Edgar Po -
Amerika yozuvchisi, fantastik hikoyalar avtori.
539
U menga engashib, shivirladi:
- Qochamiz!
- Qachon? - so'radim men.
- «Nautilus»da har qanday kuzatish yo‘q bo‘lib
ketdi. Kema uyquga kirganday. Shunday emasmi?
- Shunday. Biz qayerdamiz?
- Allaqanday yerga yaqin joydamiz. Men uni er-
talab tuman ichida sharq tomonda yigirma milya-
cha masofada ko'rdim.
- U qanaqa yer ekan?
- Bilmadim, ammo u qanaqa bo'lmasin, biz u
yerdan boshpana izlaymiz.
- To‘g‘ri, Ned... Roziman: peshonamizda de-
ngizda halok bo'lish yozilgan bo'lsa ham biz shu
kecha qochamiz!
- Dengiz to'lqinli, qattiq shamol bo‘lyapti,
ammo «Nautilus»ning yengil qayiqchasida yigirma
milya suzish unchalik qiyin bo‘lmaydi. Men uning
ichiga bildirmay u-bu yegulik va bir shisha suv olib
borib. qo'ydim.
- Izingizdan borishga tayyorman!
- Shuni bilib qo'ying: qo'lga tushsam, o'zimni
himoya qilaman. Taslim bo‘lishdan ko'ra o‘limga
hozirman!
- Biz birga jon beramiz, do'stim Ned.
Men hamma narsaga tayyor edim. Kanadalik
ketdi. Palubaga chiqdim. U yerda oyoqda zo‘rg‘a tu-
rardi kishi - shu qadar qattiq to'lqin bo'layotgan
edi. Osmon dahshatli edi. Biroq bu qalin tuman or-
tida yer bo'lgani uchun ham qochish kerak edi. Biz
bir kun, bir soatni ham qo'ldan boy bermasligimiz
kerak.
Men kapitan Nemo bilan uchrashishdan ham
qo'rqib, ayni vaqtda ham buni istab salonga qayt-
dim; uni ham ko'rgim kelayotgan edi, ham yo‘q.
540
Unga nima deyman? U menda sodir eta oladigan
qo'rquvni yashira olarmikinman? Yo‘q, u bilan uch-
rashmaganimiz ma’qul! Yaxshisi uni unutish kerak!
Ammo har holda...
Bu kun, «Nautilus»da o'tkazadigan so'nggi ku-
nim qanchalik cho‘zilib ketdi-ya! Men hamisha
yolg'iz bo'ldim. Ned Lend bilan Konsel hayajonla-
rini bildirib qo'yishdan qo'rqib, men bilan gaplash-
mas edilar.
Soat oltida men ovqatlanib oldim. Qornim och
emas edi, ammo ko'nglim tortmasa ham, holdan
toymaslik uchun zo'rlab yedim.
Olti yarimda Ned Lend mening xonamga kirdi. U
menga bunday dedi:
-
Endi qochadigan paytgacha bir-birimizni
ko'rolmaymiz. Hozir soat o'nda oy chiqmayapti.
Qorongidan foydalanib qolamiz. To‘g‘ri qayiqqa
boring. Men sizni Konsel bilan o‘sha yerda kuta-
man.
Kanadalik javob berishimga vaqt ham qoldirmay
chiqib ketdi.
Men «Nautilus» qaysi tomonga suzayotganini
aniqlash uchun qaytib salonga kirdim. Biz shimol -
shimoli sharq tomon yo‘l olib, ellik metr chuqurlik-
da dahshatli tezlik bilan borayotgan edik.
Men bu muzeyda saqlanayotgan tabiat mo'ji-
zalari va san’at asarlariga, butun yer yuzida misli
bo‘lmagan va ayni vaqtda uni to'plagan odam bi
lan birga shu yerda o'limga mahkum etiladigan kol-
leksiyalarga so'nggi bor nigoh tashladim. Men bu-
larning barini uzoq vaqt xotiramda saqlashni istar
edim. Men bir soat davomida oyna tagiga terilgan
va shipdan elektr chiroq bilan mayin nurlanayotgan
tilsiz xazina mavjiga mahliyo bo‘lib turdim. So'ngra
kayutamga qaytdim.
541
U yerda men issiq kostum kiydim, barcha yo-
zuvlarimni yig’ib, koylagimning ostiga tiqdim.
Yuragim gupullab urar edi. Hozir kapitan Nemoga
yo'liqqanimda hayajonim, tashvishli qiyofam, shub-
hasiz, meni fosh etib qo'yishi aniq edi.
U hozir nima qilayotgan ekan? Men uning kayu-
tasi eshigi oldiga borib, quloq sola boshladim. Oyoq
tovushini eshitdim. Kapitan Nemo shu yerda edi.
Tiq etgan tovushdan cho'chir edim. Nazarimda, u
hozir chiqib, nega qochayotganimni so'raydiganday
edi. Meni tobora qo‘rquv bosib, xayol ming yoqqa
olib bora boshladi. Bu holat shu qadar og‘ir ediki,
men beixtiyor o'zimga savol berdim: xonaga kirib,
kapitan bilan yuzma-yuz bo'lish yaxshiroq emasmi?
Albatta, bu tentaklik bo'lur edi, yaxshiyam bax-
timga o'zimni vaqtida tutib oldim. Kayutamga qay-
tib kelib, o'rin ustiga cho'zildim va hayajonimni bo-
sishga urindim.
Hayajonim asta-sekin bosildi-yu, ammo har xil
fikrlar tinchlik bermas edi. Men «Nautilus»da bar
cha boshimdan o'tganlarni, «Avraam Linkoln» pa-
lubasidan uchib ketganimdan keyingi barcha baxti-
yor va qora kunlarimni xotirlay boshladim. Suvosti
ovlari, Torres bo‘g‘ozi, Yangi Gvineya vahshiylari,
sayozlikka tiqilib qolganimiz, marjon qabriston,
Arabiston tunneli, Santorin oroli, Kritdagi gaw os,
Atlantika, muz tuzoq, lanubiy qutb, uzluksiz muz-
liklar, sakkizoyoqlar bilan jang, Golfstrimdagi
bo'ron, «Qasoskor» va nihoyat shu harbiy kemaning
butun ekipaji bilan birga halok bo'lish manzarasi!
Barcha mana shu manzaralar ko‘z o'ngimdan teatr
sahnasida tinimsiz o'zgarib turadigan dekoratsiya-
larday birma-bir o‘tar va butun xotiralarimda ka
pitan Nemo birday qatnashar edi. U endi barcha ki-
542
shilarga o'xshagan odam emas, balki qandaydir sirli
suv mavjudoti, okean mutafakkiri edi.
Soat to'qqiz yarimga zang urdi. Boshim g'uvul-
lardi, men uni qo'llarim bilan siqib, ko'zlarimni
yumib oldim. Hech narsani oylamaslikka tirishar
edim. Yana yarim soat kutish kerak. Meni jinni qi-
ladigan yarim soat!..
To'satdan organning allaqanday mavhum ovozi,
qandaydir qo'shiqning hazin kuyi qulog'imga cha-
lindi. Nafasimni yutib, butun vujudim bilan kapitan
Nemoni musiqa zabt etganday tinglay boshladim.
Shundan so'ng bir fikr to'satdan meni taaj-
jublantirib qoydi; kapitan Nemo xonasidan chiqdi.
U salonda edi. Men qayiqqa yetib borish uchun bo-
sib o'tishim zarur bo'lgan salonda meni gapga tutib
qolsa-chi! Uning birgina nigohi meni yer bilan yak-
son qiladi, bir og‘iz so‘zi meni umrbod shu kema-
dan chiqolmaydigan qilib qo‘yishi mumkin!
Nihoyat soat o‘nga zang urdi. Kayutadan chiqib,
do'stlarimga borib qo'shiladigan vaqt keldi. Ortiq
ikkilanib o'tirolmas edim.
Nihoyatda ehtiyotkorlik bilan eshikni ochdim.
Nazarimda u qattiq gijirlayotganday edi. Ehti-
mol, mening nazarimdagina gijirlayotgandir. Men
«Nautilus»ning qorong‘i yo'laklaridan yurak uri-
shini bosib olish uchun har qadamda bir to'xtab,
piypaslab borar edim.
Nihoyat salon eshigiga yetib keldim va uni asta
ochdim.
Salon zim-ziyo qorong‘i edi. Organ akkordlari
ohista taralar edi. Kapitan Nemo o'sha yerda edi.
U meni ko'rmadi. Menimcha u kunduzgi yog'duda
ham meni ko'rolmasligi mumkin edi: shu qadar mu-
zikaga berilib ketgandi.
Kelganimni bildirmaslik uchun tiq etgan tovush
543
chiqarishdan qo'rqib gilam ustiga qadam qo'ydim.
Salonning to'ridagi kutubxonaga olib chiqadigan
eshikkacha yetib olishga besh minut ketdi.
Men uni endi ochaman deb turganimda birdan
kapitan Nemoning xo‘rsinganini eshitib qoldim. Bu
xo'rsinish meni turgan joyimda mixlab qo‘ydi. Kapi
tan Nemo organ oldidan ketdi; kutubxonadan g‘ira-
shira yogdu tushib turgani uchun qorongida ham
men uning qorasini ko'rdim. U qo'llarini ko'ksida
chambarak qilgani holda ohista menga yaqinla-
shayotgan edi. Nazarimda u yurib emas, soyaday
o'rmalab kelayotganday edi. Yigidan uning qalbi
yonayotganday edi. Men shivirlab aytgan so'zlarini
eshitdim, bu men eshitgan uning so'nggi so'zlari
edi:
- Yetar, bas! Demak, har holda vijdon azobi bu
odamni qiynoqqa solyaptimikin?..
Men beixtiyor kutubxonaga otilib kirdim. Trap-
dan ko'tarilib o'rtoqlarim meni kutayotgan qayiq
oldiga bordim.
- Qochdik! Qochdik! - deya shivirladim men.
- Hozir! - deb javob berdi menga kanadalik.
«Nautilus» korpusidagi temir qopqoq ingliz ka-
liti bilan mahkam burab qoyilar edi. Ned Lend har
ehtimolga qarshi shunday kalit olgan ekan. Oayiq-
cha qopqog'i ham xuddi shu tariqa mahkamlanib
qoyilar edi. Kanadalik bizni suvosti kemasi bilan
bog'lab turgan so'nggi narsa - ana shu gaykalar-
ni burayotganda, kema ostidan allaqanday bo‘g‘iq
shovqin eshitib qoldik. Bu qanday shovqin bo'lishi
mumkin? Bizning yo‘q bo'lib qolganimizni bilib qo-
lishdimikin?
Ned Lend qo'limga pichoq tutayotganini sezdim.
- Ha, - deya shivirladim men, - biz o'limga
yuzma-yuz turishimiz kerak.
544
Kanadalik ishini to'xtatdi.
Ammo birgina so‘z, o‘nlab marta qaytarilgan
yolg'iz dahshatli so‘z menga «Nautilus»dagi tu-
shunilmas hayajonning sirini ochib berdi.
Uning bizga mutlaqo aloqasi yo‘q edi.
«Malstrem, Malstrem!»
Malstrem! Bu biz eshitgan so'zlardan eng dah-
shatlisi edi. Shunday qilib, biz ancha xavfli joylarda,
Norvegiya sohillari yaqinida edik! Nahotki, kelib-
kelib «Nautilus» bu halokatli girdobga biz ozodlikka
chiqishga harakat qilayotgan daqiqalarda tushsa?
Ma’lumki, suv ko'tarilgan paytlarda Farer va Lo
foten orollari siqib qo'ygan bu joylarda g'oyat katta
kuch bilan o‘tadi. U hosil etgan girdobdan hozir-
gacha bironta kema butun chiqqani yo‘q. Hamma
yoqdan, ufqning barcha nuqtalaridan bu yerga dast-
labki kuchi o‘n besh kilometrgacha saqlanib boradi-
gan dahshatli po'rtanalar keladi. Bu girdobda faqat
kemalargina emas, balki kitlar va hatto arktik mam-
lakatlarning oq ayiqlari ham halok bo'ladi.
Kapitan Nemo beixtiyormi yoki ataylabmi o‘z
«Nautilus»ini ana shu yerga olib kelgan edi. Kema
spiral bo'ylab harakat qilar, uning radiusi borgan
sari torayayotgan edi. U bilan birga hali bortdan
olinpiagan bizning qayiqchamiz ham dahshatli tez-
lik bilan aylanar edi. Men buni his etib o'tirar edim.
Boshim qattiq azob berib aylana boshladi. Bizni
qattiq qo‘rquv qamrab olib, tomirlarimizdagi qon
to'xtab qolganday bo'ldi. Yurak urishdan to'xtab
qoldi nazarimda. Jon talvasasida bo‘ladiganday
bizdan sovuq ter chiqa boshladi. Shu mo'rtgina
qayiqcha atrofida qanday dahshatli shovqin-suron!
0 ‘nlab milya masofada tinimsiz aks sado berib qay-
tarilayotgan qanchalik guvullash! To'lqinlarning
suvosti qoyalari qirralariga urilishidan chiqayotgan
545
qanday dahshatli ovoz! Bunday chuqurlikda eng ul
kan daraxt tanalari ham ushoq xas-cho‘pga aylana-
di!
Oanday dahshat!
Biz qattiq chayqalar edik. «Nautilus» tirik mav-
judot singari to'lqinlarning kelib urilishidan o'zini
himoya qilar edi. Uning po'lat muskullari qirsillar
edi. Ba’zan kema tikka turganday bo‘lar edi.
-
«Nautilus»ni qattiq ushlab turish kerak, - dedi
Ned. - Hamma gaykalarni qaytadan burab qo'yishga
urinib ко‘ramiz. «Nautilus»dan uzilib ketmasak, qu-
tulib qolishimiz mumkin...
U og'zidagi gapni aytib ulgurmay qarsillagan
qattiq ovoz eshitildi. Gaykalar uzilib, o‘z o'rnidan
chiqib ketgan qayiqcha sopqondan otilgan toshday
girdobning o'rtasiga itqitib tashlandi.
Boshim bilan temir bortga urilib, qattiq silki-
nishdan o'zimdan ketib qoldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |