Oyoq-qo’l tomirlaridan qon ketishida tibbiy yordam ko’rsatilganda quyidagi harakatlar bajarilishi kerak: - Jarohatlangan oyoq-qo’lni yurak darajasidan balandroqqa ko’tarish qon yo’qotilishini kamaytirishga yordam beradi.
- Kichik shikastlanishlarda jarohat atrofidagi teriga antiseptiklar bilan ishlov berish, ustini esa bakteritsid plastir bilan yopish kerak.
- Agar qon kuchli ketayotgan bo’lsa, bosuvchi bog’lam qo’yish kerak.
- Agar qon ketishi juda kuchli bo’lsa, jarohat ustidagi oyoq yoki qo’lni maksimal ravishda bukish kerak. Agar bu ham yordam bermasa, jgut qo’yish kerak.
- Jarohatga sovuq qo’llash kerak, bu qon yo’qotilishini to’xtatishga va og’riqni kamaytirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |