O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI
MUSTAQIL ISH
BOTANIKA FANIDAN
Mavzu:___________________________________________________
___________________________________
Bajardi: ____________________
Qabul qildi: _________________
Toshkent – 2021
Reja:
1. Suvo`tlari haqida tushuncha.
2. Suvo`tlarining klassifikatsiyasi.
3. Suvo`tlarining ahamiyati
4. Zararkunanda shilimshiq va zambrug`lar
1. Tuban o`simliklarning suvda, nam joylarda va tuproqda yashaydigan katta guruhi suvo`tlari deyiladi. Suvo`tlar hujayrasida xlorofil bo`lishi bilan bakteriyalardan farq qiladi. Lekin ular tarkibida boshqa pigmentlar borligi tufayli rangi qo`ng`ir qizil va ko`k- yashil bo`ladi. Xlorofill borligi uchun suvo`tlar avtotrof o`simliklar hisoblanadi. Suvo`tlar tashqi ko`rinishidan juda xilma- xil bo`ladi. Ular orasida mikroskopik mayda bir hujayralilar bilan bir qatorda bir necha o`n metrga yetadigan juda yirik vakillari ham bor. Кoloniya bo`lib yashaydigan suvo`tlar bir hujayralilar bilan kop hujayralilar orasidagi bir todadir. Ularning tanasi o`zaro bo`sh birikkan hujayralar to`dasidan iborat.
Suvo`tlarining tanasi poya, barg, ildiz kabi organlarga bo`linmagan tallomdir. Biroq ba`zi vakillarining tallomi birmuncha murakkab tuzilgan bo`lib, funksyasiga muvofiq ravishda tanasi ayrim qismlarga ajralgan bo`ladi. Suvo`tlari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo`l bilan ko`payadi. Jinsiy yo`l bilan ko`payish oogamiya, izogomiya, geterogamiya tipida ro`y beradi. Suvo`tlar dengizlarda va chuchuk suvlarda suvning tiniqligiga qarab har xil chuqurlikda (tiniq dengizda 100-150 m ) yashaydi. Ularning ba`zilari, asosan, mikroskopik shakillarining juda ko`p to`dasi erkin suzib yurib fitoplonkton hosil qiladi. Boshqalari esa suv havzalari ostiga yopishib yashab, bentos (suv havzasi ostidagi o`simlik va hayvon organizmlar to`dasi) tarkibiga kiradi.
Tuproq suvo`tlari yer yuzasida va uning ustki qatlamlarida yashaydi. Ularning ko`pi tuproqda organik moddalarni to`planishiga yordam beradi va unumdorlikning muhim omili hisoblanadi.
2. Suvo`tlarining juda ko`p, 20 minga yaqin turi bo`lib, ular 5 ta sinfga bo`linadi. Shulardan biz quyidagi: ko`k- yashil suvo`tlar (Cyanophyta), yashil suvo`tlar (Chlorophyta), diatom suvo`tlar (Diatomeae), qo`ng`ir suvo`tlar (Phaeophyta) va qizil suvo`tlar (Rodophyta) sinfi bilan tanishamiz.
Кo`k- yashil suvo`tlar- Cyanophyta. Bu suvo`tlarga eng sodda, ko`pincha bir hujayrali yoki koloniya bo`lib yashaydigan organizmlar kiradi. Кamdan - kam holda ko`p hujayrali, ipsimon shakillari ham uchraydi. Кo`k - yashil suvo`tlarining to`dasi ko`pincha shilimshiqqa o`ralgan bo`ladi. Bularning nomi o`ziga xos rangiga qarab berilgan. Ularning hujayrasida har xil pigmentlar: xlorofill, fikosian, karotin va ayniqsa fikoeritrin bo`lib, ularning o`zaro nisbati turlicha bo`lganligidan har xil rang hosil qiladi. Ularning hujayrasi ovval, sharsimon, ustinsimon va boshqa shakilarda bo`ladi. Hujayralari tashqi tomondan ba`zan juda shilimshiqlanuvchi pektinli yupqa po`st bilan o`raladi. Hujayralarning ichki moddasi bo`linmagan. Shuning uchun uning yadrosini ham, plastidasini ham ko`rib bo`lmaydi. Lekin protoplazma ikki xil pigment bilan bo`yalgan tashqi va xromotin modda tutuvchi rangsiz ichki (markaziy tana deb ataluvchi) qavatdan iboratligini ko`rish mumkin.
Кo`k - yashil suvo`tlar vegetativ va jinssiz ko`payadi. Кoloniya bo`lib, yashaydigan vakillarida koloniyaning bo`linib ketishi kuzatiladi. Ular jinsiy yo`l bilan ko`paymaydi, ba`zan spora hosil qilishi kuzatiladi. Bunda oddiy vegetativ hujayralar sporaga aylanadi. Sporalar ko`payish uchun emas, balki to`rni noqulay sharoitidan saqlash uchun xizmat qiladi. Bu suvo`tlar butun yer yuzida tarqalgan bo`lib, chuchuk va sho`r suvlarda yashab, plankton, bentos hosil bo`lishida ishtirok yetadi. Planktonda juda tez ko`payib, suvni “gullatib” yuboradi, natijada suv ichishga yaroqsiz bo`lib qoladi. Кo`k - yashil suvo`tlar tuproq yuzasida va uning ustki qatlamlarida ham uchraydi. Ular yerda organik moddalarni to`planishiga yordam beradi. Ba`zi turlari atmosferadagi azotni o`zlashtirib, tuproq unumdorligini oshiradi.
Кo`k- yashil suvo`tlarining o`ziga xos vakillaridan biri ossillyariyadir. Bular ko`pincha Markaziy Osiyoda ariq bo`ylarida, tog` darayolaridagi toshlarda uchrab, ko`kish shilimshiq dog` hosil qiladi.
Кo`k- yashil suvo`tlarining yana bir vakili nostok bo`lib, u tezoqar toza suvlarda yashaydi. Markaziy Osiyo sharoitida u ko`pincha tog` daryolaridagi toshlarda, kamdan- kam zax yerldarda uchraydi. Nostok koloniya bo`lib, yashaydigan suvo`ti bo`lib, uning ilonizi shaklidagi ipchalari o`z atrofida juda ko`p shilimshiq to`plab, tuzlangan pomidorga o`xshash bo`lakcha hosil qiladi.
Diatom suvo`tlar - Diatomeae. Diatom suvo`tlarining 5 mingga yaqin turi mavjud. Ular bir hujayrali va koloniya bo`lib yashaydigan organizmlaridir. Bularni hujayrasini shakli juda xilma - xil: yumaloq, tayoqchasimon, uchburchak va hokazo bo`ladi. Diatom suvo`tlar sinfining eng harakterli belgisi hujayrasi po`stining tuzilishidir. Hujayra po`sti pektindan tuzilgan bo`lib, tashqi tomonidan yaxlit kremniy pansir (qalqon) bilan o`ralgan. Pansir bir- biriga teng bo`lmagan ikkita palladan iborat. Pallalar shunday joylashganki, quticha qopqog`i singari biri ikkinchisini o`rab turadi. Кo`pgina hujayralarning har bir pallasida tirqishsimon teshikchalar bo`lib, ular orqali protoplazma tashqi muhit bilan bog`lanadi. Кremnezyom (qumtuproq) shimib olgan pallalar juda pishiq, qattiq va ko`pincha chiroyli gulli bo`ladi.
Diatom suvo`tlarining hujayrasi harakatchan bo`ladi, ular sekin sudralib yoki tirqishsimon teshikchalardan chiqargan shilimshiq iplarning itarishi natijasida juda tez harakat qiladi. Bularni hujayralari oddiy bo`linish yo`li bilan, jinsiy va jinssiz usullarda ko`payadi.
Diatom suvo`tlar dengiz va chuchuk suvlarda yashab, hayvonlarga oziqa bo`ladi, plankton hamda bento hosil qiladi. Dengizlarda diatomlarning protoplasti nobud bo`lgandan keyin po`sti dengiz tubiga to`planadi va bir necha million yillar davomida ulardan alohida tog` jinsi - diatomit yoki kremniy uni hosil bo`ladi. Diatomit g`ovak, yengil bo`lganligidan undan issiq o`tkazmaydigan materiallar, g`ovak g`isht tayyorlashda, turli metallarni shlifovka qilishda va portlovchi modda - dinamit tayyorlashda foydalaniladi. Bularni vakili sifatida pinnulariyani ko`rsatish mumkin. Pinnulariya ko`pincha chuchuq suv havzalarida, ko`l, daryo, soy va hovuz suvlari tubida o`sadi.
Yashil - suvo`tlar - Chlorophyta. Yashil suvo`tlar sinfiga 5500 dan ortiq tur kiradi. Bular bir hujayrali, koloniya holdagi va ko`p hujayrali organizmlardir. Yashil suvo`tlarning xromotoroflarida faqat xlorofill bo`lib, boshqa pigmentlar bilan niqoblanmagani uchun yashil rangda ko`rinadi.
Yashil suvo`tlarning eng sodda vakillari, ya`ni bir hujayralilarning ko`pincha ikkita xivchini bo`lib, ular mustaqil harakatlana oladi. Bu hol yashil suvo`tlar eng sodda hayvonlardan xivchinlilarga yaqin ekanligini ko`rsatadi. Yashil suvo`tlar vegetativ, spora hosil qilish va jinsiy yo`l bilan ko`payadi. Yashil suvo`tlar asosan chuchuq suv havzalarida tarqalgan bo`lib, suv ostida “balchiq” (tina) hosil qiladi. Ba`zi vakillari dengizlarda, juda kam vakillari quruqlikda yashaydi. Bir hujayrali vakillari plankton organizmlar hisoblanadi. Ular ko`pincha tez ko`payib, oqmas suvlarni ko`kartirib yuboradi. Кo`p hujayrali vakillari suv havzalari tubiga o`rnashib olib o`sadi. Bular suv hayvonlari uchun oziq bo`ladi, “dengiz salatini” odamlar iste`mol qiladi.
Yashil suvo`tlar sinfi, odatda, uchta kenja sinfga: teng xivchinlilar yoki asl yashil suvo`tlar, matashuvchilar yoki kon`yugatlar va xaralar yoki nurlilarga bo`linadi. Ba`zi olimlar haralarni mustaqil sinf deb hisoblaydilar.
Qo`ng`ir suvo`tlar - Phaeophyta Qo`ng`ir suvo`tlar vakillari sovuq va mo`tadil iqlimdagi dengizlarda yashaydi. Xromotoforida xlorofildan tashqari, qo`ng`ir rangli alohida pigment fikoksantin bo`lib, ularni o`ziga xos rangga kiritadi.
Qo`ng`ir suvo`tlar koloniya bo`lib yashaydigan ko`p hujayrali organizmlardir. Bu sinf ba`zi vakillarining hujayrasida qismlarga ajralish kuzatiladi. Bu hujayralar har xil to`qimalar hosil qiladi. hamda tallomni morfoloigk jihatdan barg va poyasimon organlarga ajratadi. Hujayralarning po`sti sellulozadan iborat, ba`zan pektin modda shimilgan bo`lib, shilimshiqlanish xususiyatiga ega. Bular sporalar va jinsiiy yo`l bilan ko`payadi. Ayrim vakillari is`temol qilinadi, ba`zilaridai kaliyli tuzlar, yod, aseton, spirt, sirka kislota va hokazolar olinadi.
Qizil suvo`tlar - Rhodophyta. Qizil suvo`tlar ham dengiz va okeanlarda yashaydi. Bularning tashqi ko`rinishi va tuzilishi juda xilma - xil. Ipsimon, tup yoki plastinkasimon shakldagilari uchraydi, ba`zan ular poya va bargga bo`linadi. Hujayrasining po`sti sellyuloza yoki pektindan iborat. Hujayrasi ichida bitta yoki bir nechta yadro va plastinkasimon yoki yulduzchasimon xromotofor bo`ladi. Qizil suvo`tlar xromotoforida qizil rangli alohida pigment - fikoeritrin bo`lganligi uchun ular shunday nom bilan ataladi.
Qizil suvo`tlar sporalar va jinsiy yo`l bilan ko`payadi. Ularda ham jinssiz va jinsiy nasl gallanadi.
3. Suvo`tlari suv, tuproq, taqir yerlar va qoyalarda, qor hamda muz tog`larida, daraxt po`stloqlarida o`sadi. Suvo`tlaridan nihoyatda ko`p biomassa hosil bo`ladi. Suvda hech narsaga birikmasdan yumaloq holda o`sadigan plankton suvo`tlar hayvonlarning oziqlanishida ahamiyati katta. Suvo`tlarning turlariga qarab, suvlarning iflos va tozalik darajasi aniqlanadi. Suvo`tlarning biomassasi 1 m3 suvda 6 - 14 gr dan 34 kg gacha bo`lishi mumkin. Insonlar suvo`tlardan oziq- ovqat, yem- xashak sifatida, dehqonchilikda o`g`it o`rnida foydalanadilar. Suvo`tlarida moy kam bo`lsa ham, oqsil, uglevod va vitaminlar ko`p bo`ladi, sanoat uchun xom ashyo hisoblanadi. Кlodofora yashil suvo`tidan sifatli qog`oz va kartonlar tayyorlanadi. Кo`pgina suv o`tlaridan yod, brom olinadi. Suvo`tlarni quruq haydab, ko`mir smola, kreozid, yog`och spirti, atseton olish mumkin. Qo`ng`ir suvo`tlarining ba`zilaridan algin kislotasi olinadi. Algin kislotasi esa to`qimachilik va hokazo sanoatlarida (gazlama va qog`ozga ishlov berishda) shuningdek, plastmassa sanoatida ishlatiladi. Sapropel - chirindi qoldiqlaridan iborat organik loyqa (Sibirda ko`p tarqalgan). U chorvachilikda oziq- ovqat sifatida ishlatiladi. Uni quruq haydash natijasida smola, koks olinadi. Bulardan o`z navbatida benzin, kerosin, og`ir moy, lak, organik kislotalar, ammiak olsa bo`ladi.
Zamburug’lar orasida parazit turlari ham juda ko’p. Ular o’simlik, hayvon va odamlarda turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, parazit zamburug’lar qishloq va o’rmon xo’jaligiga katta zarar yetkazadi.
Zang zamburug’i murakkab taraqqiyot davri ya’ni, har xil sporalar va oraliq xo’jayinga ega bo’lishi bilan ajralib turadi.
Baborda zang zamburug’i oraliq xo’jayin hisoblangan zirk o’simligida rivojlanishni boshlaydi. Keyinchalik bug’doy o’simligida hayotini davom ettiradi. Butun yoz davomida parazit zambunig’ sarg’ish-qizil (zang) rangdagi sporalar hosil qiladi. Ular bug’doy o’simligining poya va barglarini zararlaydi (16-rasm). Poya va barglardagi dog’lar sporalardagi pigmentlarga bog’liq bo’lib, temirdagi zang dog’ga o’xshab ketadi. Shuning uchun uni zang zamburug’i deb yuritiladi. Zararlangan o’simlik boshoq hosil qilmaydi yoki donlari puch bo’lib qoladi. Parazit zamburug’lar bilan kurashish ham ancha qiyin, chunki ularning yengil sporalari shamol yordamida tarqalib katta maydonlarni zararlaydi. Zang zambumg’lariga qarshi kurashda eng qulay usul — ushbu zamburug’larga chidamli yangi bug’doy navlarini yaratish hisoblanadi.
Vertisill. Oq palak — uning spora hosil qiluvchi bandlari halqasimon shoxlangan. Ushbu zamburug’ turli o’simliklarning o’tkazuvchi to’qimalarida parazit holda hayot kechiradi. Zamburug’ o’simliklarni o’ziga xos «vilt» yoki «vertisillyoz» deb atalgan so’lish kasalligiga chalintiradi. Kasallikning asosiy belgisi, barg hujayralarida taranglik holatini yo’qotishi bo’lib, ularda dastlab sarg’ish-jigarrang, so’ngra qo’ng’ir dog’lar paydo bo’ladi, bu uning barglarini erta to’kilishiga sabab bo’ladi.
Markaziy Osiyo sharoitida vilt kasal-ligi g’o’zaning ofatidir. Vilt g’o’za ildizi orqali o’tib, poyaning o’zagini zararlaydi va uning normal o’sishini buzadi. Vilt bilan zararlangan o’simlik ko’pincha nobud bo’ladi yoki biror organi so’lib chiriydi.
Kasallikka qarshi kurash choralari ho’jaliklarda almashlab ekishni to’g’ri yo’lga qo’yish, viltga chidamli yangi g’o’za navlarini yaratish, yerni chuqur va sifatli shudgor qilish, mahalliy o’g’itlar sepish va boshqalardir.
Zamburug’larning ahamiyati. Zamburug’lar tabiatda keng tarqalgan va katta ahamiyatga ega. Ular tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi. Bakteriyalar bilan birga organik moddalarning: o’simlik qoldiqlari va hayvon jasadlarining parchalanishi asosan zamburug’lar ishtirokida boradi.
Tuproqda xilma-xil zamburug’lar guruhi uchraydi. Zamburug’lar saprofitlar sifatida to’nka va ildizlar qoldiqlarida yashaydi. Ba’zi zamburug’lar yuksak o’simliklar bilan simbioz holda yashab, mikoriza hosil qiladi. Ammo ba’zi bir zamburug’lar o’rmon xo’jaligiga zarar keltiradi. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko’ra yog’ochni chirituvchi zamburug’lar uning 30% ni mutlaqo yaroqsiz holga keltirishi mumkin ekan.
Mikoriza — yuksak o’simliklar ildizi bilan zamburug’larning simbioz hayot kechirishidan iborat. Quruqlikda tarqalgan ko’pchilik o’simliklar tuproqdagi zamburug’lar bilan ana shunday hamkorlikda yashaydi. Mikorizaning tuzilishiga ko’ra ikki asosiy turi ajratiladi: tashqi (ektotrof) va ichki (endotrof)- Ektotrof mikorizada o’simlik ildizining uchki qismini zich g’ilof ko’rinishida zamburug’ mitselliysi o’rab oladi. Endotrof mikorizada zamburug’ ildizning ichki to’qimalariga kirib oladi.
Tashqi mikoriza asosan o’rmonlardagi qayin, eman va nina bargli daraxtlarda uchraydi. Zamburug’ daraxt ildizidan karbon suv va vitaminlarni o’zlashtiradi. Shu bilan birga tuproqning gumusi tarkibidagi oqsillarni aminokislotalarga parchalaydi. Aminokislotalarning bir qismi o’simlik tomonidan o’zlashtiriladi. Bundan tashqari zamburug’ daraxtning ildiz tizimini, shimish yuzasini oshiradi, bu esa o’z navbatida unumsiz tuproqlarda o’sayotgan o’simlik uchun muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Ichki mikoriza ko’pincha o’t o’simliklarda uchraydi. Ammo uning simbioz hayot kechirishdagi roli haqida ma’lumotlar yetarli emas.
Ba’zi bir zamburug’lar parazit organizmlar sifatida o’simlik va hayvonlarda har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Iste’mol qilinadigan zamburug’lar ozuqa ahamiyatiga ega. Zamburug’larning ba’zi turlaridan antibiotiklar va vitaminlar olishda, shuningdek, achitqilardan turmushda kcng foydalaniladi.
Lishayniklar. Lishayniklar tirik organizmlarning o’ziga xos guruhi bo’lib, zamburug’lar va suv o’tlarning simbioz hayot kechirishidan yuzaga kelgan o’simliklardir (17-rasm).
Lishayniklarning 26 000 ga yaqin turi ma’lum. Lishayniklarning tanasi, ranggi va shakli har xil. Lishayniklar sporalar yordami bilan shuningdek vegiltatib yo’l bilan ko’payadigan avtotrof organizmlardir. Vegetativ ko’payish lishaynik tallomida hosil boiadigan o’simtalar va ularning qulay sharoitga tushib rivojlanishi bilan boradi. Lishayniklar tashqi ko’rinishiga ko’ra uchta turga bo’linadi (18-rasm): 1. Yopishqoq; 2. Bargsimon; 3. Butasimon.
Lishayniklar barcha joylarda o’sadigan o’simliklar bo’lib, tabiatda juda keng tarqalgan. Ular boshqa o’simliklar yashay olmaydigan sharoitda ham uchraydi. Lishayniklar tosh va qoyalarda. Cho’1 va dashtlarda, daraxt va buta po’stloqlarida o’sadi.
Lishayniklar tundra va o’rmon tundrada keng tarqalgan. Ulardan (Kladonia turkumi) shimol bug’ulari uchun oziqa sifatida foydalaniladi. Unimsiz joylarda yashovchi lishayniklar boshqa o’simliklar ham jamoasini shakllanishiga imkon yaratadi. Lishayniklar substratdan va atrof-muhitdan turli kimyoviy elementlarni, shu jumladan radioaktiv moddalarni ham to’plash xususiyatiga ega. Toza havoni talab etuvchi lishayniklardan atmosfera havosining ifloslanganlik darajasini aniqlashda indikator sifatida foydalanish mumkin.
Ba’zi bir lishayniklar to’qimachilikda bo’yoq sifatida, tibbiyotda va atir-upa sanoatida ishlatiladi. Shuningdek, o’rmonlarda ayniqsa, qarag’ayzorlarda va daraxt kesilgan maydonlarda lishayniklar yaxlit qoplam hosil qiladi. Bunda kladoniyaning (Cladonia) bir necha turlari qatnashadi. Daraxt po’stlog’ida soqolli usneya (Usneya barbata), tasmasimon everniya(Evernia prunastri) lar yashil-sarg’ish hamda tillarang — Xantoria parientina sariq qoplam hosil qiladi.
Lishayniklarning kimyoviy tarkibi ham birmuncha murakkab. Ularda xitin moddasi, lishaynik kraxmali deb ataladigan lixenin, disaxaridlardan saxaroza, turli fermentlar masalan: amilaza, ko’plab aminokislotalar, vitaminlardan esa C, B6, B12 kabilar uchraydi.
Lishayniklarning kishilar hayotidagi ahamiyati katta. Ular shimol bug’ulari uchun em-xashak sifatida ishlatiladi. Lishayniklardan ajratib olingan ckstarktlar atir-upa mahsulotlariga, kosmetika mahsulotlariga o’ziga xos hid berish uchun foydalaniladi. Cho’llarda uchraydigan lishaynik – manna iste’mol qilinadi. Ular unumsiz choilarda, qoya toshlarda paydo bo’lib, tog’ jinslarining yemirilishiga yordam beradi. Lishayniklar qurib qolganidan keyin chirib chirindi hosil qiladi. Yemirilgan tog’ jinslari va shu chirindidan yupqa tuproq qatlami hosil bo’ladi.
Mazkur masala yechimlarini topishda «Qishloq xo’jaligi o’simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 21-mart «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-1730 Qarori va 2015-yil 29-dekabrdagi «2016-2020 yillarda qishloq xo’jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2460-son Qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo’jaligini yanada isloh qilish bo’yicha kompleks dasturi» va boshqa me’yoriy hujjatlarga tayanilishi zarur.
Respublikamiz sharoitida g’o’zaning o’sishi va rivojlanishi zararkunandalardan — g’o’za tunlamining paydo bo’lishi, rivojlanishi, tarqalishini bashoratlash va avtomatlashtirigan monitoring tizimini yaratish, uning asosida himoya tadbirlari rejalarini ishlab chiqish zarur bo’lib hisoblanadi. Shu sababli olimlar tomonidan o’simliklarni himoya qillish sohasida axborot texnologiyalaridan foydalanishning holati, g’o’za va uni zararli organizmlardan himoyalash masalalari hamda qishloq xo’jalik ekinlarini zararkunanda hamda kasalliklardan himoya qillishda axborot texnologiyalarini qo’llash imkoniyatlari, bu borada o’tkazilgan tadqiqotlar o’rganib chiqilmoqda. Muammolar aniqlanmoqda. G’o’za va uning asosiy zararkunandalari rivojlanishi va tarqalishining axborot tizimi ma’lumotlarni to’plash, saqlash va qayta ishlash texnologiyasining konseptual asoslari, qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunanda va kasalliklari rivojlanishi ekologik monitoringi va bashoratlash yo’llari hamda usullari, monitoring tizimi axborot ta’minotini, shuningdek, g’o’zaning asosiy zarakunandalari rivojlanishini bashoratlash modellari ko’rib chiqilmoqda.
Zararli organizmlar bo’yicha ma’lumotlar bazasi asosini tashkil etuvchi agroiqlim ma’lumotlari umumiy zararli organizmlar va madaniy ekinlarning o’zaro munosabatlarida vujudga keluvchi ekologik holatni baholash uchun zarur bo’lib hisoblanadi. Agroiqlim omillarining holati bo’yicha zararli turlarning fenologiyasini hisoblash va ayrim mavsumlarda chidamliligini baholashni amalga oshirish mumkin. Bularning barchasi zararli organizmlar populyatsiyasi to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash va kuzatish tizimini tartiblashtirish va osonlashtirish imkonini beradi. Shu sababdan axborot tizimini ishlab chiqish dolzarb vazifa bo’lib hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, paxta yetishtirishda, chigit ekilishi, o’stirilishi va uning zararkunandalariga qarshi takomillashtirilgan biologik kurash olib borishda AKT’dan foydalanib, uning asosiy zararkunandalari, ularning rivojlanishi va tarqalishining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini yaratishda zarur bo’lgan ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlashning konseptual asoslari ishlab chiqilishi qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalari rivojlanishi ekologik monitoringi, prognozlashtirilish yo’llari hamda usullarining takomillashtirilishiga yordam beradi. Qishloq xo’jaligi sohasida axborot texnologiyalaridan foydalanish qishloq xo’jaligi ekinlari, xususan, g’o’za hosildorligini oshirishga, paxta yetishtirish xarajatlarini kamaytirish, zararkunanda va kasalliklar keltiradigan zarar miqdorining qisqartirilishida samarali omil bo’ladi.
Adabiyotlar:
1. Burigin. V. A. Jongurazov. F. X. Botanika “O`qituvchi” T.: 1977.
2. Кursanov. V. A. Кamarniskiy N. A va bosh.- Botanika “O`qituvchi” 1977. I II tom.
3. Hamdamov I, Shukrullayev P va boshqalar- botanika asoslari “Mehnat” T.: 1990.
4. Soxabiddinov. S. “O`simliklar sistematikasi” I II bob. “O`qituvchi” T.: 1976.
5. Hamidov “O`simliklar geografiyasi” “O`qituvchi” T.: 1984.
6. Belolipov. I. V. Sheraliyev. A. Axadova. M. A. “O`rta Osiyo o`simliklari morfologiyasi” SOP, TIPO, T.: 1991.
7. Holdarov. X. Xojimatov. К. X.“O`zbekiston o`simliklari”, “O`qituvchi” T.: 1992.
Do'stlaringiz bilan baham: |