Suyuq taomlar tayyorlash jarayonini texnologiyasi



Download 176,07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.02.2023
Hajmi176,07 Kb.
#913663
Bog'liq
Maxsulot tayyorlash texnologiyasi To\'lashov A 21 27 Tex ta\'lim sirtqi



SUYUQ TAOMLAR TAYYORLASH JARAYONINI 
TEXNOLOGIYASI 
REJA: 
1.Xushho’r suyuq taomlar tayyorlash uchun zarur hom ashyo 
maxsulotlari tanlash va ishlov berish. 
2.Yo’riqnomali xarita asosida Borj taomini tayyorlash. 
3.Taomlarni tayyorlashda aniqlangan kamchiliklarni ko’rsatish 


Umumiy ovqatlanish korxonalarini hozirgi zamon taiabida rivojlantirish 
uchun; oziq-ovqat sanoati tarmoqlari bilan kooperatsiyalash asosida 
mahsulotni yangi sanoat texnologiyasi asosida ishlab chiqarishni joriy 
etish, ishlab chiqarish jarayonlarini yarim tayyor yoki tayyor mahsulot 
tayyorlovchi yirik korxonaga aylantirish, ularni mahsulotlar bilan 
markazlashtirilgan usulda ta ’minlashga o‘tkazish lozim. Bular o ‘z 
navbatida tarm oq xodim larining ish unum dorligi oshishiga, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot sifatining yaxshilanishiga, xomashyodan 
unumli va sifatli foydalanishga, ko‘p mehnat talab etuvchi ish 
jarayonlarini 
mexanizatsiyalashga 
imkon 
beradi. 
Umumiy 
ovqatlanishning xalq xo'jaligi uchun ahamiyati katta. Taomlarni umumiy 
ovqatlanish korxonalarida tayyorlash, kulinariya yarim fabrikatlarini 
joriy etish juda ko‘p m ehnat va vaqtni tejaydi, insonni xalq xo‘jaligida 
va ijtimoiysiyosiy sohalarda ishlash uchun bo'shatib olishga imkon 
beradi, xotin-qizlami ro‘zg‘ordagi unumsiz ishlardan ozod qiladi. 
Yaxshi tashkil etilgan, ilmiy-gigiyenik asosda yo'Iga qo'yilgan um um iy 
ovqatlanish mehnatkashlar keng ommasi uchun foydali bo'lib, sanoatda 
va qishloq xo'jaligida mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradi. 
Mamlakatimizda umumiy ovqatlanishni yaxshilash va rivojiantirishga 
qaratilgan hukum atim izning qator qarorlari xalqimizga qilinayotgan 
g'amxo'rlikni ko'rsatuvchi dalillardan biridir. U m um iy ovqatlanish 
korxonalarida ishlab chiqarilgan m ahsulot sifati, kishilaming sog'lom va 
mehnatga qobiliyatli bo'lishlari ko'pincha pazandalam ing malakasiga
ularning taom tayyorlash texnolo-giyasini va zamonaviy texnika 
vositalarini qanchaUk yaxshi egallaganliklariga bog'liqdir. Taom 
tayyorlash texnologiyasi — pazandachilikda ko'pchilik xo'randalarga 
mo'ljallab taom tayyorlash uchun mahsulotlarga mexanik va issiqlik 


ishlovini berishning oqilona sirlarini o'rgatadi. Bu texnologiya xalq urf-
odatlariga, usta pazandalam ing ish tajribalariga, fan-texnika yutuqlariga 
tayangan holda ish tutadi. Hozirgi zamon umumiy ovqatlanish 
korxonalarida pazandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish murakkab 
texnologik jarayon bo'lib, bu jarayon taom tayyor bo'lgunga qadar 
mahsulotlarga ishlov berish bilan bog'liq bo'lgan ketm a-ket 
bosqichlardan iboratdir. Taom deb, bir yoki bir necha tur mahsulotga 
pazandachilik ishlovi berish, bezash va porsiyalab iste’molga tayyor 
holga keltirish holatiga aytiladi. Pazandachilik mahsulotlari deb, oziq-
ovqat mahsuloti yoki bir necha xil mahsulotlarga pazandachilik ishlovi 
berilib, iste’molga tayyor holatiga yetkazilgan, bunda biroz qo'shim cha 
ishlov berish, isitish, porsiyalarga taqsimlash, bezashni talab qiladigan 
holatga aytiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalari ish jarayonlarini 
tashkil qilish usuliga qarab: tayyor va qayta tayyorlanadigan mahsulotlar 
bilan ishlovchichi korxonalar, yarim tayyor mahsulotlar bilan ishlovchi 
korxonalarga bo'linadi. Mahsulot 
— taom tayyoriash uchun 
ishlatiladigan manba hisoblanadi; yarim tayyor mahsulot — iste’mol 
uchun tayyor bo'lm agan, lekin bir yoki bir necha pazandachilik ishlovi 
jarayonidan o'tgan, am mo bevosita iste’mol qilish mumkin bo'lm agan, 
taom tayyor bo'lishi uchun yana ishlov berilishi kerak bo'lgan mahsulot 
ko'rinishidir. Yarim tayyor mahsulotlarning tayyoriigi ularga berilgan 
ishlov usuliga qarab turii darajada bo'lishi mumkin. Yuqori darajadagi 
yarim tayyor mahsulotlar deb, qisman yoki to'liq mexanik yoki issiq 
yoxud 
kimyoviy 
ishlov 
berilgan, 
shuningdek, 
yarim 
tayyor 
mahsulotlarning bir nechta xilini qo'hib, ulardan yengil texnologik 
ishlov berish bilan olinadigan taom yoki pazandachilik mahsulotlariga 
aytiladi. Mahsulot ishlovchi korxonalar mahsulotlami oz muddatda 


saqlashni tashkil etish uchun moslashtirilgan omborxonalarga, 
mahsulotlarga (go'sht, baliq, sabzavot) mexanik ishlov beriladigan 
tayyoriov sexlariga, shuningdek, issiq, sovuq va qandolat mahsulotlari 
ishlab chiqaradigan sexlarga ega bo'lishi kerak 
Suyakli, go‘sht-suyakli, go‘sht va qo‘ziqorinli, bulonlardan xar xil 
mahsulot qo‘shib sho‘rvalar pishiriladi. Baliq bulonida kartoshkali 
sho‘rvalar, rassolnik, solyanka, щi tayyorlaniladi. To‘ldirgichli 
sho‘rvalar tayyorlash uchun yormani saralab, suvini bir necha marta 
almashtirib ivitiladi. Suli yormasini yuvilgandan so‘ng qaynab to‘rgan 
suvga solinadi va chala tayyor bo‘lguncha pishiriladi. Qaynab chiqqan 
suvni to‘kib tashlab, yormani alohida yuvib olinadi. Chunki suv bemaza 
ta’m berishi mumkin. Dukkaklilarni saralab, yuvib, suvga solinadi (2-3 l 
suvga, 1 kg) loviya va moshni 5-8, no‘xatni 3 - 4 soatga ivitib qo‘yiladi. 
Keyin o‘sha suvda tuz qo‘shmasdan qopqog‘i yopiq xolda pishiriladi. 
Makaronni tozalab olib, qaynab to‘rgan suvga solinadi. Makaron 30 - 40 
daqiqa, lapsha 20 - 25 daqiqa, vermishel 10-15 daqiqa pishiriladi.
To‘ldirgichli ovqatlar uchun tomat pyuresini qovurib olinadi.
Borshlar (karam sho‘rva). Dog‘langan yog‘da lo‘nda-lo‘nda qilib 
to‘g‘ralgan go‘sht va piyoz qizarguncha qovuriladi. So‘ngra qozonga 
to‘g‘ralgan pomidor yoki tomat pastasi solinib 10 daqiqacha 
qovurilgach, somon shaklida to‘g‘ralgan sabzi, qizilcha va parrak - 
parrak qilib to‘g‘ralgan kartoshka solinadi. Barcha masalliq yaxshilab 
qovurilgandan so‘ng qozonga 3 l suv, qalampir, tuz, dafna yaprog‘i, 
mayda to‘g‘ralgan karam solib 35 - 40 daqiqa davomida qaynatiladi.
Makaron mahsulotlaridan, lapshadan, yorma va dukkaklilardan 
tayyorlanadigan taomlar. Bu turdagi taomlar uchun makaron, rojki, 


vermishel sanoat yoki uy lapshasi, xar xil yormalar va dukkaklilarni 
ishlatsa bo‘ladi. Taomlar suyakli, go‘sht-suyakli bulonlarda 
tayyorlaniladi. Mol, qo‘y, parranda go‘shtlari, go‘sht konservalaridan, 
quritilgan qo‘ziqorinlardan tayyorlaniladi. Makaron mahsulotlaridan 
sho‘rvalar tayyorlash uchun sabzi, piyoz, oq ildiz, somoncha yoki kubik 
shaklida, dukkakli va yormali taomlar uchun esa kubik shaklida 
to‘g‘raladi. Sabzi va piyozni jazlanadi. Makaron mahsulotlari ayniksa 
vermishel pishirish jarayonida yumshab ketadi. Shuning uchun, 30-40 
daqiqada tarqatib bo‘lish xisobi bilan, kam miqdorda tayyorlash kerak.
Tiniq sho‘rvalar tiniq bulon va garnirlardan tayyorlaniladi. Bulonlar 
tiniq sho‘rvalar uchun tindirish natijasida va ozuqaviy bulonlarni 
ekstraktiv moddalar bilan to‘yintirish yo‘li bilan olinadi. Tindirish uchun 
go‘sht, parranda suyaklari, tuxum oqi ishlatiladi. Garnir sifatida tiniq 
bulonlar uchun xar xil sabzavotlar, go‘sht, parranda, baliq, tuxum, 
yormadan tayyorlangan mahsulotlar ishlatiladi. Portsiyali idishga 
solinayotganda garnir qo‘shiladi va bulon qo‘yiladi. Tiniq bulonlarni 
kosalarda dasturxonga tortiladi.
Suyuq taom turlari. Sho‘rva turlari. Mastava, noxot sho‘rva moshxo‘rdi 
tayyorlash qoidalari va ishlatiladigan xom-ashyolar. 
Chuchvara
Kerakli masalliqlar:
Qiyma go‘sht - 300 g.
Un - 500 gr.
Piyoz - 5-6 dona.


 Kartoshka - 2-3 dona.
Tuxum - 2 dona.
Tayyor bulon (Galina blanka yoki
Rollton) - 1 p 
Tuz
Ziravorlar
Tayyorlanishi:
1 kosa suvda 1 osh qoshiq tuz eritiladi. Tayyor eritma unga solinadi 
va 2 ta tuxum qo‘shib, xamir qoriladi. Xamir yaxshilab mushtlab, 
tindirib qo‘yiladi.
Qozonga suv solinib gazga qo‘yiladi. Suv qaynab chiqqach, 2-3 
dona mayda to‘g‘ralgan piyoz va kartoshkalar solinadi.Endi qiyma 
tayyorlaymiz. Buning uchun tayyor qiyma go‘shtiga qolgan 
piyozlarni mayda to‘g‘rab, ziravorlar bilan tuz-namagini to‘g‘rilaymiz.
Tingan xamirni yupqa qilib yoyamiz. Va 3 barmoq enligida tesmalar 
kesib olinda. Bu tesmalar ustma-ust taxlanib, yana 3 barmoq kengligida 
kesiladi.
Tayyor xamirga qiyma solib, chuchvara tugiladi.
Shu davrgacha qaynab turgan suvga tayyor bulon solinib, ketidan 
chuchvara- 
larni solamiz. Chuchvaralar 10 daqiqa mobaynida pishadi.
CHuchvaralar ta’bga ko‘ra ko‘katlar va smetana bilan iste’mol qilinadi.


Gulkaram sho‘rva
Masalliqlar:
1. 
Gulkaram - 1 kg.
2. 
Go‘sht - 500 gr.
3. 
Piyoz - 1 bosh.
4. 
Sabzi - 2 dona.
5. 
Kartoshka - 3 dona.
6. 
Tuz - ta’bga ko‘ra.
7. 
Zaravorlar. 8. Ko‘katlar (piyoz va kashnich).
Tayyorlash:
Mol yoki qo‘y go‘shtining yog‘liroq joyi va suyaklaridan 
solib, piyoz qo‘shib qaynatiladi, so‘ngra gulkaramning gul shoxlarini
o‘zagidan ajratib, kubik shaklida to‘g‘ralgan sabzi bilan birga
qaynab turgan sho‘rvaga solib pishiriladi. Shuningdek, sho‘rvaga
parrak qilib to‘g‘ralgan kartoshka solingandan keyin olovni 
pasaytirib, 20 minut daqiqa davomida miltiratib qaynatiladi. So‘ngra 
tayyor taomni kosalarga suzib, betiga kashnich va ko‘k piyoz sepilgan 
holda dasturxonga tortiladi.
Takrorlash uchun savollar
Yo’riqli Tehnologik xarita 
Kasb kodi va nomi - 3.81.03.02 Oshpaz qandolatchi
O’quv amaliyoti nomi- Oshpazlik taomlarini tayyorlash. 


Maqsad: Suyuq taomlarni tayyorlash ko’nikmalarini shakllantrish 
uyuq taomlar tarkibidagi hid va ta’m beruvchi moddalar oshqozondan 
shira ajralishiga, ishtahani ochishga yordam beradi va shu tufayli 
o’zidan keyin iste’mol qilingan quyuq taomlarning hazm bo’lishini 
osonlashtiradi. Suyuq taomlar mineral moddalarning asosiy manbai 
hisoblanadi. Ular tarkibida suyuqlik ko’p bo’lib, organizmning suvga 
ehtiyojining 
15-25%ini 
qondiradi. 
Suyuq 
taomlar 
tayyorlash 
texnologiyasiga ko’ra, tortilish haroratiga ko’ra, suyuqlik asosiga ko’ra 
bir necha turga bo’linadi.Tayyorlash texnologiyasiga ko’ra suyuq 
taomlar: xushxo’r suyuq ovqatlar, tiniq sho’rvalar, quyuq sho’rvalar, 
sutli sho’rvalarga bo’linadi. Haroratiga ko’ra sho’rvalar: issiq (+75°-
80°) va sovuq (+12°-14°) tortiladi. Sovuq sho’rvalar asosan jazirama 
yoz oylarida tortiladi. Suyuqlik asosiga ko’ra, bulyonda tayyorlangan, 
sutda tayyorlangan, meva va sabzavotlar qaynatmasida tayyorlangan 
bo’ladi. Suyuq taomlar asosan bulyonda tayyorlanadi. Bulyon deb, 
hayvonlarning suyak va go’shti, parranda go’shti yoki baliqni suvda 
qaynatilganda hosil bo’lgan quruq sho’rvani va mahsulotdan suvga 
o’tgan moddalar majmuasini aytiladi. 
Bulyonni tayyorlash uchun go’shtning suyaklarini chopib, qozonga 
solinadi, ustidan suv quyiladi va mildiratib qaynatiladi. Pishirish 
jarayonida yuzidan yog’ va ko’piklari bir necha marta suzib olinadi. 
Bulyonga masalliqlarni homligicha, dimlangan yoki avval suvda bir 
qaynatib olingan holda solinadi. Yangi karam, kartoshka, 
don 
mahsulotlari
, makaron mahsulotlarini faqat xomligicha solinadi. 
Lavlagi, tuzlangan karam avval dimlab, keyin solinadi. Piyoz, sabzi, 
tomat o’simlik yog’ida jazlanib, solinadi. Sabzavotlarni jazlash muhim 
ahamiyatga ega. Birinchidan, piyoz tarkibidagi efir moylari yog’da 


yaxshi erib, sho’rvaga yoqimli hid va ta’m beradi. Ikkinchidan, sabzi, 
tomat tarkibidagi rang beruvchi karotin moddasi erib, yog’ga o’tadi va 
sho’rvaning rangini qizartiradi. 
Perlovka yormasi bir qaynatib olinib, so’ngra solinadi. No’xat esa 5-6 
soat ivitib qo’yib solinadi. Qaynayotgan bulyonga masalliqlarni bir 
vaqtda pishadigan tartibda solish kerak. Masalan, sho’rvaga har bir 
masalliq solingandan so’ng tezroq qaynatilib, so’ngra past olovda 
miltiratib qaynatiladi, shunda hid beruvchi moddalar suv bug’i bilan 
chiqib ketmay sho’rvada saqlanib qoladi.Xushxo’r sho’rvalar pishishiga 
5-10 daqiqa qolganda, tuz, lavr yaprog’i, mayda murch solinadi. 
Milliy 
suyuq taomlar chinni kosalarda
, yuziga ko’katlar 
(ukrop, kashnich, rayhon) sepilib, yog’och qoshiqlar bilan birga beriladi. 
Suyuq taomning turiga ko’ra alohida idishda qatiq berish ham mumkin. 
O’zbek taomlari pazandaligi inson faoliyatining san’at darajasiga 
kutarilgan eng qadimiy sorhalaridan biridir. Bu san’at davr 
utishi bilan 
takomillashib
, iste’molchilar talabiga tobora ko’prok, moslashib 
bormokda. Pazandalar tayyorlagan yukori sifatli taomlar xo’randalar ish 
qobiliyatiga, sog’ligiga va boshqa jismoniy salohiyatiga barakali ta’sir 
ko’rsatadi. Taomlar tayyorlash va tarqatish usullariga kura sovuq, issiq, 
suyuk,, 
quyuq yoki umumiy
, milliy va hokazo turlarga bulinadi. 
Taomlar xonaki usulda yoki umumiy ovkatlanish korxonalarida 
tayyorlanadi. 
O’zbek milliy taomlari boshk,a millatlar taomlaridan o’ziga xos 
an’anaviy xususiyatlari bilan farqlanadi. Tabiatimizning saxiyligi, 
xilma-xil oziq-ovqat maxsulotlariga boyligi va uzoq zamonlardan 


davom etib kelayotgan o’zbek pazandaligi xalqimizning ulkan xazinasi 
va milliy faxridir. O’zbek 
milliy pazandaligi
, ayniqsa masalliqga o’ziga 
xos ishlov berilishi, taom tayyorlashda uziga xos asbob-anjomlar, 
qurilmalar va 
boshqa jixozlar ishlatilishi
, taomlar tarqatishda uziga xos 
idish-tovoqlardan foydalanilishi bilan ajralib turadi. 
O’zbek milliy taomlarini tayyorlashdan avval ayrim masalliqlarga 
maxsus ishlov berilib, ularning xushxo’rligi oshiriladi. Bunday 
usullardan biri mahsulotni tilimlab, unga tuz va ziravor bilan ishlov 
berishdir. O’zbek taomlarini tayyorlashda xalq ko’p iste’mol qiladigan 
go’sht, un, sut, qatiq, loviya, no’xat, 
shuningdek meva
, poliz, kukat 
maxsulotlari va xokazolardan foydalaniladi. Bu masalliqlar taom 
turlariga qarab o’ziga xos ishlovdan o’tadi. Milliy taomlarni xonaki 
usulda tayyorlashda qozon va o’choqdan, issiqlik manbai sifatida esa 
o’tin, ko’mir, tabiiy gaz, maxsus tandir va boshqalardan foydalaniladi. 
Hozirgi o’zbek milliy pazandaligi tabiiy, tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
shart-sharoitlar ta’siri ostida shakllangan. Xalqlarning o’zaro madaniy 
aloqalari orqali o’zbek milliy taomlarini tayyorlashda ham iste’mol 
qilinadigan masalliqlarni ishlatish imkoniyati yaratilmoqda. Bu bilan 
milliy taomlar turi kengayib bormoqda. Bunga misol tariqasida avvalgi 
o’zbek pazandaligini hozirgi pazandaligi bilan qiyoslaymiz. Avvalgi 
o’zbek pazandaligida baliq taomlari kam iste’mol qilingan bo’lsa, ular 
xozir ko’proq iste’mol qilinadi. O’zbekistonning ba’zi joylarida taomlar 
ilgari kartoshka va pomidor ishlatilmay tyiyorlangan bo’lsa, hozirgi 
kunda bu mahsulotlarsiz taomlar uchramaydi hisob. 
O’zbek milliy pazandaligi tayyorlanadigan taomlar turi va ularni 
tayyorlash shart-sharoitlarini chuqur o’rganishni talab qiladi. Aks holda 


tayyorlangan taom o’z milliylik xususiyatini yo’qotishi 
bilan birga

iste’mollilik qobiliyatidan ham mahrum bo’ladi. O’z ko’rsatkichlariga 
ko’ra talabga javob beradigan taomlarni o’ziga xos idish tovoqlarda 
tortmaslik bu taomlarning iste’mol xususiyatini pasaytiradi. Umumiy 
ovqatlanish korxonalarida taom tayyorlashga “O’zbekiston xalqlarining 
milliy taomlari va pazandalik maxsulotlarini tayyorlash usullari 
to’plami” hujjatidan foydalanilgandagina ruxsat etiladi. 
Oshxona elektr asboblari -oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov beradigan 
(yuvadigan va boshqa to’g’raydigan, qaynatadigan), idish-tovoqlarni 
yuvadigan jihozlar. Oshxona elektr asboblarining individual va universal 
xillari bor. 
Individual oshxona elektr asboblari: kofe maydalag’ich, 
kofe tegirmoni

kofe qaynatgich (10-rasm), mevalarning sharbatini olish mashinalari, 
aralashtirgich (mikser)lar, sabzavot keskichlar va boshqalar. Kofe 
maydalag’ichning ish 
qismi tishli disk va konusdan
, kofe tegirmoniniki 
esa 
tez 
aylanuvchi 
(15-20 ayl/min) pichoqdan 
iborat. 
Mikser 
(aralashtirgich)lar sovuq ichimliklarni aralashtirish, sutli kokteyl, 
kremlar, hamir va boshqalar tayyorlashda ishlatiladi. Sabzavot 
keskichlar 
elektr yuritmali korpus
, qabul qilgich ta’minlag’ich va 
almashtiriluvchi pichoqlardan iborat. Diskli va barabanlisi ko’p 
ishlatiladi. Disklisida yassi pichoqlar aylanuvchi diskka mahkamlanadi. 
Mahsulot shu pichoqlar orasidan o’tib kesiladi (12-rasm). Barabanlisida 
pichoqlar barabanga o’rnatiladi. Sabzavotlar passerlanadi, dimlanadi, 
bug’da pishiriladi (11-rasm). 
Universal oshxona elektr asboblariga 12 tagacha ish mashinasini kiritish 
mumkin. 
Masalan, «Straume» mashinasi komplektiga go’sht 


qiymalag’ich, 
sabzavot keskich
, hamir qorgich, mikser, kofe tegirmoni 
va boshqalar kiradi. Maksimal quvvati - 400 vt. Idish-tovoq yuvish 
mashinalar ko’rinishi, avtomatlashganlik darajasi va issiq suv tayyorlay 
olish olmasligi bilan bir-biridan farq qiladi. Ba’zi mashinalarda 
yuviladigan idish-tovoqlar 
bir joyda turadi
, aylanadigan soplo ularga suv 
purkaydi, boshqalarida, 
aksincha
, idish-tovoq harakatlanib turadi, soplo 
bir joyda turib suv purkaydi. 
Qayta tayyorlanadigan mahsulotni ishlovchi korxonalar umumiy 
ovqatlanish tarmoqlari bilan b ogiiq sanoat yoki tayyorlov 
korxonalaridan turli xil yarim tayyor mahsulotlami oladi (2-rasm). Bu 
korxonalarda 
mahsulotga 
pazandachilik 
ishlovi 
berish 
mexanizatsiyalashtirilgan. Qayta tayyorlanadigan korxonalarda yarim 
tayyor mahsulotlar va pazandachilik mahsulotlari iste’mol uchun tayyor 
holatga keltiriladi, taom ni xo'randalarga tarqatish tashkil etiladi. Ishlab 
chiqarishni shu tariqa tashkil etish m ehnat taqsimoti va oshpazlaming 
ixtisoslashishi uchun sharoit yaratadi, natijada mahsulot ishlab 
chiqarilishi oshadi, uning tannarxi esa arzonlashadi, shuningdek, ishlab 
chiqarish m aydoni va omborxonalari qisqaradi. Pazandachilik fani 
boshqa fanlar bilan, jum ladan, oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi, 
ovqatlanish fiziologiyasi asoslari, gigiyena va sanitariya, ishlab 
chiqarishni tashkil qilish, umum iy ovqatlanish korxonasining 
texnologik asbobanjomlari, kimyo, fizika fanlari bilan uzviy bog'liqdir. 
Iste’mol qilish uchun tayyor bo'lgan taomlaming sifati ko'pincha uni 
tayyorlash uchun foydalaniladigan mahsulotga bog'liq.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1.
G.Abduqodirov Kasb ta`lim praktukumi 
2.
M.SH.Jabborova Maxsulot tayyorlash 
3.
w.w.w.edu.uz 
4.
w.w.w.pedagog.uzp 

Download 176,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish