153
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
havzaviy boshqaruv bo‘yicha umumiy yo‘nalishlarni belgilab
beradi va uch yildan olti yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan
detallashtirilgan havzaviy boshqaruv rejasi yoki harakatlar re
-
jasi uchun asos hisoblanadi. Ayrim hollarda rejalar oldindan
ma’lum bo‘lmagan voqea-hodisalar yoki siyosiy ustuvorliklar tu
-
fayli o‘zgartirilishi mumkin. Shuning uchun rejaga shunday ku
-
tilmagan ta’sirlar va bosimlar sharoitida barqarorlikni saqlash
imkonini beruvchi bo‘limlarni kiritish tavsiya etiladi.
Strategiya milliy darajada yoki transchegaraviy suv manbalari
sharoitlarida mintaqaviy darajada quyidagi asosiy ma’lumot
-
larni inobatga olishi lozim:
•
Suv resurslarini boshqarish bo‘yicha siyosat va
institutsional
tuzilmalar;
•
Suv va yer resurslarini boshqarish muammolarining mo
-
hiyati, turlari, miqyoslari va murakkabliklari;
•
Umumiy rivojlanish va suv resurslarini boshqarish
maqsadlari;
•
Havzadagi iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
•
Suv resurslarini boshqarish sohasi mutaxassislarining va
institutlarining strategik davr davomida mavjud bo‘ladigan ta
-
biiy va moliyaviy resurslarni boshqarish salohiyati.
Strategiyalar boshqaruv bo‘yicha eng yaxshi vosita bo‘lgani
holda ular faqat barcha turdagi manfaatdor tomonlarning faol
ishtiroki sharoitidagina samarali tarzda ishlab chiqiladi. Ayrim
mamlakatlarda havzaviy uzoq muddatli rejalashtirish bo‘yicha
huquqiy asoslar yaxshi rivojlantirilgan. Masalan, Yevropa ham
-
jamiyatida suv qonunchiligi “Water Framework Directive” itti
-
foqiga a’zo bo‘lgan har bir mamlakatda Yevropadagi xalqaro va
milliy havzalar bo‘yicha havzaviy boshqaruv rejalarini ishlab
chiqishni talab etadi.
Muvaffaqiyatli havzaviy rejaning
ishlab chiqilishi quyidagi
asosiy shartlarni o‘z ichiga oladi:
154
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
- Havzadagi suv resurslari bilan bog‘liq mavjud vaziyat
-
ning aniq tahlili;
- Maqsad va kutiladigan natijalarning kelishilganligi;
- Manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilinadigan sse
-
nariylarning
taklif etilishi;
- Barcha manfaatdor tomonlarning harakatlari va ustuvor
maqsadlari muvofiqlashtirilganligi;
- Qaror qabul qilish bo‘yicha tegishli doiraviy asoslar
belgilanganligi;
- Havzaviy strategiyaning keng qamrovli rivojlanish
maqsadlari, milliy va mintaqaviy taraqqiyotni rejalashtirish ja
-
rayonlari bilan uyg‘unlashtirilganligi;
- Salohiyatni va jamg‘arma imkoniyatlarini rivojlantirish
zaruriyatlari ko‘zda
tutilganligi;
- Manfaatdor tomonlar, shu jumladan ayollar ishtirokini
ta’minlash va ularning qo‘llab-quvvatlashiga erishilganligi;
- Strategik rejalashtirish jarayonlariga inson va mo-
liyaviy
resurslar ajratilganligi;
- Har bir asosiy tadbir va maqsadlarga erishish muddatlari
belgilanganligi;
- Strategiyada moliyaviy xarajatlar va ularning manbalari
ko‘zda tutilganligi;
- Rejalashtirish jarayoniga tegishli ma’lumot va xulosalarni
ta’minlab beruvchi monitoring va baholash tizimi yaratilganligi.
Havzaviy strategiyani ishlab chiqishning beshta asosiy ele
-
menti mavjud. Ular muayyan sharoitlarga bog‘liq holatda qo‘lla
-
nilishi mumkin:
1. Muammolarni aniqlashtirish;
2. Ustuvorliklarni belgilash;
3. Boshqaruv
variantlarini aniqlashtirish;
4. Tadbirlar bahosi va ko‘riladigan foydalarni tahlil qilish;
5. Xavflarni baholash.
155
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
Har bir element uchun mafaatdor tomonlar bilan dialog o‘tka
-
zish zarur hisoblanadi va bunda qiziqqan tomonlar va/yoki umu
-
miy jamoatchilik bilan maslahat o‘tkazishning yaxshi tajribasiga
ega bo‘lish katta ahamiyat kasb etadi.
Strategik rejalashtirish jarayonining kutiladigan natija
-
si – havzaviy tashkilot yoki real maqsadlarni ko‘zlovchi va bu
maqsadga qanday qilib, qachon va qayerda erishilishini ifodalov
-
chi havzaviy tashabbusning aniq “nazar”i, ya’ni manzili bayonoti
bo‘lishi lozim. Strategik hujjat amalda barcha jalb etilgan man
-
faatdor tomonlarning tashabbuslari qanday qilib muvofiqlashti
-
rilishini ko‘rsatuvchi hamda havzada
joriy etiladigan qoida va
tartiblarni talqin etuvchi rasmiy tasdiqlangan boshqaruv rejasi
ko‘rinishida bo‘lishi lozim. Bayonotlar barcha manfaatdor to
-
monlar uchun oson topiladigan, tushunarli bo‘lgan formatda
berilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: