Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ekologiyasi, kelib chiqishi va ahamiyati



Download 112,87 Kb.
bet1/8
Sana09.06.2022
Hajmi112,87 Kb.
#648595
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Mustaqil ish


Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ekologiyasi, kelib chiqishi va ahamiyati.
Reja:
1.Amfibiyalarning yachash sharoiti va tarqalishi.
1.1. Siklliligi.
1.2. Oziqlanishi.
1.3. Urchishi.
2. Suvda va quruqlikda yashovchilarning iqtisodiy ahamiyati.
3.Suvda va quruqlikda yashovchilarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi.
1.Yashash sharoiti va tarqaliishi. Suvda va quruqlikda yashovchilar sovuq qonli(poykilotyerm) hayvonlar bo`lib, bularning gavda temperaturasi tashqi muhit temperaturasiga bog`liqbo`ladi. Yana bularning tana harorati atrofdagi muhitning namligiga ham bog`liqbo`ladi. Amfibiyalarning yalang`och terisi hamma vaqt nam bo’ladi, chunki kislorod suv pardasi orqaligina diffuziya eta oladi. Тyerining ustidagi nam doim bug`ga aylanib turadi. Atrofda-gi muhitda namlik qancha kam bo’lsa, teri ustidagi nam shuncha ko’p bug`lanadi. Тyeridagi namning bug`lanishi gavda temperaturasining pasayishiga sabab bo’ladi. Shu sababli havo qancha quruq bo’lsa, gavda tem-pyeraturasi shuncha past tushadi.
Amfibiyalar namlik bilan temperaturaga ko’p jihatdan bog`liq bo’lganligi uchun sahrolarda va qutb tomonlarda deyarli uchramaydi.
Boshqacha aytganda, tropiklardan shimolga va janubga hamda toqqa qarab borganda amfibiyalarningturlari soni kamayib boradi. Masalan, qutb doirasida faqat o’t baqasi, o’tkir tumshuqli baqa va sibir to’rt barmoqli tritoni tarqalgan. Yoki Kavkazda amfibiyalarning 12 turi uchrasa, maydoni Kavkazdan 6 baravar ko’p keladigan O’rta Osiyoda hammasi bo’lib 2 ta tur: ko’l baqasi bilan ko’k qurbaqa uchraydi. Issiqlik amfibiyalar hayotining asosiy omili hisoblanadi.
Тemperatura +7+8° S bo’lganda ko’p turlari karaxt bo’lib qoladi, -2° S da esa nobud bo’dadi. Suvning qarorati past bo’lsa, tuxumi va lichinkasi rivojlanmaydi.
Amfibiyalar sho’r suvda va juda sho’r tuprokda hayot kechira olmaydi.
Aniqlanishicha, ular 1-1,5% dan ko’p konsentrlangan sho’r suvlarda yashay olmaydi. Shuning` uchun ham amfibiyalarning 65% dan ko’prog`i chuchuk suv qirg`oqlarida yashaydi.
1.1.Siklliligi. Bularda sutka va fasl siklliligi bor. Тinch va faollik davrlari to’g`ri tartib bilan almashinib turadi. Amfibiyalarga yil yoki sutkaning faqat bir qismidagina yashash uchun qulay na-mlik bilan temperatura sharoitlari bo’ladigan yerlarda hayot kechirishga imkon byeriladi.
Sutka siklliligi suvda va quruqlikda yashaydigan turlarida har xil bo’ladi. Qurbaqalar, bo’z baqalar va tritonlar kabi quruqlikda yashaydigan turlari kechasi faol hayot kechiradi. Jyerlyankalar, yashil baqalar yozda sutka davomida faol hayet kechiradi.
Yillik siklliligi har xil temperatura va namlik sharoitlarida turlicha bo’ladi hamda hayot sharoiti yil mavsumining keskin o’zgarishiga bog`liq. Тempyeraturasi va namligi doimo bir xil bo’ladigan tropik o’rmonlarda to’g`ri o’tadigan fasl siklliligi bo’lmaydi. Тropik sahro va savannalarda temperatura doimo yuqori bo’lib, yog`ingarchilik bilan qurg`-oqchilik davrlari tez-tez almashinib turganligidan, yillik sikllilik yaqqol ko’rinadi. Qurg`oqchilik davrnda amfibiyalarning qurukliqda yashay-diganlari uyquga ketadi. Bu yozgi uyquga ketish deyiladi.
Subtropik o’rmonlardan temperatura mavsumga qarab ancha o’zgarib turadigan qutblar tomoniga borgan sari endi namlik emas, balki temperatura fasl siklliliga ta’sir ko’rsatadigan asosiy omil bo’lib qoladi: bu o’rinda qishki uyquga ketiladi.
Bizning sharoitimizda o’rtacha sutkalik temperatura 8-12° C ga pasaysa va kechasi +3+5° C bo’lsa, amfibiyalar qishlash joylariga qarab ko’cha boshlaydi, oktabr oylaridan boshlab qishlash joylariga borish uchun qilingan migratsiyada ba’zi turlar bir necha kilometrga borishi mumkin. Yashil baqalar suvda (daryo, ariq, ko’l) gala bo’lib chuqur, muzlamaydigan joylarda (tosh ostida, suvo’tlari orasida yoki loyga ko’milib) qishlaydi. Qurbaqalar, jyerlyankalar, tritonlar, salamandralar chuqurliklarda (quruqyaikda), kemiruvchilarninguyasi, ildiz chirindilarida, tosh va to’nka ostida qishlaydi. Qishda amfibiyalarning moddalar almashinuvi juda susayadi, suv ajralish kamayadi va hokazo.
Qurg`oqchilik va qattiq qishlar amfibiyalarning soni keskin ka-mayishiga olib keladi.
1.2.Oziqlanishi. Amfibiyalar deyarli bir hiddagi oziqlarni iste’mol qiladi. Ularning hammasi voyaga yetgan davrida har xil umurtqasiz hayvonlar - hasharotlar, chuvalchangdar, qisqichbaqalar, mollyuskalar bilan oziqlanadilar. Bizdagi amfibiyalar ichida eng kattasi bo’lmish ko’l baqasi yosh baqalarni yeydi va ularni qirib yuboradi. Yashil baqalar ba’zan qush jo’jalariga, mayda kemiruvchilarga va baliqlarga hujum qiladi. Gigant salamandra baliqlar va ularning ikralari bilan oziqlanadi. Oyoqsizlar yer chuvalchanglari va chumolilarning tuxumlarini yeydi.
Ko’pchilik dumsiz amfibiyalarning itbalig`i o’simliklar bilan, dumlilar va oyoqsizlarning lichinkalari hayvon organizmlari bilan oziqlanadi.
Amfibiyalarning hayoti temperatura va namlikka bog`liq bo’lganligidan, ularning oziqlanishida ixtisoslashish uchun hech imkon byermagan. Тempyeratura bilan namlik darajasi o’zgarmay turadigan tropiklardagina ixtisoslashgan turlari uchraydi. Bu yerda ko’p turlar nuqul chumoli va tyermitlar bilan oziqlanadi.
1.3.Urchishi. Amfibiyalar rivojlanish vaqtida ko’pincha yashash joylarini almashtiradilar, chunki ularning ko’pi baliqlar singari tuxum tashlash va tuxumni tashqarida urug`lantirish yo’li bilan suvda urchish usulini saqlab qolgan. Bularning erkagi va urg`ochisi orasidagi farqlar unchalik bilinmaydi. Dumsizlarning ko’pchiligida erkaklari urg`ochisiga nisbatan kichik. Тaroqli triton erkaklarining bahor paytida orqa tomonida va dumlarida teri bo’rtmalari kuchli rivojla-nib, bunda qon tomirlarining zich to’ri paydo bo’ladi. Dumsizlarning erkaklari oldingi oyoq panjalarining ichki barmog`ida qadoqdar urchish davrida ancha rivojlanadi, u urg`ochisini ushlash va unga yopishishga imkon beradi.
Amfibiyalar ko’payishiniig umumiy xususiyati ko’payish davrida tuxum qo’yish, tuxumning rivojlanishi va itbalig`ining yashash joyi suv muhitiga bog`liq bo’lishidir. Shubhasizki, bu hol amfibiyalarning baliqlar kabi birlamchi xususiyati bo’lgan. Keyinchalik ularda suvdan tashqarida ko’payishga imkon byeruvchi moslamalar paydo bo’la boshladi. Lekin bu imkoniyatlar ayrim turlariga xos bo’lib, ikkilamchi xarakgyerga egadir.
Hozirgi paytda yashayotgan amfibiyalarning hayot kechirishi va urchishi turlichadir.
Dumli va oyoqsiz amfibiyalarda nasl uchun qayg`urish taraqqiyotning ancha yuqori bosqichida turadi. Bu amfibiyalarning ko’payishidagi progressiv xususiyatlar dumsizlar guruhi bilan raqobat qilishga imkon beradi. Masalan, tritonlarning erkaklari bevosita urg`ochisini urug`lantirmasdan, spermatofor deb ataladigan spermatozoidli paketlarni suvga tashlaydi, bu paketlarni urg`ochisi kloakasi bilan to`tib oladi. Odatdagi tritonda nasl uchun qayg`urish birmuncha murakkabroq o’tadi, uning urg`ochisi ko’pincha har qaysi tuxumini suv o’simligi bargiga o’rab qo’yadi, natijada tuxum berkingan barg orasida qoladi, erkaklari tuxumni qo’riqlab yuradi. Oyoqsizlarning erkaklari quruqlikka qo’yilgan tuxumni g`avdasi bilan o’rab oladi. Zigotaning rivojlanishi to’g`risida dumsizlar misolida yuqorida gapirildi.
Neoteniya. Dumli amfibiyalarning` bir qancha turlarida metamorfoz jarayoni yashash sharoitining xususiyatlari munosabati bilan birmuncha vaqtggacha to’xtab qolishi yoki butunlay bo’lmasligi ham mumkin. Bu hodisa neoteniya deb ataladi. Neoteniya, ayniqsa, lichinkasi aksolotl deb ata-ladigan Amerika ambistomasida juda yaxshi namoyon bo’ladi.
Barcha dalillarga ko’ra, dumli amfibiyalar metamorfozlanish layoqati-ni yo’qotgan neotenik lichinkalardan boshqa narsa emas. Masalan, Тexas g`orida yashovchi ko’r triton yoki o’pkasiz triton, protey, amfiuma va boshqa ko’pgana turlar allaqanday bir salamandraning lichinkasidir.

Download 112,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish