Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflarni deklaratsiya qilish



Download 69,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana03.07.2021
Hajmi69,79 Kb.
#107926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
309-сон 13.04.2019

4-bob. Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflarni deklaratsiya qilish

(tasdiqlash) va belgilash

27.  “Uyjoykommunxizmat”  vazirligi  suv  ta’minoti  va  suv  chiqarishni  nazorat  qiluvchi

organ hisoblanadi va davlat boshqaruvining turli darajalarida siyosatni birxillashtirish hamda

sektor faoliyatini umumiy muvofiqlashtirish uchun mas’uldir.

28.  Suv  ta’minoti  va  kanalizatsiya  tashkilotlari  suv  ta’minoti  hamda  kanalizatsiya

xizmatlarini  ko‘rsatishdan  tashqari  investitsiyalar  va  xizmatlar  ko‘rsatish  bo‘yicha  ko‘p  yillik

rejalar  tayyorlanishi  uchun  ham  mas’uldir.  Investitsiyalar  va  xizmatlar  ko‘rsatish  rejalari

mahalliy  davlat  hokimiyatining  tegishli  organlari  bilan  kelishilgan  holda  tayyorlanadi.

Investitsiyalar  va  xizmatlar  ko‘rsatish  rejalarida  suv  ta’minoti  va  kanalizatsiya  xizmatlarini

ko‘rsatish  bo‘yicha  maqsadli  ko‘rsatkichlar  belgilanadi,  bunday  maqsadlarga  erishish  uchun

zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalar va operatsion xarajatlar, shuningdek, barcha davriy xarajatlar

aniqlanadi.  Rejalar  daromadning  talab  qilinadigan  darajasi  va  o‘rtacha  tariflarni  hisob-kitob

qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

29.  Tashkilotlar  investitsiyalar  va  xizmatlar  ko‘rsatish  rejalarini  hamda  tariflarni

tasdiqlash buyurtmanomalarini  avvalgi investitsiyalar va xizmatlar  ko‘rsatish  rejasini  amalga

oshirish natijalarini inobatga olgan holda, joriy rejani amalga oshirish davri tugaguniga qadar

tayyorlaydi.

30. Tashkilotlar investitsiyalar va xizmatlar ko‘rsatish rejalarini “Uyjoykommunxizmat”

vazirligiga tegishli hujjatlarni tayyorlash maqsadida ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

31.  Tashkilotlar  tegishli  hokimliklar  bilan  kelishgan  holda,  investitsiyalar  va  xizmatlar

ko‘rsatish rejalarini ishlab chiqish davomida tariflar bo‘yicha takliflar yuzasidan iste’molchilar

bilan maslahatlar o‘tkazadi.




32. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlari tariflarni deklaratsiya qilish (tasdiqlash)

uchun  hududiy  bo‘linmalar  bilan  birgalikda  narxlarni  tartibga  solish  organlariga  quyidagi

hujjatlar ilova qilingan ariza bilan murojaat qiladi:

a)  deklaratsiya  qilinadigan  (tasdiqlanadigan)  tarifning  ushbu  Nizomga  2-ilovaga*

muvofiq shakl bo‘yicha hisob-kitobi;

b) moliyaviy hisobotlar nusxasi;

v) mehnat bo‘yicha statistika hisobotining nusxasi;

g)  daromadlar  va  xarajatlar  to‘g‘risida  tashkilot  bo‘yicha  xarajatlar  va  har  bir  xizmat

bo‘yicha  alohida  xarajatlar  moddalari  aks  ettirilgan  va  quyidagilar  ilova  qilingan  yig‘ma

ma’lumotlar:

ushbu  Nizomga  3-ilovaga*  muvofiq  shakl  bo‘yicha  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  ishlab  chiqarish

moddiy  xarajatlarining  mazmuni  (xomashyo  va  materiallar,  yoqilg‘i,  elektr  energiyasidan

foydalanish bo‘yicha tasdiqlangan normalar ko‘rsatilgan holda);

ushbu  Nizomga  4*  yoki  4a-ilovalarga*  muvofiq  shakl  bo‘yicha  ishlab  chiqarish

xususiyatiga  ega  bo‘lgan  mehnatga  haq  to‘lash  uchun  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  xarajatlar  va  ijtimoiy

sug‘urtalash  uchun  ishlab  chiqarishga  taalluqli  ajratmalarning  mazmuni  (mehnat

xarajatlarining tasdiqlangan normalari ko‘rsatilgan holda);

ushbu  Nizomga  5-ilovaga*  muvofiq  shakl  bo‘yicha  asosiy  mablag‘lar  va  nomoddiy

aktivlar  bo‘yicha  ammortizatsiya  ajratmalari  summasining  hisob-kitobi  (dastlabki  va  qoldiq

qiymat, asosiy mablag‘lardan va nomoddiy aktivlardan foydalanish muddatlari, foydalanishga

topshirish muddatlari ko‘rsatilgan holda);

ushbu  Nizomga  6-ilovaga*  muvofiq  shakl  bo‘yicha  ishlab  chiqarish  maqsadlari  uchun

qo‘shimcha xarajatlar, materiallarga va mehnatga bilvosita xarajatlarning mazmuni;

kapital  va  joriy  ta’mirlash  xarajatlari,  shuningdek,  tashkilotni  rivojlantirish  va

modernizatsiya qilish xarajatlarining mazmuni;

ushbu  Nizomga  7-ilovaga*  muvofiq  shakl  bo‘yicha  davr  xarajatlari,  moliyaviy  faoliyat

bo‘yicha xarajatlar va sof foydaning mazmuni (shu jumladan, asosiy qarz va foizlarni qoplash

yuzasidan tasdiqlangan jadvallar taqdim etilgan holda, jalb etilgan kreditlarga xizmat ko‘rsatish

uchun zarur mablag‘lar);

ushbu  Nizomga  8-ilovaga*  muvofiq  shakl  bo‘yicha  faoliyatning  asosiy  moliyaviy

ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

d)  ushbu  Nizomga  9-ilovaga*  muvofiq  shakl  bo‘yicha  natura  shaklida  ifodalangan

ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ishlab chiqarish (yetkazib berish) hajmlari

pasayganda pasayish sabablarining yozma asoslarini taqdim etish zarur);

e)  rivojlanish  davlat  dasturlarini  (mavjud  bo‘lsa)  amalga  oshirish  uchun  mablag‘larga

bo‘lgan  ehtiyoj  hisob-kitoblari  ko‘rsatilgan  holda  ushbu  dasturlarning  asosiy  ko‘rsatkichlari

to‘g‘risidagi axborot;

j)  o‘tgan  hisobot  davri  uchun  rivojlanish  davlat  dasturlarining  amalga  oshirilishi  (yoki

amalga  oshirilayotgan)  natijasida  ko‘rsatiladigan  xizmatlarning  material,  energiya  va  mehnat

talab qilish darajasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi axborot;

z)  davlat  dotatsiyalariga  bo‘lgan  ehtiyoj  yoki  qonun  hujjatlarida  (zarurat  bo‘lganda)

nazarda tutilgan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa chora-tadbirlari to‘g‘risidagi

axborot.

Ushbu  bandda  nazarda  tutilgan  hujjatlar  bilan  birgalikda  barcha  hisob-kitob

materiallarining elektron shakllari ham taqdim etiladi.

O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tariflarni  deklaratsiya  qilish  (tasdiqlash)

uchun  boshqa  vakolatli  organlardagi  zarur  hujjatlar  va  axborotni  axborot  hamkorligi  orqali,

shu jumladan elektron ko‘rinishda belgilangan tartibda mustaqil oladi, ushbu bandda nazarda

tutilgan hujjatlar va axborot bundan mustasno.

33.  “Uyjoykommunxizmat”  vazirligi  tariflar  hisob-kitoblarni  tahlil  qilib,  zarur

tuzatishlarni  tegishli  tashkilotlar  bilan  muhokama  qiladi  va  ularning  yakunlari  bo‘yicha

tariflarni  kelishish  uchun  buyurtmanomalarni  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligiga

yuboradi.



34.  “Uyjoykommunxizmat”  vazirligi  tashkilotning  rejalashtirish  va  tariflarni

shakllantirish  bo‘yicha  kompleks  jarayonini  qo‘llab-quvvatlash  va  nazorat  qilish  uchun  javob

beradi  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  bilan  kelishilgan  holda,  tariflarni

tasdiqlash 

buyurtmanomalarini 

kelishish 

jarayonini 

muvofiqlashtiradi. 

O‘zbekiston

Respublikasi Moliya vazirligi tariflarni yakuniy kelishishni amalga oshiradi.

35.  Tashkilotlar  tegishli  hokimliklar  bilan  kelishgan  holda,  tasdiqlangan  tariflar

iste’molchilarga yetkazilishini ta’minlaydi.

36.  Tariflar  deklaratsiyasida  (tasdig‘ida)  narxlarni  tartibga  solish  organi  tomonidan

ushbu Nizomga 10-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha ko‘rsatilgan sana tashkilot xizmatlari uchun

deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) yangi tarifni joriy etish sanasi hisoblanadi.

Bunda  narxlarni  tartibga  solish  organining  tariflarni  deklaratsiya  qilish  (tasdiqlash)

to‘g‘risidagi  qarori  tashkilotlar  tomonidan  ommaviy  axborot  vositalarida  ular  kuchga

kirishidan 15 kun avval majburiy tartibda e’lon qilinadi.

37.  Tariflarni  deklaratsiya  qilish  (tasdiqlash)  va  deklaratsiya  qilinadigan

(tasdiqlanadigan)  tarif  hisob-kitobi  (ushbu  Nizomga  2-ilova*)  yoki  tarif  smetasining  (ushbu

Nizomga  11-ilovaga*  muvofiq)  bitta  asl  nusxasi  tariflar  deklaratsiya  qilingan  (tasdiqlangan)

sanadan  boshlab  uch  kun  muddatda  tashkilotga,  ikkinchi  nusxasi  O‘zbekiston  Respublikasi

Monopoliyaga  qarshi  kurashish  qo‘mitasi  va  uning  hududiy  organlariga  yuboriladi,  uchinchi

nusxasi narxlarni tartibga solish organida qoladi.

1 — 11-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

Deklaratsiya  qilingan  (tasdiqlangan)  narx  darajasi  saqlab  qolingan  taqdirda,

deklaratsiya  qilinayotgan  (tasdiqlanayotgan)  tarifni  hisob-kitob  qilish  tarkibidagi  sarflarning

(xarajatlarning)  bitta  satri  summasi  sarflarning  (xarajatlarning)  boshqa  turi  satri  summasi

o‘zgarishi  hisobiga  o‘zgarganda,  tashkilot  tuzatish  kiritilgan  hisob-kitobni  (ushbu  Nizomga  2-

ilova*) taqdim etgan holda, narxlarni tartibga solish organini ushbu o‘zgarish to‘g‘risida yozma

ravishda xabardor qilishi shart.

38. Tariflar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Uyjoykommunxizmat” vazirligi

bilan  kelishilgan  holda,  tariflarni  tasdiqlash  uchun  yangi  yoki  qayta  ko‘rib  chiqilgan

buyurtmanomalarni yubormasdan inflatsiya indeksi hisobga olinib, har yili avtomatik ravishda

tuzatiladi.

39.  Tashkilotlarning  xarajatlari  haddan  ortiq  oshib  ketgan  hollarda,  tasdiqlangan

tariflarni qayta ko‘rib chiqish uchun oraliq buyurtmanomalarni yuborishi mumkin.

40.  Tashkilotlar  choraklik  moliyaviy-operatsion  hisobotlarni,  shuningdek,  tegishli  yilda

tashkilotning moliyaviy hamda operatsion ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotni (investitsiyalar

va  xizmatlar  ko‘rsatish  rejasida  ko‘rsatilgan  maqsadli  ko‘rsatkichlar  bilan  taqqoslagan  holda)

o‘z ichiga olgan moliyaviy natijalar haqida yillik hisobotlar hamda investitsiyalar va xizmatlar

ko‘rsatish 

bo‘yicha 

kelishilgan 

rejalar 

bo‘yicha 

hisobotlarni 

tayyorlaydi 

va

“Uyjoykommunxizmat” vazirligiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.




Download 69,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish