Suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi
1. Baqaning nafas olish jarayonida tomogʻi pastga tortilganda ... .
1.ogʻiz boʻshligʻida bosim oshadi 2.ogʻz boʻshligʻda bosim kamayadi 3.havo burun teshigi orqali oʻpkaga oʻtadi 4.havo ogʻiz boʻshligʻi orqali oʻpkaga oʻtadi 5. havo oʻpkadan kapillyarlarorqali qonga oʻtadi 6. qondagi karbanat angidrid gazi havoga chiqariladi 7.qondan kislarod havoga chiqariladi
a) 2, 3, 4, 5, 6 b) 1, 3, 4, 5, 6
c) 2, 3, 4, 5, 7 d) 1, 3, 4, 5, 6
2. Baqa koʻzini nechta qovoq himoya qiladi?
a) 1 ta b) qovogʻi boʻlmaydi
c) 2 ta d) 3 ta
3. Qaysi hayvonning urugʻlangan tuxumi tiniq, yopishqoq, shilimshiq modda hosil qiladi?
a) osyotr b) ugor
c) lansetnik d) baqa
4. Qaysi hayvonlarning kloakasi boʻlmaydi?
a) qurbaqa b) itbaliq
c) kvashka d) salamandra
5. Quyidagi hayvonlarning eshitish a’zolari qanday qismlardan iborat?
1. baliq 2. baqa 3. it.
a. ichki va oʻrta quloq b. ichki quloq v. tashqi, oʻrta va ichki quloq.
a) 1-a 2-b 3-b b) 1-v 2-b 3-a
c) 1-b 2-a 3-b d) 1-b 2-v 3-b
6. Itbaliqning yurgi necha kamerali va nechta qon aylanish doirasi bor?
a) yuragi 3 kamerali, 2 ta qon aylanish doirasi
b) yuragi 2 kamerali, 1 ta qon aylanish doirasi
c) yuragi 1 kamerali, 1 ta qon aylanish doirasi
d) yuragi 2 kamerali, 2 ta qon aylanish doirasi
7. Quydagi belgilar boʻyicha baqa bilan baliq
oʻrtasidagi oʻxshashlikni aniqlang.
a) yurakning tuzulishida
b) muskullarning rivojlanishida
c) tuxumning rivojlanishida
d) skeletning tuzulishida
8. Baliqlar bilan suvda ham quruqlikda yashovchilardagi oʻxshashlik belgilarni toping.
a) qon aylanish b) koʻpayish va rivojlanish
c) nafas olsh d) nerv sistemasi
9. Quyida keltirilgan organizmlarning qaysi biri baliqlar bilan suvda va quruqda yashovchilarning oraliq formasi xisoblanadi?
a) lansetnik b) latimeriya
c) mollyuskalar d) timsox
10. Umurtqalilarning qaysi sinfidan boshlab ikkita qon aylanish doirasi hosil boʻldi?
a) baliqlar b) suvda va quruqda yashovchilar
c) sudralib yuruvchilar d) qushlar
11. Oʻpkali panja qanotlilardan kelib chiqqan .......
a) qadimgi qushlar
b) qadimgi sudralib yuruvchilar
c) qadimgi dumlilar
d) qadimgi tangachalilar
12. Baqaning orqa oyoqlari kamari nechta va qanday suyakdan iborat?
a) 2 ta chanoq b) 2 ta dumgʻaza
c) 3 ta dumgʻaza d) 3 ta chanoq
13. Baqani issiq xonadan sovuq xonaga oʻtkazganda, uning moddalar almashinuvida qanday oʻzgarish boʻladi?
a) tezlashadi b) sekinlashadi
c) toʻtaydi d) oʻzgarmaydi
14. Suvda ham quruqlikda yashovchilar bosh miyasining qaysi qismi baliqlarnikiga nisbatan yaxshi rivojlangan?
a) oldingi b) uzunchoq
c) oraliq d) miyacha
15. Suvda ham quruqlikda yashovchilarni quruqlikda hayot kechirishga moslashish munosabati bilan baliqlardan farq qiladigan belgilarni aniqlang.
a) oʻpka bilan nafas olish, umurtqa pogʻonasining qisqarishi
b) oʻrta quloq, vestibulyar apparatning hosil boʻlishi
c) hasharotlar bilan oziqlanishi, koʻpayishi
d) oyqlarning boʻlishi, yurakning 3 kameraliligi, oʻpka bilan nafas olishi
16. Baqaning ayrish sistemasida baliqnikidan farq qilib qaysi a’zo boʻlmaydi?
a) buyrak b) siydik yoʻli
c) qovuq d) malpigi naylari
17. Bitta yashil qurbaqa biryil davomida qancha hasharotni qirib foydakeltiradi?
a) 100 ta b) 3000 ta
c) 4000 ta d) 5000 ta
18. Qaysi hayvon suvda terisi orqali nafas oladi?
a) baliqlar
b) lansetniklar
c) baqalar
d) suv shilligʻi
19. Suvda ham quruqlikda yashovchilar lichinkasining ichki jabralari qayerda joylashgan?
a) oʻpka devorida
b) halqum devorida
c) ogʻizda
d) boshning ikki yonida
20. Baqaning qon almashish sistemasi tuzilishi qanday?
1.yuragi uch kameral 2.qon almashish doirasi bitta 3.qon almashish doirasi ikkita 4.yuragi ikki kamerali 5.arteriya va vena qonlari ajralgan 6.arteriya va vena qonlari aortada aralashadi
7.arteriya va vena qonlari qorinchada aralashadi 8.tanadagi a’zolarga aralash qon boradi 9.tanadagi azolarga kislorodli qon boradi.
a) 1,3,7,8
b) 4,2,5,9
c) 4,3,6,8
d) 1,3,6,9
21. Suv ostida baqa qanday nafas oladi.
a) teri bilan
b) oʻpkasi bilan
c) jabralari bilan
d) terisi va oʻpkasi bilan nafas oladi
22. Burun teshigida maxsus klapanlari boʻlgan hayvonni belgilang.
a) baqa b) baliq
c) suv iloni d) skat
23. Qaysi hayvonlar dumlilar turkumiga mansub emas?
a) triton, salamandra
b) salamandra, yashil qurbaqa
c) yashil qurbaqa, koʻl baqasi
d) triton, yashil qurbaqa
24. Dumlilar turkumiga nechta tur kiradi?
a) 335 b) 350
c) 250 d) 280
25.Quydagi hayvonlarning orqa ichak qayerga ochiladi?
1. baliqlarda 2. suvda ham quruqlikda yashovchilarda
a) 1,2 kloakaga
b) 1,2 anal teshigiga
c) 1,2 mantiya boʻshligʻiga
d) 1-anal teshigiga 2-kloakaga
26. Baqaning oldingi oyoq kamarini tashkil qiluvchi suyaklarni belgilang?
a) toʻsh suyagi, 2 ta koʻkrak tirgak suyagi, 1 ta umrov suyagi
b) toʻsh suyagi, 2ta koʻkrak tirgak suyagi, 2 ta umrov suyagi, 2 ta kurak suyagi
c) toʻsh suyagi, 2ta koʻkrak tirgak suyagi, 2 ta umrov suyagi, 1 ta kurak suyagi
d) toʻsh suyagi, 2 ta koʻkrak tirgak suyagi, 1 ta umrov kurak suyagi
27. Qon tomirlarda aralash qon oqadigan hayvonlar guruhini aniqlang.
a) baliq, baqa, ilon, qush
b) triton, salamandra, timsox, toshbaqa
c) baqa, qurbaqa, triton, baliq
d) baqa, sariq ilon, kaptar, kaltakesak
28. Baqa yuragining boʻlimlari sonini belgilang?
a) 1 ta yurak qorinchasi va 1 ta yuraak boʻlmasi
b) 2 ta yurak qorinchasi, 2 ta yurak boʻlmasi
c) 1 ta yurak qorinchasi, 1 ta yurak boʻlmasi
d) 1 ta yurak qorinchasi, 2 ta yurak boʻlmasi
29. Suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlarning eng yirigini belgilang.
a) Janubiy Osiyo salamandrasi
b) Kavkas salamandrasi
c) Janubiy-Gʻarbiy Osiyo salamadrasi
d) Janubi- Sharqiy Osiyo salamandrasi
30. Bitta yashil qurbaqa bir kecha-kunduz davomida qancha hasharotni qirib foydakeltiradi?
a) 100 ta
b) 3000 ta
c) 4000 ta
d) 5000 ta
31. Baqaning eshitish organi qanday qismlardan iborat?
a) tashqi qulaq, ichgi quloqdan
b) nogʻora parda, oʻrta quloq, ichki quloqdan
c) nogʻora parda, eshitish suyaklardan
d) faqat rivojlangan ichki quloqdan
32. Baqa bosh qismining qayerida konissimon tishlar boʻladi?
a) yuqori va pastgi jagʻlarda
b) paski jagʻ va halqumda
c) yuqori jagʻ va tanglayda
d) yuqori jagʻ va halqumda
33. Baqaning koʻzi nima bilan ximoyalangan?
a) kiprikchalar
b) qosh
c) qovoq
d) qovoq, kiprik
34. Baqaning ovqat hazm qilish sistemasi qanday tartibda joylashgan?
1-oshqozon 2-ichak 3-ogʻiz boʻshligʻi 4-halqum 5-qiziloʻgach 6-kloaka
a) 1-2-3-4-5-6
b) 3-4-5-1-2-6
c) 5-3-4-2-1-6
d) 3-4-1-2-5-6
35. Baqa tanasining qaysi qismi faqat arteriya qoni bilan taminlanadi?
a) oyoq va qoʻllari
b) orqa miya
c) bosh miya
d) ichki organlar
36. Oʻrta Osiyo hududida…. uchramaydi?
a) dumlilar
b) dumsizlar
c) tangachalilar
d) yashil qurbaqa
37. Suvda ham quruqlikda ham yashovchilar necha mln yil avval va qanday hayvonlardan kelib chiqqan?
a) 100 mln yil togʻayli baliqlardan
b) 200 mln yil treskasimonlardan
c) 300 mln yil panja qanotlilardan
d) 300 mln yil suyakli baliqlardan
38. Baqalar qaysi organi orqali nafas oladi?
a) teri, jabra
b) oʻpka, traxeya
c) jabra, traxeya
d) oʻpka, teri
39. Baqaning oldingi oyoqlar kamarini toping.
1.toʻsh suyagi 2. 1 ta kurak suyagi 3. 1 ta koʻkrak tirgak suyagi 4. 2 ta koʻkrak tirgak suyagi 5. 2 ta koʻkraksuyagi
6. 2 taumrov suyagi 7. 1 ta umrov suyagi
a) 1,3,2,7 b) 7,1,6,2
c) 1,4,5,6 d) 1,3,6,7
40. Baqaning yuragi qanday tuzilishga ega?
a) naychasimon
b) ikki kamerali
c) uch kamerali
d) toʻrt kamerali
41. Baqaning rivojlanishida tuxumdan itbaliq chiqishi va uning baqaga aylangunicha necha oy oʻtishini belgilang.
a) 1
b) 1,5
c) 2-3
d) 4-5
42. Baqalarning qaysi belgisi baliqlarnikidan farq qiladi?
a) ayrish
b) moddalaralmashinuv
c) nerv
d) nafas olish
43. Suvda va quruqda yashovchi hayvonlarni aniqlang.
1.toshbaqa 2.triton 3.timsox 4.salamandra 5.pingvin 6.tyulen 7.ilon 8.qurbaqa 9.baliq
a) 1, 3, 5
b) 2, 4, 8
c) 3, 5, 6
d) 1, 6, 9
44. Baqa bosh miyasining qaysi qismi baliqlarnikiga nisbatan kuchsiz rivojlangan?
a) oʻrta miya
b) oldingi miya
c) miyacha
d) uzunchoq miya
45. Qurbaqaning qaysi xususiyati suv havzalaridan uzoqda yashay olishiga sabab boʻldi?
a) oʻpkasining yaxshi rivojlanganligi va terisining quruq boʻlishi
b) oʻpka xaltalarining boʻlishi, teri orqali nafas olish kuchli rivojlanganligi
c) oʻpkasining yaxshi rivojlanganligi, terisining nam boʻlishi
d) teri orqali nafas olishning jadalligi
46. Qaysi hayvonda dastlab tashqi jabra hosil boʻlib, keyin ichki jabraga aylanadi?
a) daryo qisqichbaqasida
b) seldda
c) it baliqda
d) skatda
47. Suvda va quruqda yashovchilar qaysi baliqlardan kelib
chiqqan deb hisoblanadi?
a) dengizda yashaydigan treskasimonlar
b) chuchik suvda yashaydigan panja qanotlilar
c) okeanda yashaydigan ikki xil nafas oluvchilar
d) chuchik suvda yashaydigan karpsimonlardan
48. Miyyachasi kuchsiz rivojlangan hayvonni belgilang.
a) sazan
b) tez kaltakesak
c) nil timsoxi
d) taroqsimon tripon
49. Baqalarda qaysi suyak boʻlmaydi?
a) boʻyin
b) boldir
c) dum
d) qovurgʻa
50. Baqaning teri va oʻpkasiga qanday qon boradi?
a) aralash
b) venoz, aralash
c) karbanat angidridga toʻyingan
d) kislorodga toʻyingan
51. Baqaning qaysi organi kislorodga boy toza qon bilan taminlanadi va nima tufayli?
a) orqa miya, qorinchadan chiqadigan tomirlarning oʻziga xos joylashuvi
b) bosh miya, qorinchadan chiqadigan tomirlarning oʻziga hos joylashuvi
c) oʻpka, oʻng boʻlmadan qon tomirlar chiqqanligi
d) jigar, chap boʻlmadan aloxida qon tomirlar chiqqanligi
52. Yosh baqalar necha yildan keyin voyaga yetadi?
a) 1
b) 2
c) 3
d) 5
53. Suvda ham quruqda yashovchilarning bosh miyasi necha boʻlimdan iborat?
a) beshta
b) uchta
c) oltita
d) toʻrtta
54. Baqa yuragining oʻng yurak boʻlmasiga (I),chap yurak boʻlmasiga (II)qanday qon boʻladi va boshiga (III)qanday qon keladi?
1.arterial 2.venoz 3.aralash
a) I-1 II-2 III-3
b) I-1 II-2 III-2
c) I-2 II-1 III-1
d) I-3 II-1 III-1
55. Baqa skeletiga xos xususiyatlarni koʻrsating.
a) 2 ta boʻyin va dum umurtqalarning borligi
b) boʻyin va dum umutqalarining yoʻqligi
c) qovurgʻalarni yoʻqligi, 1 ta boʻyin umutqasi boʻlishi, dum umurtqalarining qoʻshilib dum suyagini hosil qilishi
d) qovurgʻalar, boʻyin va dum umurtqalarining yoʻqligi
56. Jabrasi orqali nafas oluvchi hayvonni belgilang?
1.skat 2.triton 3.lansetnik 4.kit 5.delfin 6.akula
a) 1, 4, 6
b) 4, 5, 6
c) 1, 3, 6
d) 1, 2, 4
57.Voyaga yetganda oʻpka bilan, lichinka davrida jabra bilan nafas oladigan hayvonni aniqlang.
a) uy pashshasi
b) bezgak chivini
c) baqa
d) timsox
Do'stlaringiz bilan baham: |