Suyuq kristallar


Suyuq kristallarning turlari



Download 185,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana06.03.2022
Hajmi185,74 Kb.
#483745
1   2   3   4   5
Bog'liq
Suyuq kristallar (4)

Suyuq kristallarning turlari
. Nematik, smektik va xalesterik. Molekulalar 
o’qlarining tartiblanishining ko’rinishiga qarab suyuq kristallar uch turga bo’linadi:


1. 
Nematik
. Nematik grekcha “
nema
” so’zidan olingan bo’lib “
ip
” 
deganidir. Nematiklar tarkibida mikrosko’pik ipsimon strukturalar mavjud bo’lib 
ularning oxiri yoxud erkin, yoxud idishning devoriga yopishuvchan bo’ladi. 
1930 yilning boshlarida nematik moddalarning umuiy molekulyar strukturasi 
qarama-qarshi muloxazalarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Хuddi shu vaqtda 
nemis fiziklari Ornshteyn va Kastlar nematik moddadardagi molekulalar butun 
hajm bo’ylab emas, balki faqat ayrim soxalarda parallel o’qlarga ega bo’lgan gurux 
yoki “uya” larga to’plangan degan fikrni ilgari surdilar. 
Ularning taxminlaricha, har bir uya tarkibida bir millionga yaqin moleklalar 
joylashgan bo’ladi. Yaqinda Shvetsiyalik olim K.Ozen nematik moddadagi 
molekulalarning barcha o’qlari bir-biriga parallel, ularning o’zlari esa modda 
bo’ylab bir xilda joylashganligini isbotladi. Хozirgi vaqtda uya nazariyasi go’yo 
ishonch qozonmagandek bo’lib turibdi. 
2. 
Smektik
. Smektik, grekcha 
smegma-sovun
so’zidan olingan bo’lib, 
Smektiklar sigarasimon shakldagi molekulalardan tashkil topgan bo’lib u 
molekulalarning katta o’qlari bir-biriga parallel orintatsiyalangan qatlamlar 
to’plamini xosil qiladi. 
Smektik suyuq kristall moddalarning eng ko’p tarqalgan misoli sovun 
ko’pigidir. Sovun pufaklarining tashqi va ichki sirtlari orasida suv bo’lib u smektik 
qatlamlardan iborat bo’ladi. Agar pufak siqilsa, suvning molekulalari qatlamdan 
siqib chiqariladi va u yana qaytadan suyuqlik eritmasiga qaytib o’tadi. 
Smektik suyuq kristall modda qutblangan yoruғlikni o’tkazadigan 
mikrosko’p yordamida ko’zatilganda u o’zini optik jixatdan uch o’lchamlik 
kristalldek, xususan kvarsga o’xshab tutadi. Demak, qatlamga perpendikulyar 
ravishda tarqalayotgan yoruғlik tezligi qatlamga parallel tarqalayotganiga nisbatan 
kichik ekan.boshqacha aytganda, molekulalarning o’zun o’qi bo’ylab yoruғlik 
ko’ndalangiga nisbatan kichik tezlik bilan tarqaladi. Bunday tipdagi kristall 
strukturalar optik musbat strukturalar deb ataladi. 
3. Holesterik. Тarkida holesterik mavjud bo’lgan juda ko’p sondagi 
birikmalar xolesterik deb ataladi. Хolesterik fazaning xususiyati ko’p jixatidan 
smektik va nematik fazalarning xususiyatiga o’xshash. 
Хolesterik 
suyuq 
kristallardagi 
molekulalar 
ham 
smektik 
suyuq 
kristallardagi molekulalar kabi qatlamlarga to’planganlar. Ammo har bir 
qatlamning ichida molekulalar o’qining bir-biriga nisbatan joylashuvi esa nematik 
fazani eslatadi. Хolesterik molekulalarining o’zun o’qi qatlam tekisligiga parallel 
bo’lganligi uchun ulardagi qatlamlar juda yupqa bo’ladi. 
Ma’lumki yoruғlikni qutblanish tekisligini (buruvchi) aylantiruvchi kristall 
moddalar optik aktiv modda deb ataladi. O’tkazilgan tajribalar xolesterik modda 
ham optik aktiv modda ekanligini va qutblanish tekisligini 180
0
gacha burchakka 
burishini ko’rsatdi. 


Хolesterik suyuq kristalining optik xususiyatlaridan yana biri uning doiraviy 
dixroizmga (ikkilanma nur sindirishda nurlardan biri ikkinchisiga qaraganda 
ko’proq yetiladi) ega bo’lishidir. 
Smektik va nematik moddalarga qarama-qarshi xolestik suyuq kristallar 
optik manfiydirlar. Buning ma’nosi sho’qi molekulyar qatlamlarga perpendikulyar 
tarqalayotgan yoruғlikning tezligi masimal qiymatga ega. Uchchala suyuq kristall 
moddalarga xos xususiyat ikkinlanma nur sindirilishining mavjudligidir. Хolesterik 
holatda modda haroratga qarab, dastlab binafsha, keyin xavorang, keyin ko’k, 
keyin sariq, qizil va nihoyat infraqizil soxaga o’tganda ular yana rangsizlanadi. 
Ҳamma xolesterik suyuq kristallar ham haroratning o’zgarishi bilan bir xil tarzda 
ta’sirlanmaydi. Masaln ba’zilari o’z rangini faqat qizildan yashilgacha o’zgartiradi. 

Download 185,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish