Sut emizuvchilarning rivojlanish bosqichlari va farqlari
Darsning maqsadi: Talabalarga sut emizuvchilarning rivojlanish bosqichlari va farqlari to’grisida tushuncha berish.
Kerakli materiallar. Sut emizuvchilarning rivojlanish bosqichlari va farqlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar, tablitsalar, sxemalar, animatsiya va adabiyotlar.
Mashg‘ulotning borishi. Hayvonlar hayotining uzunligi ko'payish bilan bog'liq. Asalarilarning erkaklari (trutenlari) urg'ochilari bilan qo'shilgandan keyin bir necha sekundda o'ladi. Urg'ochi asalari esa urug'lanishdan keyin 5-6 yil yashaydi. Qoraqurtlarda urchishdan keyin erkagini urg'ochisi tutib olib yeydi yoki erkagi o'ladi. Bir kunli kapalaklarning lichinkasi 1-3 yil yashaydi. Ular jinsiy voyaga yetgandan keyin 1-3 kun yashaydi. Shu davrda ular tuxum qo'yadi, og'iz apparati taraqqiy etmaganligi uchun oziqlana olmaydi va o'lib ketadi. Ayrim baliqlar umri davomida bir marta ko'payadi va o'lib ketadi (lososlar, ugorsimon baliqlar).
Ko'p hujayrali hayvonlarning ayrim vakillarida hayot uzunligi bilan ko'payishi o'rtasida hech qanday bog'liqlikyo'q. Chunki keKb chiqishi jihatidan bir-biriga yaqin bo'lgan hayvonlarning yashash muddati turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, kovakichlilardan aktiniyalar 50 yil yashasa, gidra 1-2 yil umr ko'radi. Halqali chuvlchanglardan zuluklar 25-30 yil umr ko'rsa, yomg'ir chuvalchangi 10 yilgacha yashashi mumkin. Gavdasining hajmi yirik bo'lgan hayvonlar kichik hayvonlarga nisbatan uzoq umr ko'rsa ham, bunda aniq bir bog'liqlik yoki umumiy qonuniyat yo'q. Ba'zi mollyuskalar 100 yil va undan ko'proq yashaydi, qurbaqa 6, baqa 35-40, kaptarlar 40-50, sichqon 6, tovushqon 10, kalamush 2-3, ot 30, qoramol 20-35, ayiq 50, sher 35,fill 100 yilgacha umr ko'rishi mumkin.
J.L. Byuffonning hisobiga qaraganda, hayot davomiyligi hayvonning o'sish davridan 5-7 marta ko'proq davom etadi. Bu o'lchov qonuniyat bo'lmasa ham, ko'p hollarda to'g'ri ma'lumotlar olish mumkin. Jumladan, it 2 yil davomida o'sadi va 10-15 yil umr ko'radi. Mushuk 1-1,5 yil o'sadi, 8-10 yil yashaydi. Otlar 5 yil davomida o'sadi va 20-30 yil umr ko'radi. Tuya esa 8 yil o'sib, 40 yil umr ko'radi.
Bu hisoblarga asoslanib, A.A. Bogomoles, I.I. Shmalgauzen va boshqa olimlar pdam hayotining tabiiy davomiyligi 120-150 yilgacha yetishi mumkin, deb hisoblamoqdalar. Odamning o'rtacha hayot davomiyligi biologik omillar bilan birgalikda ijtimoiy omillarga ham bog'Iiq bo'ladi. Masalan, yevropada
XVI asrda odamlarning o'rtacha umr ko'rishi 21 yilga teng bo'lgan bo'lsa,
XVII asrda 26 yilga, XVIII asrda 34 yilga, XX asrning boshlarida 50 yilga yetgan.
Yer shari aholisining o'rtacha hayot uzunligi ko'plab biologik va ijtimoiy omillar bilan belgilanadi. Turmush tarzi, yuqumli kasalliklar, bolalar o'limi, urushlar, iqtisodiy omillar shular jumlasidandir. XIX asrning birinchi yarmida Manchester shahri burjuaziya aholisining o'rtacha hayot uzunligi 38 yilga teng bo'lgan bo'lsa, ishchnarning o'rtacha yoshi 17 yil bo'lgan. Liverpul shahrida esa bu ko'rsatkich 35 va 15 yilga teng bo'lgan.
Ijtimoiy omillaming hayot uzunligiga ta'sirini Rossiya aholisi misolida ham ko'rish mumkin. Rossiyada XX asrning boshlarida hayotning uzunligi o'rtacha 34 yil bo'lgan bo'lsa, XX asrning oxirlariga kelib bu ko'rsatkich 68-70 yilga yetgan.
Odam umrining uzunligini bir qancha uzoq umr ko'rgan odamlar misolida ham ko'rish mumkin. Jumladan, 1912 yilda Borodin maydonida Rossiya askarlarining Vatan urushidagi g'alabasining 100 yilligi nishonlanayotganda ana shu urushda qatnashgan Anton Vinyukov 128 yoshida tantanalarda qatnashgan. Vasiliy Tishkin 1951 yilda 145 yoshga kirib vafot etgan bo'lsa, Maxmud Eyvazov 152 yoshida vafot etgan. Odam hayoti 207 yilgacha davom etishi mumkinhgi hujjatlardan ma'lum. Angliyada yashagan Tomas Korne 1588 yilda tug'ilib, 1795 yilda, ya'ni 207 yoshida vafot etgan.
Uzoq umr ko'rishga ijobiy ta'sir etuvchi biologik va ijtimoiy omillarning o'zgarishi, tibbiyot fanining taraqqiyoti tufayli yer yuzi aholisining o'rtacha umr ko'rishi uzayib bormdqda. Yaponiyada 1 million ahohga 75-90 yoshli 1 nafar odam to'g'ri kelsa, Angliyada 6, Fransiyada 7, AQShda 15 nafarni tashkil etadi.
Gruziya, Ozarbayjon kabi mamlakatlarda ekologik muhitning qulayhgi, turmush tarzi va boshqa omillar yetarli bo'lganligi tufayli bu yerlarda yashayotgan aholining o'rtacha hayot uzunligi nisbatan yuqoridir.
Amnion burmachalarining bekilishigachayoq qorin devorida entoderrna va visseral mezodermadan tuzilgan xaitasimon o'simta paydo bo'Iadi. Bu -siydik xaltasining boshlang'ichi bo'lib, allantois (allantoides - kolbasasimon) deyiladi (8). U ichakning bir tomonida uncha katta bo'lmagan o'simta shaklida paydo bo'lib kindik poyachasidan o'tadi, amnion (10) va seroz (12) qobiqlari orasida juda tez o'sib ketadi. Embrionning ikkinchi tonioniga o'tib borib, allantois pirovardida amnion (10) va sariqlik xaitasini (7), keyinchalik esa oqsilni (13) ham o'rab oladi. U ayiruv organi bo'lib xizmat qiladi.
Allantoisning embrion tanasida qoladigan qismidan, keyin siydik pufagi rivojlanadi.
2-ish. Sut ernizuvchilarda embriondan tashqari qobiqiarning hosii bo'lishi,
102-rasmdan foydalanib embriondan tashqari qobiqiarning hosil bo'lishi jarayonini o'rganing va qushlardagiga solishtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |