Bog'liq Sutemizuchilarning individual rivojlanish xususiyatlari MEHRI
Bu sikl quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Ko’payishga to’liq tayyor bo’lish davri. Buni estnis deyiladi.
2. Urug’lanish sodir bo’lganligi tufayli regressiv jarayon boshlanadi. Buni metestrus deyiladi
3. Tinchlik davri. Bu davrni diestrus deyiladi.
4. Navbatdagi estrusga faol tayyorgarlik davri. Buni proestrus deyiladi. Estral siklga kasalliklar, ozuqa yetishmasligi, muhit sharoitining noqulayligi, gormonlar, organizmning fiziologik holati ta’sir etishi va o’zgartirishi mumkin.
Sut emizuvchilarda bachadonning shilliq qavatiga trofoblastlaring yaqinlashishi bilan implantasiya jarayoni boshlanadi. Embrionning bachadon shilliq qavatiga yopishishi implantasiya deyiladi. Implantasiya lotincha im -ichkariga, plantare – yopishib joylashishdegan ma’noni bildiradi. Implantasiya tufayli embrion ona organizmidan oziq modda bilan ta’lminlanadi. Implantatsiya odam einbrionida urug’lanishdan keyin 7 kun ichida sodir bo’ladi (63-rasm). l Urug’lanish sodir bo’lgandan keyin zigota tuxum yo’llaridan bachadoh tomonga harkatlanadi. Ana shu davrda embrion har xil noqulay sharoitlarga duch keladi. Bachadondagi bu noqulay sharoitlani l. Ibert(1968)quyidagicha izohlaydi: "Embrion ona organizmining himoyasiga olguncha, ya’ni trofoblast orqali bachadonning shilimshiq qavatiga yopishguncha, bir hafta davomida tuxum yo’larida va bachadonda xavfli sayohat qiladi". Bu qiynchiliklarni Ibert suv osti kemasining muzliklar orasida yurishi bilan tenglashtiradi. Embrioning atrofidagi sharoit esa muzli suvdan ham murakkabdir.