Suv resurslari, ularni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish


Suvning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar



Download 254,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana31.12.2021
Hajmi254,29 Kb.
#235123
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Suv

Suvning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar 

Chuchuk suv tanqisligining asosiy sababi qishloq xo`jaligida, sanoat va turmushda suv sarfining o`sib 

borayotganligidagina emas, balkim shu bilan bir vaqtda ochiq suv havzalariga tashlanayotgan sanoat va turmush 



oqava suvlari miqdorining tobora ko`payib borayotganligidadir, ya'ni suvlarning tobora ko`p 

ifloslanayotganligidadir. 

Suvning ifloslanish darajasi ayniqsa rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda yuqori bo`lib, ba'zi joylarda suvlarni 

tozalash masalasi chinakam «milliy masala»ga aylanib bormoqda. Germaniyada oqava suvlarning yarmidan ko`pi, 

AQSH da esa uchdan bir qismi to`liq tozalanmay daryo va ko`llarga quyiladi. Yaponiya, Angliya, Gollandiya, 

Belgiya va Frantsiyaning ko`pgina rayonlarida, shuningdek Skandinaviya mamlakatlarida ham daryo va ko`llar suvi 

yuqori darajada ifloslangan. Eng iflos daryolardan biri Yevropaning yirik suv arteriyasi hisoblangan Reyn 

daryosidir. Bu daryo bo`yida joylashgan sanoat korxonalarining oqava suvlari to`g`ridan-to`g`ri daryoga tushadi. Bu 

suvlar miqdori yiliga taxminan 60 mln. m. kubni tashkil qiladi. Shuning uchun bu daryoda baliq ham 

yashayolmaydi, cho`milish esa qat'iyan taqiqlab qo`yilgan. Shunday fikrni Missisipi daryosi haqida ham aytish 

mumkin. Bir paytlar zilol suv oqqan bu daryo hozirgi vaqtda «Amerikaning oqava suvlari zovuri»ga aylanib qolgan. 

Suvi o`ta ifloslangan daryolarning umumiy uzunligi Angliyada 1,5 ming km, AQSH hududida esa 2 ming km.dan 

ziyod. Vashington yaqinidan oqib o`tadigan Potomak daryosi tubida yotgan iflos cho`kindilar qatlamining qalinligi 3 

metrdan ortiq. 

Hozirgi kunda okean va dengizlar suvining ifloslanishi ham oshib bormoqda. Chunki ularga daryo suvi bilan oqib 

kelib tushayotgan turli xildagi tuzlar, og`ir metallar va radioktiv moddalar mikdori ko`payib bormoqda. Bundan 

tashqari okean va dengizlarning bag`rida zaharli moddalarning ko`mib tashlanishi, suv tagida yadro 

qurollarining 

portlatilishi

, suvga neft va neft mahsulotlari to`kilishi ham gidrosferani jiddiy ifloslamoqda. Masalan, bundan 60 yil 

ilgari Boltiq dengizi ostiga 7 ming tonna mishyak mustahkam konteynerlarga solinib ko`mib tashlangan edi. Holbuki 

miqdori uncha ko`p bo`lmagan bu mishyak butun dunyo aholisini zaharlashga yetadi. Hozirgi kunda konteynerlar 

devori zaiflashib, ichidagi zaharli moddaning suvga chiqish xavfi bor. 

Okean va dengiz suvlarining neft mahsulotlari bilan ifloslanish ko`lami ham katta. Hisoblarga ko`ra 1 l. benzin 100 

litr suvni, 2 litr neft 200 ming litr suvni ifloslaydi. Suvga to`kilgan 1 tonna neft 12 kmG`kv maydon suvining ustida 



plyonka hosil qiladi. Holbuki okeanlar suviga har yili o`rtacha 10 mln. tonna neft va neft mahsulotlari to`kiladi. 

Buning ko`p qismi turli sabablarga ko`ra halokatga uchragan tankerlarga to`g`ri keladi. 1968 yilda Angliya va 

Frantsiya oralig`ida halokatga uchragan birgina «Torri-kanon» tankeridan okean suviga 119 ming tonna neft quyildi. 

Buning oqibatida 500 kmG`kv maydon suvining usti 20 mm qalinlikdagi plyonka bilan qoplandi. 

1969 yilda Kaliforniyaning Santa-Barbara shahri yaqinida dengiz tubida qazilayotgan skvajina avariyaga uchragan 

va undan ikki hafta davomida sutkasiga 100 ming litr neft otilib chiqib dengiz suviga qo`shilgan. Bu va bunga 

o`xshash holatlar dengiz va okeanlarda ba'zan sodir bo`lib turadi. Bu esa ularda yashovchi ko`pgina hayvonlarning 

yoppasiga zaharlanishiga va kirilib ketishga olib keladi. Ma'lumotlarga qaraganda dengiz va okeanlarning Angliyaga 

tutash qirg`oqlarida yilida 250 ming atrofida suv qushlari nobud bo`ladi, okean suvlarining ifloslanishi oqibatida xar 

yili Antarktida suvlarida minglab pingvinlar va tyulenlar halok bo`ladi. 

Okeanlar suvining ayniqsa radioaktiv moddalar bilan ifloslanish yomon oqibatlarga olib keladi. 1954 yilda AQSH 

tomonidan Tinch okeanida sinab ko`rilgan vodorod bombasining portlatilishi 25,6 ming kmG`kv maydondagi suvni 

va undagi barcha tirik organizmlarni nurlantirdi. Eng yomoni nurlangan baliqlarning uzoq rayonlarga suzib ketishi 

va ovqatlanish zanjiri orqali bu kasallikning boshqa hayvonlar va inson organizmiga o`tishidir. 

Ichki suv havzalarining ifloslanishiga, asosan, sanoatdan va aholining maishiy turmushidan chiqayotgan oqava 

suvlarning yetarlicha tozalanmasdan daryo va ko`llarga tashlanishi sabab bo`lmoqda. Keyingi 30 yil mobaynida 

kishilar tabiatdan insoniyat tarixi davomida olganidan ko`ra uch baravar ko`p boyliklarni olib o`zlashtirdi va shunga 

muvofiq chiqindilar miqdori ham keskin ko`payib ketdi. Dunyo miqyosida yiliga aholi jon boshiga 1 tonnadan 

ko`proq chiqindi to`g`ri keladi va bu chiqindining bir qismi suvga tushadi. Dunyo aholisining uchdan ikki qismi 

daryo va ko`llar yaqinida, qolgani esa dengizlar yaqinida yashamoqda. Tabiiy-ki, ular o`z turmushidan chiqqan 

oqava suvlarni qisman tozalab, yaqin masofadagi tabiiy suvlarga tashlaydilar. 

Hozirgi kunda kishilar 8-9 mln. turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o`zlashtirganlar. Bular orasida tabiatda uzoq 




vaqt parchalanmaydigan kimyoviy zaharlar, radioaktiv moddalar va plastmassa mahsulotlari bor-ki, ular butun 

biosferani va shu jumladan gidrosferani ifloslovchi jiddiy manbalardan bo`lib qolmoqdalar. Kundalik turmushdan 

chiqadigan oqava suvlardagi chiqindilar tarkibi bir-biriga o`xshash bo`ladi va ularni tozalash birmuncha oson. Lekin 

sanoat oqavalarining chiqindilar tarkibi juda xilma-xil bo`lib, ularni tozalash ancha qimmatga tushadigan murakkab 

jarayondir. Sanoatdan chiqadigan oqava suvlar miqdori ayniqsa rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ko`p. AQSH 

sanoati 50 km.kub, Germaniya sanoati esa 10 km.kub oqava suv chiqaradi. Bu miqdordagi oqavani tozalab ulgurish 

mushkul ish, shuning uchun ham, aytib o`tilganidek, AQShda jami oqava suvlarning uchdan bir qismi, Germaniyada 

esa yarmidan ko`pi ifloslangan holicha suv havzasiga tashlanadi. 

Keyingi yillarda ko`llar suvida antropogen evtrofikatsiyasi hodisasi keng tarqalmoqda. Bu hodisaning mohiyati 

shundaki, bunda kundalik turmushdan chiqqan oqava suvlardagi biogen moddalar, ayniqsa azot va fosfor birikmalari 

kam harakat ko`l suvlariga tushib to`planadi va undagi gidrokimyoviy hamda gidrobiologik rejimni buzadi. Oqibatda 

suv tarkibida ko`k-yashil suv o`tlari ko`payib, kislorod kamayaboradi. Chunki kislorodning ko`p qismi bakteriyalar 

tomonidan organik qoldiqlarni parchalashga, ya'ni suv o`tlarining chirishiga sarflanadi. Suvda chirindining miqdori 

ko`payib, oksidlanish-tiklanish jarayoni buziladi va anaerob holat vujudga keladi. Bunda suvning rangi buzilib 

ko`karadi va ho`llansa hidga ega bo`ladi, chunki unda oltingugurt, ammiak, fenol, indol, skotol kabi zaharli 

moddalar to`planadi. Bunday suvlar foydalanishga yaroqsiz bo`lib, ularda hatto baliq ham yashayolmaydi. 

Suvlarning termal ifloslanishi ham uni yaroqsiz holga keltiradi. Termal ifloslanishni elektr stantsiyalarida 

agregatlarni sovutishga ishlatilgan suvlar keltirib chiqaradi. Bunday suvlarda harorat sovutish uchun olingan 

suvnikidan 8-120 yuqori bo`ladi. Iliq suvlarining oqmas havzaga tashlanishi evtrofikatsiya jarayonini odatdagidan 

ko`ra tezlashtiradi. Shunga ko`ra suvlarning termal ifloslanishi ayniqsa energetika sohasi rivojlangan mamlakatlarda 

ko`proq uchraydi. 

Kuzatuv natijalariga ko`ra suvlarning ifloslanishi oqibatida aholi o`rtasida kelib chiqayotgan yuqumli kasalliklar 

miqdor va sifat jihatidan tobora ko`payib bormoqda. Tibbiy statistika tasdiqlashicha odamlarda sodir bo`layotgan 



jami kasalliklarning 30% ichimlik suvining sifati yomonligidan kelib chikmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu 

ko`rsatkich 80% gachani tashkil qiladi. BMT va Jahon banki bergan ma'lumotlarga ko`ra sifatsiz suvni iste'mol 

qilish oqibatida Sayyoramizda yilida 50 mln. kishi suv iflosligidan kasallanadi va uning beshdan bir qismi hayotdan 

ko`z yumadi. Bunday noxush jarayonning oldini olish, uning rivojlanishga yo`l bermaslik maqsadida Birlashgan 

Millatlar Tashkiloti 2003 yilni jahonda «Chuchuk suv yili» deb e'lon qildi. 

 

 




Download 254,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish