T o ‘ q q i z i n c h i b o b
NED LEND G'AZABNOK
Qancha uxlaganimni bilmayman. Ammo afti-
dan, juda uzoq uxlagan bo'lsam kerak, g‘oyat tini-
qib, tetik bo'lib uyg'ondim.
Birinchi bo‘lib men ko'zimni ochdim. Do'stlarim
hali ham qattiq uyquda edilar.
Miyam dam oldi va yana aniq hamda bexato
ishlashi mumkin degan o‘y bilan anchagina qattiq
to'shakdan turib, hammadan oldin kayutamizni
sinchiklab ko'zdan kechira boshladim.
Biz uxlab yotganimizda hech nima o'zgarmapti.
Turma turmaligicha, bandilar esa bandiligicha qo-
77
libdi. Faqat styuard qolgan ovqatlarni stol ustidan
yig'ishtirib olibdi. Shunday qilib, taqdirimizning
yaqin orada o'zgarishini ko'rsatadigan biron belgi
ko'rinmagach, hayajon ichida, nahotki, umrbod shu
katakda qamalib yotishga mahkum etilgan bo'lsak,
deb o'zimga o‘zim savol berdim.
Bu fikr meni shu qadar gangitib qo'yganining
yana bir sababi shuki, garchand miyam kechagi
dahshatlardan xoli bo'lsa-da, ammo ko'kragimdan
nimadir bosardi. Nafas olish og'irlashayotgan edi.
Bo‘g‘iq havo o‘pkaning bemalol ishlashiga xalaqit
berayotgan edi.
Kayuta anchagina katta bo'lishiga qaramay, af-
tidan, bu yerning havosidagi kislorodning ko'pini
yutib yuborganga o'xshaymiz.
Darhaqiqat, odam bir soat nafas olishi uchun
yuz litr havo tarkibidagi miqdorda kislorod kerak
bo'ladi. Va bu havo nafas qaytarganimizda ichi1
mizdan chiqadigan uglekislota bilan to'lib, nafas
olishga yaroqsiz bo'lib qoladi.
Shunday qilib, bizning turmamizdagi, balki bu
tun suvosti kemasidagi havoni yangilash kerakdir.
Ana shunda birinchi savol fug'ildi: Bunday hol-
larda suvosti kemasining komandiri nima qiladi? U
kislorodni ximiyaviy yo'l bilan, ya’ni bertolet tuzini
qizdirib olarmikin? Bunday bo'lsa, u bu tuz zapas-
larini to'ldirish uchun yer bilan aloqa bog'lab turi
shi kerak. Maxsus rezervuarlarda havoni suyultirib,
so'ng keragicha ishlatarmikin? Shunday bo'lishi
ham mumkin. Yoki ortiqcha harakatdan qochib har
yigirma to 'rt soatda havo g'amlash uchun suv sat-
higa ko'tarilarmikin?
Ammo bu usullarning qay biridan foydalana-
yotgan bo'lmasin, menimcha, uni zudlik bilan
qo'llash vaqti yetdi!
78
0 ‘pkamga yetarli miqdorda kislorod kirishi
uchun ikki hissa tezroq nafas ola boshlagan edim
hamki, birdan kayutaga tuz hidi anqib turgan sof
havo oqimi otilib kirdi. Bu yod aralashgan, odamni
tetiklashtiradigan dengiz havosi edi. Men og'zimni
katta ochib, jonholatda bu hayotbaxsh havo oqi-
midan yuta boshladim. Xuddi shu daqiqada kema
sekin silkindi, unchalik qattiq bo‘lmasa-da, ammo
ancha sezilarli edi.
Suvosti kemasi, tem ir maxluq, aftidan, toza ha-
vodan nafas olish uchun kitga o'xshab suv sathiga
ko'tarilganga o'xshaydi...
Shunday qilib, kemada havoni yangilab turish
usuli to ‘la aniqlandi.
T oyib nafas oldim-da, ko'zlarim bilan venti-
latsiya tuynugini yoki bizga hayotbaxsh gaz kirgan
yerni qidira boshladim va uni osonlik bilan topdim.
Eshik ustida panjara bo'lib, kayutaga havo oqimi
ana shundan kirar edi.
Shuni endi ko'zdan kechirib turgan edim, Ned
bilan Konsel deyarli bir vaqtning o'zida uyg‘o-
nishdi. Ular ko'zlarini uqalab, homuza tortib, o'rin-
laridan turishdi.
- Xo‘jam yaxshi uxlab turdilarmi? - so'radi Kon
sel odatdagi o'ziga xos odob bilan.
- Juda soz, azizim, - javob berdim men. - Siz-
chi, Ned?
- Qotib uxlabman, janob professor. Ammo bu
nimasi? Nazarimda dengiz hidi kelyapti shekilli.
Men kanadalikka u uxlab yotganida sodir bo'lgan
voqeani gapirib berdim.
- Ha, - dedi u, - «narval» «Avraam Linkoln»ga
yaqinlashganda, undan allaqanday g'uvullagan
ovoz chiqqanining sababi bu yoqda ekan-da.
79
- To‘g‘ri aytyapsiz, Ned. U «nafas olgan» ekan.
- Bilasizmi, janob professor, soat nechaligini
sira bilolmayapman. Ovqat vaqti bo'lmadimikin?
- Ovqat vaqti bo'lmadimikin? Siz nonushtani
so'ramoqchi bo'layotgandirsiz, Ned. Chunki biz kun
bo'yi ham kechasi bilan uxlaganimiz aniq.
- Siz bilan bahslashib o'tirmayman, - deya ja
vob berdi Ned Lend, - ammo styuard nimaiki olib
kelsa - nonushtami, tushlikmi uni quchoq ochib
kutib olardim.
- Ayniqsa unisiniyam, bunisiniyam bitta qilib
olib kelsa! - qo'shib qo'ydi Konsel.
- To‘g‘ri aytyapsiz, - dedi kanadalik, - unisiga-
yam, bunisigayam haqqimiz bor. Men bo'lsam no
nushtani ham, tushlikni ham birga bersa yo'q de-
masdim.
- Juda soz, Ned, sabr qilamiz, - dedim men. - Bu
odamlar ochlikdan sillamizni quritmasliklari aniq,'
bo'lmasa kecha bizga ovqat berib o'tirishmas edi.
, - Balki, aksincha ular bizni bo'rdoqiga boqisha-
yotgandir? - e ’tiroz bildirdi Ned.
- Ned, o'ylab gapiring! Siz chindan ham odam-
xo'rlar qo'liga tushib qoldik deb o'ylamayotgan-
dirsiz axir?
- Bir martasi hisobga kirmaydi, - deya jiddiy
turib javob berdi kanadalik. - Kim biladi, balki bu
odamlar anchadan beri yangi so'yilgan go'sht ye-
yishmagandir... Mana endi uchta sog'lom, kelish-
gan, miqqigina kishi - janob professor, Konsel va
kamina qullari qo'llariga tushib turibdi...
- Bas qiling, Ned! - men garpunchining so'zini
bo'ldim. - Bu fikrlarni miyangizdan chiqarib tash-
lang. Xo'jayinlarimiz bilan shunday gaplashishni
xayolingizga ham keltirmang - bu bizning ahvoli-
mizni og'irlashtiradi, xolos.
80
- Nima bo'lganda ham, - dedi Ned Lend, - men
itday ochman, nonushta yoki tushlikni haligacha
berishgani yo‘q.
- Azizim Ned, biz bu yerdagi tartib-qoidalarga
bo'ysunm ogim iz kerak. Menimcha, bizning qorin-
larimiz kok1 soatidan ko‘ra ildamroq ishlayotganga
o'xshaydi.
- Mayli, nima ham qila olardik, qorinlarimiz mi-
lini suramiz qo‘yamiz-da, shunda hamma narsa jo-
yida bo'ladi, - dedi bamaylixotir Konsel.
- Sizga qoyil, Konsel! - deb xitob qildi besabr
kanadalik. - Odatdagiday asablaringizni ehtiyot
qilish payidasiz. Xotirjamligingizga havas qilsa ar-
ziydi! Siz arz-dod qilishdan ko'ra ochlikdan o'lishni
afzal bilasiz.
- Nimaga arz-dod qilish kerak? Bu baribir befoy-
da.
- Befoyda deganingiz nimasi? Axir arz-dod qi-
lishning o'zi alamlaringizni ancha yengillashtira-
di-ku! Ammo bu qaroqchilar - men ularni odamxo'r
deyishni man etgan janob professorga nisbatan
bo'lgan hurm atim tufayli qaroqchi deb atayap-
man - bu qaroqchilar meni diqqinafas bo'lib, h a t
to ularni bisotimdagi so'kinishlar bilan ham ta-
nishtirm ay shu katalakda indamay o'tiraveradi,
deb о ylashayotgan bo'lishsa, juda katta xato qili-
shadi! Menga qarang, janob professor, ochig'ini ay-
ting, sizningcha ular bizni bu qafasda ko‘p saqla-
sharmikin?
- To'g'risini aytganda, Ned, bu haqda siz qan
chalik bilsangiz, men ham shu.
- Har holda siz nima deb oylayapsiz?
- Menimcha, biz tasodifan muhim sirni bilib ol-
dik. Agar suvosti kemasining ekipaji ana shu sirni
Do'stlaringiz bilan baham: |