Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km



Narval  -   kitsimon  sutemizuvchi  yakkashox  dertgiz  hayvoni. 

Urg'ochi  narvallarning  chap  jag'ining  yuqori  qismida  katta  qoziq 

, 

tishi  bo'Iadi. 

V  



S i  f / f

17



Pirovardida  shuni  aytmoqchiman:  hozircha 

boshqa  batafsilroq  ma’lumotlar yo‘q  ekan,  men  bu 

bahaybat  maxluqni  oddiy  alebardali  emas,  balki 

usti  po'lat  bilan  qoplangan,  kemaday  mustahkam 

va  kuch-quwatda  ham  undan  qolishmaydigan  ha- 

qiqiy taranli narval deb hisoblayman!

Bu kamdan kam uchraydigan  g'aroyib voqeani... 

agar  u  darhaqiqat  chin  bo'lsa,  faqatgina  shunday 

izohlash  mumkin.  Buning  o‘zi  hali  tadqiq  etishga 

muhtojdir».

Ana  shu  so'nggi  ibora  qo'rqoqlik  orqasida  yo- 

zilgan:  men  buni  olimlik  mavqeyimni  saqlash  va 

amerikaliklar oldida kulgi bo'lishga turtki bermaslik 

uchun yozdim.  Shunday qilib, men bu bilan o'zimni 

oqlash chorasini topib 

q o 'y g a n  

bo'lsam ham, ammo 

bahaybat  maxluqning  mavjudligiga  hech  qanday 

shubham yo‘q edi.

Mening  maqolam  keng  tarqalib,  katta  shov- 

shuvlarga  sabab  bo'ldi.  Hatto  unga  bir  qancha  ta- 

rafdorlar ham to'plandi.  Jumboqni hal etmoq uchun 

unda  keltirilgan  dalillar  tasaw ur  qilib  ko'rishga 

katta  imkoniyat  berdi.  Odamlar  g'ayritabiiy  narsa- 

larni  oylashni  yaxshi  ko'rishadi.  Dengiz  esa,  dar­

haqiqat,  juda  ulkan  mavjudotlarning  o'sishi  uchun 

sharoit  yaratib  bera  oladigan  birdan  bir  qulay  mu- 

hitdir.  Yerdagi  fil  va  karkidon  singari  yirik  mavju- 

dotlar ular oldida  arzimagan gap.  Sutemizuvchilar- 

ning  kit  singari  eng  yirik  namunasi  ham  dengizda 

yash^ydi.  Nega  endi  o‘sha  yerda  bahaybat  mollus- 

kalar,  uzunligi  yuz  metr  keladigan  dahshatli  qis- 

qichbaqasimon  omarlar yoki har birining vazni  ikki 

yuz  tonnagacha  yetadigan  qisqichbaqalar  yashashi 

mumkin deb faraz qilmas ekanmiz. Oldingi geologi- 

ya  davrlarida  to'rt  oyoqlilar,  to'rt  qo'llilar,  qushlar 

va  o'rmalovchilar  juda  ulkan bo'lganlar.  0 ‘n yillar,

18



yuz  ming  yillardan  keyingina  ular hozirgi  hajmga- 

cha kichrayganlar.

Yer  qatlami  doimiy  o'zgarishda  bo'lib  tursa-yu, 

shu  davr  mobaynida  dengiz  tarkibi  o'zgarishsiz 

qolsa,  nega  endi  unda  hayvonot  olamining  oldin- 

gi  geologik  davrlardan  namunalar  saqlanib  qolmas 

ekan?!  Nega  endi  dengiz  o‘z  qa’rida  umrlari  yil- 

lar  bilan  emas,  balki  asrlar  yoki  ming  yillar  bilan 

o'lchanadigan  ana  shu  dastlabki  bahaybat  mavju- 

dotlarning  so'nggi  namunalarini  saqlamagan  bo‘l- 

sin?

Sirasini  aytsam,  shirin  xayolga  berilib  ketdim. 



Lekin  bu  haqda  boshqalarga  nisbatan  kamroq  o‘y- 

lardim.


Yana  qaytaraman,  bu  ajoyib  hodisaning  tabia- 

ti  to ‘g‘risida  boshqa  bahs-munozara  bo'lmadi.  Ja- 

miyat  ertaklardagi  dengiz  ilonlariga  sira  aloqasi 

bo'lmagan  qandaydir  juda  katta  hayvonning  borli- 

giga ishondi.

Biroq  ba’zilarga  bu  masala  ilmiy  nuqtayi  nazar- 

dan  qiziq bo'lib ko'rinsa,  okean kemalarining xavf- 

sizligidan  manfaatdor  inglizlar va  amerikaliklar  ol­

dida  dengizni  bu  xavfli  maxluqdan  tezda  xoli  etish 

uchun zarur choralar ko'rish masalasi turar edi.

Moliya  va  savdo  masalalari  bilan  shug'ulla- 

nuvchi matbuot endi bahaybat maxluq bilan bogliq 

bo'lgan  masalaga  faqat  shu  nuqtayi  nazardan yon- 

dasha  boshladi.  «Dengiz  sharhlovchisi»,  «Lloyd  ga- 

zetasi»,  «Paketbot»,  «Dengiz  savdosi  gazetasi»  kabi 

katta  ziyon ko'rish xavfi tug'ilib turgan sug'urta ja- 

miyatlarining  mana  shu  barcha  matbuot  organlari 

bahaybat  maxluqqa  qarshi  shafqatsiz  urush  e ’lon 

qilishni yakdillik bilan talab eta boshladilar.

Jamoatchilik,  birinchi  navbatda  shimoliy  ame­

rikaliklar  fikri  sug‘urta  jamiyatlari  tomonida  edi.

19



Nyu-Yorkda  narvalni  ovlash  uchun  ekspeditsiya 

tayyorlay boshladilar. Bu ekspeditsiya uchun tezyu- 

rar  «Avraam  Linkoln»  harbiy  kemasini  shaylashga 

qaror qilindi.

Harbiy  qurol-yarog'lar  tayyorlanadigan  barcha 

yerlarning eshiklari,  qaysi yo‘l bilan bo'lmasin, tez- 

roq suzib ketishga harakat qilayotgan shu kema ko- 

mandiri kapitan Faragut uchun kengochib qoyildi. 

Ammo  shunday  paytlarda  odatdagiday,  maxluqni 

qidirib borishga qaror qilingan zahoti aksiga olib,  u 

ко‘rinmay ketdi. Ikki oy davomida u haqda hech kim 

hech nima eshitmadi. Bironta kema uni uchratmadi. 

go‘yo  narval  unga  qarshi  yurish  boshlanishini  sez- 

ganday  edi.  Atlantik okeani  suvosti  kabellari  orqali 

shu qadar ko‘p gapirildiki!.. Hazilkashlar mug'ambir 

narval  juda  ko‘p  telegrammalardan  birini  olib, 

shosha-pisha iniga kirib ketdi, deb kulishdilar.

Shunday  qilib,  harbiy  kema  safar  hozirligini 

ко‘rib,  g'ayrioddiy ovga  zarur anjomlar bilan  jihoz- 

lanib bo'lganda, kapitan qayoqqa qarab yurishni bi- 

lolmay hayron edi.

Hammaning  sabr  kosasi  to‘lay  deb  turganda, 

San-fransisko  va  Shanxay  oralig'icfa  qatnaydigan 

kema bundan qariyb uch hafta muqaddam maxluq­

ni  Tinch  okeanning  shimoliy  qismida  uchratgani 

haqida xabar tarqalib  qoldi.  Bu  xabar juda katta ta- 

assurot  qoldirdi.  Kapitan  Faragutga  safarni  loaqal 

bir  kunga  ham  kechiktirishga  ruxsat  berishmadi. 

Oziq-ovqat  kemaga  ortilgan,  tryumlar  ko'mir  bilan 

liq  to'la,  komanda  sostavi  shay.  0 ‘txonani  yoqib, 

bug  hosil  qilish-u,  langarni  ko'tarib  jo'nab  ketish 

qolgan edi, xolos.

Kapitan Faragut hatto yarim kungina kechikkan- 

da  ham  uni  hech  kim  kechirmas  edi.  Sirasini  ayt- 

ganda, uning o‘zi ham yo‘lga oshiqardi.

20



«Avraam  Linkoln»  kemasining  jo'nab  ketishiga 

uch  soat  qolganida  menga  quyidagi  mazmundagi 

maktubni topshirishdi:


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish