Қон айланиш тизими
|
Barcha amfibiyalarni yuragi uch kamerali bölib, ikkita yurak bölmasi va bitta qorinchasidan iborat. Tuban formalarida yurakning chap va öng bölmalari özaro töliq ajralmagan. Barcha suvda xam quruqda yashovchilarda ikkala yurak oldi yurak qorinchasi bilan bitta umumiy teshik orqali qöshiladi.
|
Yuragi ikki kamerali: yurak bo’lmasi va yurak qorinchasidan iborat. Yurak bo'lmasiga venoz (sinusi) qo’ltig’i yurak qorinchasining oxirgi qismiga arterial konus tutashadi.
|
Нерв тизими
|
Umurtqali hayvonlarning suv muhitidan quruqlikda yashashga o'tishi ularning markaziy nerv sistemasi va sezgi organlarining qayta tuzilishiga hamda murakkablashishiga olib keladi. Amfibiyalarning bosh miyasi, asosan oldingi miyaning yaxshi rivojlanganligi, yarimsharlarga aniq ajralganligi va miyachaning kam rivojlanganligi bilan baliqlar miyasidan farq qiladi.
|
Tog’ayli baliqlarning bosh miyasi to’garak og’izlilar va suyakli baliqlar bosh miyasiga nisbatan yaxshi rivojlangan. Bu o’z navbatida tog‘ayli baliqlarda oldingi miya yarimsharlari va miyachasining yirikligidan dalolat beradi.
|
Сезги аъзолари
|
Amfibiyalaming ko'rish organlari quruqlikda yashovchi umurtqalilar uchun xarakterli tarzda tuzilgan bo'lib, havoda ancha uzoq masofadagi narsalarni ko'rishga moslashgan. Bu moslashish, asosan ko’z shox pardasining bo'rtib chiqqanligi, ko'z gavharining ikki tomonlama qabariq linza shaklida ekanligi va ko'zni qurib qolishdan saqlaydigan harakatchan qovoqlaming borligi bilan ifodalanadi. Eshitish organi amfibiyalarning suvda va quruqlikda yashashi sababli yana ham murakkablashadi. Bularda ichki quloqdan tashqari o‘rta quloq yoki nog'ora bo'shlig'i hosil bo'lad, unga eshitish suyakchasi - uzangi suyakcha o’rnashgan. Hid bilish organi hamma amfibiyalarning hayotida muhim ahamiyatga ega. Hidlash xaltachalari juft bo’ladi. Tashqi burun teshiklari maxsus muskullar yordamida ochilib yopiladi. Har bir hidlash xaltachasi ichki burun teshigi - xoanalar orqali og'iz bo'shlig' i bilan tutashadi. Voyaga yetgan davrida suvda yashovchi amfibiyalar va ularning lichinkalarida yon chiziq organi muhim sezish organi vazifasini bajaradi. Teri yuzasida sezuvchi tanachalar ham joylashgan. Hamma amfibiyalaming teri epidermisida sezuvchi nervlarning erkin uchlari joylashadi. Ular temperaturani, og'riqni sezadi. Bulardan ba’zilari namlikning o‘zgarishiga ham reaksiya beradi.
|
Ularning ko‘zlari suvda ko'rishga moslashgan. Eshitish organlari faqat ichki quloqdan, ya'ni pardali labirintdan iborat. Ichki quloq suyak kapsulasiga o'rnashgan. Akulalar hidni 400 -500 m masofadan sezadi. Tog'ayli baliqlaming ko’zlari yirik, shox pardasi zich yassilangan. Har bir sezgi a’zosi baliq hayotida alohida ahamiyatga ega.
|
Айириш аъзолари
|
Amfibiyalarning ayirish organi tana buyrakdan iborat. Buyraklardan kloakagacha ingichka ipsimon volfov kanallari chözilib yotadi. Urg’ochi amfibiyalarda volfov kanali faqat siydik yöli vazifasini, erkaklarida esa ham siydik yöli va ham urug’ yöli vazifasini bajaradi.
|
Baliqlarda ayirish organi vazifasini bir juft uzun tasmasimon shakldagi tana, ya'ni mezonefros buyrak bajaradi va u qorin pardasi ostida umurtqa pog'onasming ikki yonida joylashgan.
|
|