Suyuq holatdagi dielektriklar



Download 494 Kb.
bet1/3
Sana07.10.2022
Hajmi494 Kb.
#851695
  1   2   3
Bog'liq
15а-Ma\'ruza


15-МA’RUZA
SUYUQ HOLATDAGI DIELEKTRIKLAR
Reja:

  1. Suyuq holatdagi dielektriklar.

  2. Suyuq sintetik dielektriklar.



1. Suyuq holatdagi dielektriklar.
Elektr texnikaga oid konstruksiya va uskunalarni ishlatish sharoitlardan kelib chiqib, suyuq dielektriklarga yuqori elektr musahkamlik va solishtirma hajmiy qarshilik, kichik miqdorli dielektrik singdiruvchanlik, elektr va issiqlik maydonlariga bo’lgan bardoshlilik, ish mobaynida xossalarining barqarorligi, yong’inga bardoshlilik kabi talablar qo’yiladi. Neft mahsulotidan olinadigan transformator moyi elektr texnikada eng ko’p ishlatiladigan suyuq dielektriklardan hisoblanib, u quvvatli transformatorlarda, asosan, elektr izolyatsiyasi va sovitkich vazifasini bajaradi. Transformatorga transformator moyi quyilganda simlarga qoplangan izolyatsiya qoglamasidagi havo bo’shliqlari moy bilan to’ladi. Natijada transformatorning elektr izolyatsiyasi mustahkamligi ortib, elektr kuchlanishi ta’siridagi chulg’amlardan va po’lat o’zakdan ajralayotgan issiqlik tashqi muhitga moy orqali yaxshi tarqatiladi1.
Bunda transformatorning quvvati birmuncha ortadi.
Neftdan olinadigan transformator moyi parafin, naftalin, aromatik uglevodorod kabi murakkab birikmalardan tashkil topgan bo’lib, uning tarkibida oltingugurt, kislorod va azot kabi qo’shimchalar ham bo’ladi.

Moydagi zararli qo’shimchalar neftni qayta ishla orqali bartaraf etiladi. Transformatorning moyini tozalash kislota yordamida, selektiv yoki adsorbsiya kabi usullar orqali amalga oshiriladi. Bu moyning rangi och sariq bo’lib, zichligi 861-895 kg/m3, qotish harorati -450C, chaqnash (alangalanish) harorati 135-1400C , nur sindirish koeffitsienti 1,47-1,49, kinematik qovushqoqligi (17,626,6) 10-6m2/s va sirt taranglik kuchi 40-45 kN/m. Transformator moyi yonuvchan suyuqlik bo’lgani sababli, uni ishlatish mobaynida texnika xavfsizligiga amal qilinishi shart. Bu suyuqlikning dielektrik singdiruvchanligi 2,2-2,3, dielektrik isrof burchagining tangensi 0,001-0,02 ga teng.
Transformator moyi tarkibidagi juda kam (0,05%) miqdordagi suv ham uning elektr mustahkamligini keskin (5-10 barobar) tushirib yuboradi. Bu asosan, suvning dielektrik singdiruvchanligi katta (er≈81) va solishtirma hajmiy qarshiligining kichikligi (p ≈103104 Om∙m) bilan tushuntiriladi. Moy tarkibidagi mexanik qo’shimchalar (tola, zarracha va h.k.), ham suyuqlikning elektr mustahkamligini pasaytiradi. Transformator moyi mazkur qo’shimchalardan tozalanib, so’ngra quritilsa, u o’zining asl elektr mustahkamligini qayta tiklaydi1.

6-jadvalda transformator moyining kuchlanishga nisbatan elektr mustahkamligi keltirilgan. Elektr uskunalarida ishlatilayotgan transformator moyiga kuchli elektr maydoni, issiqlik, kislorod va oksidlovchi moddalar ta’sir etishi natijasida uning eskirishi kuzatiladi.1
6- jadval

Download 494 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish