Suyaklarning fizik xossalari. Suyaklarning mustahkam bo`lishi uning tarkibidagi mineral va organik moddalarning nisbati me`yorida bo`lishiga bog`liq. Agar yosh organizm suyagida kalsiy tuzlari kamaysa uning suyagi egiluvchan bo`lib qiyshayib qolishi, ya`ni qomatida buzilish bo`lishi mumkin.
Keksalar suyagining tarkibida mineral tuzlarning ko`payishi esa suyakning mo`rtlashuviga, tez sinuvchan bo`lishiga sabab bo`ladi. Shunday qilib suyakning fizik xususiyatlari uning kimyoviy tarkibi bilan bog`liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |