar koeffitsiyentlarini masala shartiga mos keluvchi holatlar uchun jadvallardan topamiz, ya’ni £kir _ 0,5; to‘g‘ri burchakli (90°) tirsak uchun £ _ 1,1; ventil uchun £ _ 0,3; idishdan idishga
quyilishdagi tasodifiy kengayishlar uchun £ _ 1,0. Unda, jami mahalliy qarshiliklar koeffitsiyentlari yig‘indisi quyidagiga teng:
_ 0,5 +1,1 + 0,3 +1,0_2,9 .
Gidravlik qarshilik koefftsiyentini topish uchun avval, Reynolds sonini hisoblaymiz, so‘ng nomogrammadan Red ga mos keluvchi qiymatni topamiz:
Red _ — _ 1,2 ' 0,12 _ 1,44 • 105; Ke / d _ 0,15/120 _ 1,25 • 10-3.
d v 10 e
Qarshilik kvadratiga mos keluvchi X = 0,0196 Shifrinson formula- sidan topiladi, ya’ni X_ 0,11 4Ke/d _ 0,0196.
Aniqlangan natijalar asosida avval suv oqimi tezligini, keyin esa sarfini hisoblab topamiz:
$ _ 2gh _ 2 - 9,8-6 _ 117,6 _ , 2 ,
у ^+££. j 19,6-10-3 05j°2 + 2,9 *84,53 ,
2
Q _$S _$^ _ Mi0,122 • 1,2 - 4,32 • 10-3m3 / s _ 4,32 l / s .
masala. Oraliqlari 150 m bo‘lgan ikkita katta idishlar bir- biri bilan diametri 150 mm po‘lat quvur orqali ulangan. Idish-
lardagi suv sathlari o‘zgarmas, biriga suv oqib kirsa, ikkin- chisidan esa oqib chiqib turadi. Birinchisidagi suv sathining balandligi 18 m, ikkinchisida esa 4 m. Quvur 0,5 qismiga berkitilgan ikkita burama qopqoqqa va bitta 90° burchakli burimga ega. Quvurdan o‘tayotgan suv oqimi tezligini va sarfini toping. Katta idishga quvurning
kirishidagi qarshilikni B,kir = 1 ga teng deb oling.
Nazorat savollari
Suyuqlikning laminar va turbulent tartibli oqishlarini ta’riflab bering.
Quvurda harakatlanayotgan suyuqlikning kritik tezligi deb nimaga aytiladi?
Reynolds sonining mohiyati nimada? Uning qiymati nima- larga bog‘liq?
Quvurda harakatlanayotgan suyuqlikning laminar va turbulent tartibli oqishlarining ko‘ndalang kesimidagi tezliklarini sxe- matik tasvirlang.
Laminar tartibda harakatlanayotgan suyuqlik oqimining o‘r- tacha va eng katta tezliklari munosabatlari orasidagi bog‘lanish formulasini yozing.
Mahalliy, gidravlik qarshiliklar deb nimaga aytiladi?
Absolut va nisbiy g‘adir-budur hamda silliqlik quvurlari ta’rifini ayting.
Gidravlik radius va qarshilik koeffitsiyentini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |