6-rasm. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish
II.2. Suv toshqini tabiiy ofatida, hamda texnogen falokatlarda qutqarish ishlari.
Tabiiy ofat-bu tabiatning harakatga keltiruvchi hodisalari bo’lib, u aholining hayotini to’satdan izidan chiqishiga, moddiy boyliklarni vayron bo’lishiga va hatto odamlarni halok bo’lishiga olib keladi.
Tabiiy ofatlar favqulodda, to’satdan ro’y berishi bilan xarakterlanadi. Favqulodda holatlarga yer qimirlash, suv toshqini, sel, do’l, ko’chkilar, qor bosish, vulqon, tog’ qulashi va boshqalar kiradi. Bu hodisalar ishlab chiqarishni ishdan chiqaradi, xo’jalikning ayrim tarmoqlari vayron bo’ladi, odamlar qurbon bo’ladi, xalqning boyliklari yo’qoladi. Bu holatni oldini olish yoki ma’lum darajada kamaytirish mumkin, agar oldindan ogohlantiruvchi choralar ko’rilgan bo’lsa.
Tabiiy ofat, xususan, toshqin qanchalik qisqa vaqtni qamrab olmasin, ma’lum talafotlar keltirishga sababchi bo’ladi. Shu jarayon bo’lib o’tgandan so’ng qanday ishlarni birinchi galda amalga oshirish kerak. Quyida shular to’g’risida to’xtalamiz. Avvalo, har qanday tabiiy ofat yuzaga kelgan maydon va hududda o’ziga yarasha antisanitariya holati yuzaga keladi. Buning oqibatida odamlar va tirik organizmlar o’rtasida yuqumli zararlanish holati tarqaladi. Shu vaziyatdan chiqish uchun ma’lum muddatgacha faqat qaynatilgan suv iste’mol qilish va quruq oziq - ovqatlar bilan chegaralangan ma’qul. Zarurat tufayli uy - joylardan boshqa yerga o’tilgandan so’ng qaytib kelinganda uyning holatini, atrof yo’laklarni sinchiklab ko’zdan kechirish kerak. Hech vaqt uyga kirishga shoshilmang.
Yog’ingarchilik o’tib ketgandan so’ng vodiyga tushishga xech vaqt shoshilish kerak emas, chunki birinchi sel oqimidan so’ng keyingilari takrorlanishi mumkin. Odatda sel oqimlarining davriyligi 3 - 5 soat davom etadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, sellarning yana bir xususiyati ular qo’shni davlatlar hududida boshlanib boshqa davlat hududiga 185 katta talafotlar keltirishi mumkin. Masalan, Farg’ona vodiysining daryolarida, Zarafshon daryosining yuqori qismlarida xuddi shunday manzara yuzaga kelishining bir necha bor guvohi bo’lganmiz.
Albatta, bunday holatlarda xam, oldindan sel oqimlari keladigan yo’nalishlar bo’yicha sel omborlari, ularni yo’naltiruvchi, tarqatib yuboruvchi maxsus gidroinshootlar qurilishiga katta e’tibor berilishi lozim. Kezi kelganda shuni aytish mumkinki, sel xavfi bor joylarda bo’lgan tumanlarda yirik masshtabdagi, ayniqsa kichik xo’jaliklarda 1:5000 va 1:10000 masshtabdagi xaritalar bo’lishi kerak.
Topografik xaritalar orqali sel oqimlariga qarshi kurashish, oldini olish, bashoratlash va ular oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqish va aholini xamma tabaqalari o’rtasida targ’ibot ishlarini yo’lga qo’yish zarur. Vatanimizning qaysi hududlarida sel oqimlari paydo bo’lmasin, ularning tarkibiy qismi, yo’nalishi va ulardan keladigan zarar deyarli bir xilda namoyon bo’ladi. Shuning uchun hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ijobiy tadbirlarda barcha fuqarolar faol ishtirok etishlari, ularni tezroq hayotga tadbiq etishlari va xavfsizlik chora - tadbirlarini amalga oshirishda har birimiz mas’ul bo’lishimizni davrning o’zi taqozo etib turibdi.
Toshqin tufayli uylarning devorlari zah tortishi, namgarchilik me’yoridan ortib ketishi oqibatida inshootlar bardoshligi zaif bo’lib qoladi, natijada uncha katta bo’lmagan tashqi kuch ta’sirida binolar qulab ketishi mumkin. Suv to’planib qolgan joylardan alohida yo’laklar hosil qilib yurish joylarini tashkil etish kerak. Xonalarni diqqat bilan ko’zdan kechirib chiqilgandan so’ng eshik va derazalarni mustahkamligiga ishonch hosil qilganingizdan keyin ularni ochib qo’ying.
Xona ichida qolgan oziq-ovqatni iste’mol qilishdan o’zingizni saqlang. Mavjud asbobuskunalardan, ayniqsa elektr asboblaridan foydalanishda nihoyatda ehtiyot bo’ling. Chunki to’liq qurimagan asboblar boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishiga sababchi bo’lib, qo’shimcha noxushliklarni olib keladi. Bundan tashqari har qanday tabiiy ofatni bartaraf qilishda ham o’ziga yarasha talab va qoidalari mavjud. Xususan, toshqindan so’ng uni bartaraf qilishda keng miqyosda aholi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilishi lozim?
Avvalo, yuqorida ta’kidlanganidek atrof sinchiklab o’rganilgandan so’ng, suv bosgan joylar ortiqcha turli materiallardan xalos qilinib quritish ishlari amalga oshiriladi. Inshootlarda yarim o’pirilgan, qayta tiklab bo’lmaydigan joylar aniqlansa, tezda buzib tashlanishi va u joylar tozalanishi kerak. Binolarning pastki, pastqam joylarida suv to’planib qolgan bo’lsa, texnik asboblar yordamida suv chiqarib tashlanadi. Toshqin natijasida shikastlangan maishiy - energetika tarmoqlari, yo’llar, ko’priklar va boshqa inshootlarni ta’mirlashga kirishiladi.
Yuqorida qayd qilinganidek, toshqin va sellarning paydo bo’lishida respublikamiz hududlaridan tashqarida bo’lgan tabiiy suv omborlari, gidrotexnik inshootlar ham o’ziga yarasha xavf tug’diradi. Bizning nazarimizda bunday ob’ektlarning joylashgan o’rni, xavflilik darajasi, ko’lami to’g’risida batafsil ma’lumot berilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Aksariyat ko’p hollarda favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda aholi o’rtasida ma’lumot yo’qligidan sarosimaga tushish oqibatida talafot ikki -uch barobar ko’payib ketishiga olib keladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Respublikamiz hududlaridan tashqarida bo’lgan xavf "o’choq"lari (tabiiy) to’g’risida Prezidentimiz I.A.Karimov o’zlarining "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" (1997) kitobida batafsil to’xtalib o’tganlar.
Xususan, tashqi xavf to’g’risida: "Moyli suv daryosining (Qirgiziston) qirg’oqlari yoqasida 1944 yildan to 1964 yilgacha uran rudasini qayta ishlash chiqindilari ko’milgan. Hozirgi vaqtda qoldiqlar saqlanadigan 23 ta joy mavjud. Bu yerlarda selni to’sadigan to’g’onlarni mahkamlash hamda ko’chki xavfi bo’lgan joylardagi qiyaliklarning mustahkamligini ta’minlash lozim" -deb mahalliy hukumat rahbarlari, ilmiy va ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari oldiga muammoning yechimini topish yo’llarini, xavfli hududlarga mas’uliyatni va javobgarlikni oshirish lozimligini uqtirsalar, keng jamoatchilikni bunday xavflardan ogoh bo’lishga chaqiradilar. Ziziladan so’ng: 186 • qutqaruv xizmati.
Malakali mutaxassisga ega bo’lgan xizmat ko’rsatish bo’limlari shikastlanganlarga tez yordam ko’rsatishi, yong’inni nazorat qilishi, jamoat tartibini saqlashi va me’yoriy turmush tarzini tiklashlari shart. • insonlarning mustaqil harakati. Har bir kishi nafaqat o’zi to’g’risida, balki boshqalar to’g’risida ham qayg’urishi va yordam berishi lozim.
• qurilish tashkilotlari. Tegishli tashkilotlar elektr manbai, suv tarmog’i, transport harakatini tiklash bo’yicha keng ko’lamli ishlarni amalga oshirishlari lozim.
• moddiy yordam. Zilzila talafotidan aziyat chekkan insonlar, aholi o’rtasida hukumat yordami bir xilda bo’lishini ta’minlashga erishish lozim.
• ijtimoiy yordam va ahloqiy tavsiya. Jamoat tashkilotlari ayrim yoki bir guro’h shikastlanganlarga yordam ko’rsatish, kuchli qo’rquv va vahima holatiga tupshb qolgan insonlarga yaqindan maslahat va tavsiya berishlari shart.
Favqulodda vaziyatlarda insonlami qutqarish usullari FV o‘choqlarining zararlanish darajasi va holatiga bogiiq. Bunda qidirav-qutqamv ishlar tashkil etiladi. Qidimv-qutqaruv ishini olib borishning muhim elementi boiib markirovka hisoblanadi.
Quyida markirovkaning asosiy belgilari keltirilgan:
- binoga kirish imkoni mavjud va qidimv-qutqaruv ishini olib borish uchun xavfsiz;
- shikastlar unchalik katta emas, buzilish davom etish ehtimoli kichik.
- bino ancha shikastlangan, ba’zi qismlari xavfsiz, ba’zilari esa xavfli;
- bino qidimv-qutqamv ishini olib borish uchim xavfli; - kvadrat yonidagi strelka binoga xavfsiz kirish yoiini ko‘rsatadi.
Vayronalarda jabrlanganlar qidimvi quyidagi asosiy usullar bilan olib boriladi:
kuzatish, guvohlar ko‘rsatmalariga binoan, qidiruv itlari yordamida, maxsus qurilmalar yordamida.
Razvedka qilinib xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlagandan keyin qutqamvchilar jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun vay- ronalami tozalay boshlaydilar.
Birinchi navbatda qidiruv-qutqaruv ishi tirik insonlar topilgan joylarda olib boriladi. Bunda ikkita asosiy uslub qoilaniladi: vayronani yuqoridan pastki qismiga qarab tozalab borish; vayronada o‘tish joyini shakllantirish. Qidimv-qutqamv ishini olib borishda eng ko‘p quyidagi asboblar, uskunalar, mashina va mexanizmlardan foydalaniladi:
Gidravlik asboblar: kengaytimvchilar, domkratlar, gidravlik silindrlar.
Elektrik asboblar: zanjirli va diskli elektrcirralar.
Oddiy asboblar: lom, belkurak, kirka, arra
Mashina va mexanizmlar: turli yuk ko‘tarish quwatiga ega avtokranlar, ekskavatorlar, buldozer, yuk mashinalari. Vayronalami ustki qismidan tozalash ishlari vayrona ustki qismi- ’ dagi odamlarga yordam ko‘rsatish uchun olib boriladi, bunda vay- ronalar qoida va lom, belkuraklardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Yirik va og‘ir elementlami ko‘tarish va ko‘chirish uchun yuk ko‘taruvchi qurilmalardan foydalaniladi (domkrat, kranlar, lebyodka). Ayni paytda yirik elementlaming keskin ko‘chishi oldini olish lozim, aks holda jabrlanuvchilarga qo‘shimcha jarohatlar yetkazilishi mumkin. Jabrlanuvchilar qutqarilgandan keyin ularga yordam ko‘rsatiladi va xavfsiz joyga ko‘chiriladi. Jabrlanuvchini vayronadan qutqarish. Ko‘p hollarda jabrlanuvchilar vayronalaming pastki qismida qolib ketadilar.
Ulami qutqarish uchun qutqamvchilar eng yaqin masofa va eng qulay joylarni hisobga olgan holda, torroq o‘tish joylari ochadilar. 0 ‘tish joylari gorizontal, qiya va vertikal yo‘nalishda ochilishi mumkin. 0 ‘tish joy ining optimal kengligi - 0,8-0,9 m, balandhgi - 0,9-1,0 m. 0 ‘tishjoylarini ochish ishlarini, qoida yoki asboblar yordamida bir necha guruh (3-4 kishidan) olib boradi. Ulaming vazifalariga vayronani tozalash, o‘tish joyini ochish, jabrlanganlami ozod qilish va ulami ko‘chirish kiradi. 0 ‘tish joylarini ochishda qutqamvchilar to‘rtoyoqlab, qomida yotgan holda va orqasiga yotgan holda harakatlanadilar.
Agar qutqamvchilar harakatiga yirik temirbeton, metall, taxta va g‘isht siniqlari xalaqit qilsa, ulami aylanib o‘tish, buning imkoni bo‘lmasa to‘siqni bo‘zish, ko‘p hollarda teshik tesh- ish mumkin. 0 ‘tish joylarini ochishda uning devorlari qulab ketishining oldini olishga, mustahkamlashga katta ahamiyat qaratiladi.
Buning uchim oldindan tayyorlab qo‘yilgan maxsus materiallardan foydalaniladi: bms, taxta, ustunchalar, shitlar. 0 ‘tish joylarini ochish vaqtida vayrona ustida qutqamvchilar va texnikaning harakatlanishigayo‘l qo‘yilmaydi.0 ‘tish joylari ochish ishlari tugatilgandan keyin va baquwat- lashtirilgandan keyin qutqamvchilar jabrlanganlami qutqarishga kirishadilar. Birinchi navbatda jabrlanuvchining holati va jarohat- lanish darajasi aniqlanadi. Tananing qisilib qolgan va bosilib qolgan qismlari ozod qilinadi, bir vaqtning o‘zida jgut va bog‘ichlar bog‘lanadi, og‘iz va burun bo‘shlig‘i tozalanadi, jabrlanuvchi us- tidagi siniqlar olib tashlanadi. Jabrlanuvchining holatidan kelib chiqib uni ko‘chirish usuli tanlanadi.
Shuni unutmasligimiz kerakki, hukumat tomonidan qanchalik dolzarb qarorlar qabul qilinmasin, "qutqaruv xizmati" malakali mutaxassislar, zamonaviy texnika bilan ta’minlanmasin, fuqaro muhofazasi siyosatiga, Respublika aholisi, ayniqsa vazirlik, idora, tashkilot rahbarlari yoppasiga tayyorgarlikdan o’tmasa, bu tadbirlardan kutilganidek natija va eng muhimi xavfning oldini olish, undan keladigan zararni kamaytirish juda mushkuldir. Ayniqsa radioaktiv zararlangan joylarda qutqarish ishlarini olib borilishi uchun eng murakkab joylar bo’ladi. Odamlar, hayvonlar, moddiy boyliklar bor joyda navbatdagi yonginlarga yo’l kuymaslikka harakat qilinadi. Eng muhim joylar, aholi punktlari, ferma, omborxonalar, evakuatsiya qilish yo’llarida yong’in bo’lsa darhol o’chiriladi.
Himoya inshootlariga olib boriladigan yullar tozalanadi. Vayrona uyumlari tagidan shikastlangan odamlarni olib chiqish uchun vayronalar tepasi tozalanadi. Qulay tomondan yo’l, teshik ochiladi. Ish 2-4 kishidan iborat guro’hda olib boriladi. 1-guro’h uyumni ajratadi, yul ochib uni mustahkamlaydi. 2-guro’h materiallarni tayyorlaydi va olib kelib turadi. 3 guro’h siniqlarni yig’ishtirib chetga olib tashlaydi.
Keyingilari shikastlanganlarni olib chiqadi va ularga birinchi yordamni ko’rsatadi. Albatta qutqaruv ishlarini radioaktiv zararlangan joylarda olib borishdan oldin, FM shtabining boshlig’i, tuman FM bergan ma’lumotlarga asoslanib, bo’lgan radiatsion sharoitni baholaydi va zarar oqibatlarini tugatish to’g’risida qaror qabul qiladi.
O damlar va hayvonlar sog’lig’i uchun o’ta zarali bo’lgan nurlanish miqdori, zararlangan hududda ishlarni boshlash vaqti, aholini himoya qilish rejimi, chorva mollarini saklash sharoitlarini bilish lozim. FM boshlig’i birinchi navbatda e’tiborni qishloq xo’jaligi hayvonlarini, ekinlar va ularning mahsulotlarini, suv manbalari zararlanishinib radioaktiv moddalarning organizmga havo, oziq-ovqat, yem, suv bilan kirish orqali zaharlanishini kamaytiruvchi omillarga qaratishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |