Suv o‘tlari



Download 419,5 Kb.
bet3/4
Sana14.01.2022
Hajmi419,5 Kb.
#360419
1   2   3   4
Bog'liq
SUV O`TLARI VA ZAMBURUG`LAR

Qo`ng`ir suvo`tlar.

1-lessoniya, Б-barmoqsimon laminariya, B-shirin laminariya, Г-makrosista.

Suv o`tlaridan olingan Algin preparati yengil ich yumshatuvchi ta`siriga ega(Alginat natriy). Sariq suv o`tlarini qoldiqlarini "trepel" deb ataladi. Bu modda dinamit tayyorlashda va binokorlikda toshlarni pardozlashda ishlatiladi. Shuning uchun uzoq vaqt chirimaydi. Ko`k-yashil suv o`tlarining ba`zi turlari: ANAVAYENA va Stratanastoc boshqalar havodagi N2 ni yutish xususiyatiga ega. Ular xavodagi N2 ni yutib, yerni N li birikma bilan boyitadi. Ko`k-yashil suv o`tlari, yashil suv o`tlari, sariq suv o`tlari dengizlarda organik cho`kmalar xosil qiladi. Bu organik cho`kmalarni SAPROPEL deyiladi. Sapropel oziq modda va o`g`it sifatida katta ahamiyatga egadir. Suv o`tlarining ba`zi birlaridan XLORELLA deb atalgan antibiotik dori olinadi. Xlorella oshqozon kasali, singa, buqoq, gipertoniya kasaliklariga davo. Sporaning xipchini bo`lmaydi, xarakatsiz, zoosporaniki xarakatchan bo`ladi.

ZAMBURUFLAR-Fungi

Zamburug`lar yer yuzida juda ko`p tarqalgan o`simlik bo`lib hozirgi kunda 70.000 xil turi ma`lum. Zamburug`lar asosan quruqlikda, ba`zilari esa suvda yashaydi. Zamburug`lar oziqlanishi jixatidan geterotrof organizmdir. Geteratrof oziqlanish o`z galida 2 ga bo`linadi.

1.Parazit xolda ovqatlanish

2.Saprofit xolda ovqatlanish

Parazit xolda ovqatlanish tirik oganizm xisobiga, saprofit xolda oziqlanish o`lik organizm xisobiga bo`ladi. Zamburug`larda xlorofil donachasi bo`lmaydi. Shuning uchun ham o`zlariga o`zi ovqat tayyorlay olmaydi. Zamburug`larning tanasi GIF deb ataladi. Giflar bir xujayrali yoki ko`p xujayrali tarmoqlashgan yoki tarmoqlanmagan bo`ladi. Giflarning eni 1-15 mm,bo`yi esa bir necha metrgacha bo`lishi mumkin. Giflar asosan monopodial, qisman simpodial o`sadi. Giflarning xujayra po`sti xitin moddasidan tuzilgan. Xujayralari 1 ta yadroli yoki ko`p yadroli bo`ladi. Xujayrada oziqli modda sifatida glikogen va yog` tomchilari to`planadi. Giflarning yig`indisi mitselliy deb yuritiladi. Zamburug`larning tanasi yoki mitseliyasi ochiq yoki yopiq yerda taraqqiy etadi. Ochiq yerda taraqqiy etsa, ekzogen, yopiq joylarda taraqqiy etsa endogen deyiladi. Zamburug`larda qoplovchi, o`tkazuvchi to`qimalari bo`lmaydi. Ularda faqat chiqaruvchi to`qima, ba`zilarida sutli naylar bo`ladi. Chiqaruvchi to`qimada oshlovchi modda-dubil, hamda smolaga o`xshash modda chiqarilib turadi. Sutli naylarida zaharli modda-alkaloidlar va boshqa moddalarni uchratish mumkin. Zamburug`lar 1 yillik, 2 yillik, hamda ko`p yillik bo`ladi. Zamburug`larning ko`pchiligi 2 yillikdir.

Zamburug`lar 3 xil yo`lda ko`payadi:

1.VEGETATIV

2.JINSSIZ

3.JINSLI


Vegetativ ko`payishi Oidio kurtaklanib va Xlamdosporalar yordamida bo`ladi. Ba`zi bir zamburug`larda vegetativ ko`payishda kurtaklanib ko`payadi. Bunga achitqi zamburug`ini misol qilish mumkin.

Jinssiz ko`payish sporalar yoki zoosporalar yordamida bo`ladi. Suvda yashaydigan zamburug`lar zoospora tuzib ko`paya-di. Quruqlikda yashaydiganlari esa, spora xosil qilib ko`payadi. Sporalari nixoyatda mayda,quruq va ko`p miqdorida tayyorlanadi. Mas: SHAMPINION deb atalgan zamburug` 2 sutkada 2 mlrd. spora hosil qiladi. Yong`oqning tanasida uchraydigan Pukok parazit zamburug`ida 1 yilda 10 mlrd spora tayyorlanadi.

Jinsli urchishi 2 xil usulda bo`ladi:

a) Oogamiya

b) Konyugatsiya

Yuqori murakkab tuzilgan zamburug`larning jinsiy urchishi bir oz soddalashgan bo`ladi. Ularda fiziologik jixatidan har xil bo`lgan 2 ta (xujayra) sporalar qo`shilib ko`payadi. Bu sporalarni bipolyar sporalar,ya`ni 2 qutbli sporalar deyiladi. Bittasi "---", 2-si "+" qutbli bo`ladi. Zamburug`-lari tipi 5 sinfga bo`linadi.

1.Qadimgi zamburug`lar- Archimycetes

2.Suv o`tlariga o`xshash zamburug`lar- Phycomycetes

3.Xaltachali zamburug`lar- Ascomycetes

4.Murakkab bazidial zamburug`lar- Basidiomycetes

5.Aniqlanmagan zamburug`lar- Fungi imperfect.

Zamburug`larni ba`zi birlari mas: qo`ziqorinlar oqsil va N li moddalarga boy bo`ladi. Shuning uchun odamlar tomonidan ular iste`mol qilinadi: Shamshinon, Smorchok, Djodevik, Belыy grib va boshqalar. Zamburug`lar qishloq xo`jaligida ham ahamiyatga ega. O`simliklar ildizida miko-rizalar bo`ladi. Grekcha: miks-ildiz, ridza-zamb. Zamburug`lar ildizning tashqi tomonida joylashgan bo`lsa ektotrof, il-dizining ichki organlarida joylashgan bo`lsa, endotrof mikoriza deyiladi. Mikorizalarning ahamiyatini 1881 yil-da rus olimi Kamenskiy aniqlagan. Mikorizalar o`simlik-lar ildizini vitaminlar bilan, mas: V1 bilan ta`minlab turadi. V1 vitamin o`simlik ildizining o`sishiga yordam beradi. Mikorizalar erimaydigan moddalarni eriydigan xolga keltiradi. Ularning ba`zi birlari xavodagi erkin N ni yutish xususiyatiga ega. Shu bilan o`simlikni azot bilan ta`minlab, yerni N bilan boyitadi.

Zamburug`larning sanoatda ahamiyati kattadir. Mas: achitqi zamburug`i Sacsharomycetes glukozani etil spirtiga aylantiriladi. Zamburug`larning meditsinada ham ahamiyati kattadir. Mas: shoxkuya (qora mug`) Claviceps purpurea - Sporыnya.

Shoxkuya-Claviceps purpurea Tulasne.

1-javdar boshog`idagi sklerotsiylar, 2-sklerotsiy, 3-meva tanachali sklerotsiy, 4-meva tanachaning boshchasi, 5-xaltachali periteriy.

Bu zamburug` parazit xolatda g`alladon o`simliklarida uchraydi. Xaltachali zamburug`ga kiradi. Tarkibida ergotin gruppasiga kiradigan bir qancha alkaloidlar bor. Bu zamburug`dan tayyorlangan ekstrat gnikologiya praktikasida qon to`xtashda ishlatiladi. Shoxkuya alkaloid mushaklarni qisqartirish xususiyatiga ega. 1942 yili Rus olimi Yermolyeva Penicillium deb atagan xaltachali zamburug`dan pensillin oladi. 1938 yili rus olimi Krasilnikov xali yaxshi aniqlanmagan zamburug`lardan Actinomycetes dan stretomitsin oldi. Zamburug`lardan bo`yoq moddasi olinadi. Mas:Pukok zamburug`idan. Zamburug`ning ahamiyati bilan birga ularning zarari ham bor. Parazit zamburuhlar qishloq xo`jaligida juda katta zarar keltiradi.Mas:Bazidial zamburug`lar sinfiga kiruvchi qora kuya zamburug` (Golovnya) Ustilago hamda zang zamburug`i (rjavchina) Puccinia 1932 y qishloq xo`jaligida 300 mln so`mlik zarar yetkazgan. Bu zamburug`lardan qutilish yo`li qora kuya va zang zamburug`lariga chidamli o`simlik navlarini yetkazish, ekin ekiladigan dalalarni begona o`tlardan tozalash, urug`ini dorilab ekish va x.k.

LISHAYNIKLAR-Lichenes

Lishayniklar 2 xil o`simlikning birga yashashidan xosil bo`lgan organizmdir. Lishayniklarda suv o`ti hamda zamburug` bor. Lishayniklarda bo`lgan suv o`ti va zamburug` bir-biri bilan simbioz xolatda yashaydi. Simbioz bu bir-biriga xamkorlik va qarama-qarshi kurashdir. Zamburug`-lardan asosan xaltachali zamburug`lar, ba`zan bazidial zamburug`lar, suv o`tlaridan ko`k-yashil yoki yashil suv o`tlari ishtrok etadi. Lishaynikni tashkil etgan bu 2 organizm bir biridan foydalanib, qisman bir-biriga zarar yetkazib, yashashni davom ettiradi.

Zamburug`lar suv o`tiga suv va mineral moddalarni beradi, suv o`tidan esa organik moddalarni oladi. Suv o`tining xujayrasida yashil rang beruvchi pigment bo`lmagani uchun, fotosintez bo`lib, organik modda tayyorlanadi.

1867 yil rus olimlari Fomitsen va Baronetskiylar lishayniklarning tanasidan suv o`tlarini ajratib olgan. Erkinlikka chiqqan suv o`tlari kuchli taraqqiy etib, zoosporalar ko`paya boshlagan. Suv o`tlaridan ajrab qolgan zamburug`lar esa normal taraqqiy eta olmagan. Fomitsin va Baronetskiylar suv o`tlari zamburuqqa tushgan asir degan xulosaga kelgan. Bu 2 xil o`simlikni bir-biri bilan qo`shilib yashashdan nixoyat darajada sovuqqa va issiqga chidamli organizm kelib chiqqan. Lishayniklar, suv o`tlari yoki zamburug`lar yashay olmaydigan joylarda o`sadi va taraqqiy etadi. Mas: toshlarning ustida, daraxtlarning po`stlog`ida, cho`llarda va boshqa yerlarda. Lishayniklar tashqi ko`rinishi jixatidan 3 ta gruppaga bo`linadi:

1.Ko`pikka o`xshash bo`lgan lishayniklar (Nakipniye yoki korkoviye)

2.Bargga o`xshash lishayniklar (Listoviye)

3.Shoxlanib o`sadigan lishayniklar (Kustistiye)

А-yopishqoq lishaynik, Б-bargsimon lishaynik, В,Г,Д-butasimon lishaynik, E-lishaynikning ichki tuzilishi, Ж-sorediya.

Ko`pikka va bargga o`xshash lishayniklar toshga, daraxtlarning po`stlog`iga yoki biror narsaga yopishgan xolda gorizontal o`sadi. Shoxlanib o`sadigan lishaynik esa, vertikal o`sadi. Lishayniklarning anatomiyasi ham 2 xil tipda bo`ladi.

Lishayniklar tanasining tashqi tomonini zamburug` giflari o`rab olgan. Ichki tomonida suv o`ti xujayralari joylashgan bo`ladi: Lishayniklarning tanasining ma`lum bir joyida suv o`ti xujayralari bo`lsa, suv o`ti qavatini gonidiya qabat deyiladi. Lishaynikning o`zini geteromer deyiladi. Lishaynikda suv o`t xujayralari tarqoq xolda joylashgan bo`lsa, gomeomer deyiladi.

Lishayniklar 3 xil yo`lda ko`payadi:

a) VEGETATIV b) JINSSIZ v) JINSLI

Vegetaiv ko`payishda tanasi bo`linib ko`payadi yoki tanasida o`simtalar xosil bo`ladi. Sordiya - bu koptoksimon (tugunsi-mon) bo`lib suv o`tlarini zamburug`lar o`rab oladi. (1 ta yoki 2 ta suv o`tlarini).Sordiya yetilgandan keyin lishaynikni tanasi bosim ta`sirida yoriladi va sordiya shamol yordamida uchib ketadi va qulay sharoitda nam yerda o`sib, ko`payadi.

Izidiya-lishaynik tanasida yonidan o`sib chiqan o`simlik bo`lib, shuni yordamida uzilib qulay yerga tushib ko`payadi.

Jinssiz ko`payish sporalar yordamida bo`ladi. Zamburug` bilan suv o`ti birgalikda sordiya yoki izidiya hosil qilib ko`payishi mumkin. Sordiya suv o`ti xujayrasi bilan zamburug` giflari. Suv o`ti qaysi suv o`tidan tashkil topgan bo`lsa, shu bo`yicha ko`payadi. Zamburug`lar ham shunday. Ikkalasi ham o`z xolicha ko`payadi. Lishayniklarning ba`zi birlari odamlar tomonidan ovqatga ishlatiladi. Mas: Islandiya li-shaynigi. Ba`zi lishayniklardan lakmus bo`yoq olinadi. Tundrada o`suvchi lishaynik bug`ular uchun ovqat. Lishayniklar juda sekin o`sadi. Mas: Tundrada o`suvchi lishayniklar 1 yilda 3,5 sm o`sishi mumkin. Ba`zi bir lishayniklardan efir moyi olinadi. Ba`zi bir lishayniklar zaharli bo`lgani uchun ovchilar bo`rilarni zaharlash uchun ishlatadilar.

Adabiyotlar:



Download 419,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish