Suv resurslari, ularni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish


Suvdan xalq xo`jaligida foydalanish. Chuchuk suv muammosi



Download 254,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana31.12.2021
Hajmi254,29 Kb.
#235123
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Suv

Suvdan xalq xo`jaligida foydalanish. Chuchuk suv muammosi 

Chuchuk suv tabiatdagi biologik jarayonlarning asosini tashkil qilibgina qolmay, undan xalq xo`jaligining turli 

sohalarida, kishilarning kundalik turmushida keng foydalaniladi. Sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo`jaligi va 

kommunal sohalarni suvsiz tasavvur qilish mumkin emas. Zamonaviy korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlariga 

sarflanayotgan suv miqdori ishlab chiqarilayotgan mahsulot og`irligiga nisbatan yuzlab va minglab marta ko`pdir. 

Masalan, 1 tonna po`lat ishlab chiqarishga 250 tonna suv ishlatiladi, qog`oz ishlab chiqarish ham taxminan shuncha 

suvni talab qiladi, 1 tonna alyuminiy ishlab chiqarish uchun 1500 tonna, 1 tonna nikelga 4000 tonna, 1 tonna sintetik 

tolaga 5000 tonna suv sarflanadi. Sanoatda ishlatiladigan suv asosan texnologik uskunalarni sovutishga ketadi. Atom 

elektrostantsiyasida ming megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun reaktorlarni sovutishga 3 mln. litr suv 

sarflanadi. 

Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish ayniqsa ko`p miqdorda chuchuk suvni talab qiladi. Ma'lumotlarga qaraganda 

turli xildagi o`simliklar 1 kg. quruq massa hosil qilish uchun 150-1000 m. kubgacha suv sarflaydi; 1 tonna bug`doy 

olish uchun 1500 tonna, 1 tonna sholiga 8000-10000 tonna, 1 tonna paxtaga esa 10000 tonnagacha suv sarflanadi. 

Yer sharida sug`oriladigan yerlar maydoni 220 mln. gektar bo`lib, har bir gektarni sug`orishga yilida o`rtacha 12-14 

ming. m. kub suv sarflanadi. Masalan, 1 gektar makkajo`xori uchun vegetatsiya davomida 3 mln. litr suv sarflanadi, 

1 gektar karamga 8 mln litr, 1 gektar sholiga esa 20 mln. litrgacha suv sarflanadi. Bunga qo`shimcha ravishda 

yerlarning sho`rini yuvishda ham anchagina suv sarflanadi. Hisoblarga ko`ra dunyo dehqonchiligi uchun suvning 

yillik sarfi o`rtacha 2,8 ming km.kub bo`lib, bu suv daryolardan va yer ostidan olinadi. Bu ko`rsatkich Yer sharidagi 

daryolar yillik oqimining 7% dan ortiqdir. 

Chuchuk suv zahiralardan kommunal maqsadlarda ham keng foydalaniladi. Dunyo miqyosida olib qaraladigan 

bo`lsa, bu maqsadlarda sutkasiga odam boshiga 220-230 litr suv sarflanadi, shundan 5% yeb-ichishga, qolgani 



yuvish va yuvinish ishlariga sarf bo`ladi. Bu ko`rsatkich markazlashgan suv quvurlari bilan ta'minlagan shaharlarda 

(280 litr) qishloq joylariga (50-60 litr) qaraganda ancha yuqori bo`ladi. 

Aholining kundalik turmushi uchun suv sarfi dunyoning rivojlangan kapitalistik mamlakatlarida nisbatan ko`p. Bu 

borada AQSH yetakchi o`rinni egallaydi. Bu mamlakatda jami aholining 99% markaziy quvurlar suvidan bahramand 

qilingan bo`lib, sutkalik suv sarfi shaharlarda jon boshiga 330 litr, qishloqda esa 250 litrni tashkil qiladi. 

Xalq xo`jaligining rivojlanishi va aholi sonining beto`xtov o`sishi chuchuk suv zahiralaridan tobora ko`proq 

foydalanishni taqozo etadi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda nafaqat yer usti chuchuk suvlari, balkim yer osti suv 

zahiralari ham ko`plab ishlatilmoqda. Bu zahiralar ba'zi mamlakatlarda ularning hosil bo`lishiga qaraganda tezroq 

sarflanayapti. Masalan, AQSH da yer osti suv zahirilarining miqdori 1910 yilda 490 km. kub bo`lgan bo`lsa, 1959 

yilda 62 km. kubga tushib qoldi. Bu mamlakatning Kaliforniya, Arizona va Texas shtatlarida yer osti suvlarining 

zahirasi hozirgi kunda qariyb tugadi. Boshqa mamlakatlarda, masalan, Avstriya va Daniyada aholining suvga 

bo`lgan ehtiyoji to`liq 

ravishda

, Gollandiyada ehtiyojning 80% va Germaniyada uning 40% yer osti suvlari hisobiga 

qondirilmoqda. 

Hisoblarga ko`ra chuchuk suv zahiralaridan foydalanish bo`yicha oldingi o`rinda qishloq xo`jaligi (66%), undan 

keyin sanoat va energetika (27%), oxirgi o`rinda aholining kommunal ehtiyojlari (7%) turadi. 

Dunyo miqyosida sanoat ishlab chiqarishi va energetikaga yilida 1000 km. kub suv sarflanadi. Issiqlik va atom elektr 

stantsiyalarining agregatlarini sovutishda ham juda ko`p suv ketadi. Masalan, quvvati 2,5 mln. kvt bo`lgan issiqlik 

elektr stantsiyasi agregatlarini sovutish uchun Dnepr daryosi o`rta qismining yoz faslidagi o`rtacha suv miqdori (90-

100 m. kubG`sek.) ga teng suv sarflanadi. Holbuki dunyoda bunga o`xshash yuzlab elektr stantsiyalari to`la quvvat 

bilan ishlamoqda. Sayyoramiz aholisining kundalik turmush ehtiyojlariga sutkasida 7 mln. tonna suv sarflanmoqda. 

Shunday qilib, xalq xo`jaligining rivojlanishi va aholi sonining beto`xtov o`sib borishi bilan ularga sarflanadigan suv 



miqdori ham ko`paymokda. Buning ustiga daryolar bo`yidagi o`rmon va to`qayzorlarning yo`qotilishi, o`tloq va 

botqoqlarning quritib o`zlashtirilishi bilan daryolarning suv saqlash qobiliyati pasayib ketdi. Buning oqibatida, bir 

tomondan, ularning suvi tez oqib o`tib dengiz va okeanlarga quyilayapti va nihoyat, yalang`och sohillardan suvning 

havoga bug`lanishi tezlashayapti. Shuning uchun ham, garchi quruqlikdagi suv zahiralari tabiatda aylanib turishi 

tufayli to`xtovsiz tiklanib tursada, hozirgi kunda ba'zi joylarda chuchuk suv tanqisligi keskinlashib bormoqda. 

Chunki bu joylarda suvning sarflanish tezligi tiklanish tezligidan jadallab ketdi. Bu hol ayniqsa rivojlangan 

mamlakalarda yaqqol ko`zga tashlanmoqda. Yevropaning qator rivojlangan mamlakatlarida, jumladan Angliya, 

Germaniya, Frantsiya, AQSH va Kanadada sanoat va turmush ehtiyojlari uchun toza suv yetishmay qolayotir. Ba'zi 

joylarda chuchuk suv hatto eksport predmetiga aylandi. Masalan, Gonkkong chuchuk suvni quvurlar orqali Xitoydan 

oladi. Jazoyir mamlakati ham tashib keltiriladigan suv hisobiga kun kechirmoqda. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jahon Bankining ma'lumotlariga ko`ra hozirgi kunda Yer shari aholisining 40% 

joylashgan 80 ta mamlakatda ichimlik suvining tanqisligi sezilmoqda. Ayniqsa 1 mlrd. aholini qamrab olgan 

rivojlanayotgan mamlakatlarda kishilar toza ichimlik suvi yetishmasligidan jiddiy qiynalmoqdalar. Bu 

mamlakatlarda yetarlicha tozalanmagan suvni iste'mol qilish oqibatida turli kasalliklarga chalinib, har yili taxminan 

10 mln kishi hayotdan ko`z yumadi. 

Bunday tashvishli signallar jahon jamoatchiligini hushyorlikka undaydi, kishilar tasavvurida «bitmas-tuganmas» 

bo`lib ko`ringan chuchuk suv zahiralarining hisob-kitobi borligidan, unga xo`jasizlarcha munosabatda bo`lish, ularni 

isrof qilish va ifloslash global masshtabda suv tanqisligini keltirib chiqarishi mumkinligidan ogoh qiladi. 

 


Download 254,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish