Surxondaryo viloyati yer usti suv zaxiralari va undan unumli foydalanish


Surxondaryo viloyatining geografik o`rni tabiiy sharoiti va resurslari



Download 0,64 Mb.
bet2/11
Sana30.04.2023
Hajmi0,64 Mb.
#933587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Surxondaryo viloyati yer usti suv zaxiralari va undan unumli foy

1.Surxondaryo viloyatining geografik o`rni tabiiy sharoiti va resurslari.
Surxondaryo viloyati O`zbekiston Respublikasining janubiy-sharqiy qismida joylashgan bo`lib ,1941- yilda tashkil etilgan. Shimol va shimoliy-sharqdan Tojikiston Respublikasi, janubdan Amudaryo orqali Afg`oniston Islom Respublikasi, janubiy-g`arbdan Turkmaniston Respublikasi va shimoliy-g`arbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh uch tomondan tog`lar bilan berk o`ralgan o`ziga xos tabiati va landshaftlariga ega bo`lgan Surxon vodiysida joylashgan. Tabiiy iqlim, geografik sharoitlari mamlakatimizning boshqa xududlariga nisbatan keskin farq qiladi.
Iqlimi keskin kontinental bo`lib,eng yuqori xarorat yozning issiq kunlarida 50 darajagacha,yanvar oyining o`rtacha xarorati 2,8 darajada , iyul oyining o`rtacha xarorati 31,4 darajada issiq bo`lishi kuzatiladi.
Doimiy takrorlanib turadigan Janubiy Afg`oniston Respublikasi shimoliy cho`l zo`nalaridan chang to`zon olib keluvchi surunkali “Afg`on” shamoli quruq va issiq bo`lib,qishloq xo`jaligi ekinlariga sezilarli zarar yetkazgan xolda aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko`rsatib keladi.
Viloyatning markazi bo`lgan Termiz shahri xisoblanadi.Viloyat Surxon hamda Sherobod daryolari quyi oqimlaridagi sug`oriladigan janubiy hududlari tekisliklardan tashkil topgan. Shimol va g`arbiy tomondan “Hisor” tog` tizmalari davomi bo`lgan “Boysun”, “Ko`hitang” tog`lari va sharq tomondan “Bobotog`” tog` tizmalari bilan o`ralgan.
Past tekisliklarda yiliga 130mmdan 360mmgacha ,tog` oldi va tog` zo`nalarida 445mmdan 626mm gacha yog`in tushadi.Havoning nisbiy namligi yanvar oyida 80%gacha bo`lsa iyul oyida 30%gacha tushib ketadi.
Yog`ingarchilik eng ko`p tushadigan fasl qish va bahor oylari bo`lib,boshqa fasllarda deyarli yog`ingarchiliklar kuzatilmaydi.
Shamolning o`rtacha tezligi sekundiga 4,5metrgacha ,ayrim kuchli dovullar paytida sekundiga 25metr va undan ortiqni tashkil etadi.
Viloyat hududining qayd etilib turiladigan zilzilalar bo`yicha seysmiklik darajasi “Rixter shkalasi”ga ko`ra 7-9 balni tashkil etadi va bu ko`rsatkich darajasi janubdan tog` zo`nalariga yo`nalishi bo`yicha ortib boradi.
Viloyatning umumiy yer maydoni 20,1ming kv.km dan iborat bo`lib, 9-10ming kv.km maydoni tekislik,qir va adirlardan iborat bo`lib, qolgan 10-11ming kv.km dengiz sathidan 1500-4500 metrgacha balandlik va undan yuqori bo`lgan tog`va tog`tizmalaridan iborat.Viloyatning umumiy yer maydoni mamlakatimiz yer maydoni hududining 4,56%ni tashkil etadi.
Hozirgi kunda Surxondaryo viloyatida 50 dan oshiq millat vakillarini tashkil etadigan 3,0 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Aholining o`rtacha zichligi viloyat bo`yicha 1kv.kmga 92,1 nafarni tashkil etadi va tumanlar bo`yicha tabiiy geografik yashash sharoitlaridan kelib chiqqan holda turlicha zichlikda joylashgan.
Surxondaryo viloyati mamlakatimizning qishloq xo`jaligi yuqori darajada rivojlangan, sanoat,qurilish ishlab chiqarish industriyasi va transporti boshqa viloyatlarga nisbatan keskin farq qiladigan hudud hisoblanadi.
Paxtachilik,bog`dorchilik,uzumchilik,limonchilik,pillachilikni tashkil etadi.Tog` etaklarida bug`doy arpa yetishtiriladi.Paxta asosiy ekin turlaridan biri hisoblanib ma’lum bir qismini sanoat uchun qimmatbaxo hisoblangan ingichka tolali paxtani tashkil etadi.
Viloyat sanoati va ishlab chiqarishi asosan paxtani qayta ishlash,neft va tabiiy gaz qazib olish hamda ularni qayta ishlash,ko`mir qazib olish va ularni briketlash,ochiq usulda osh tuzi va texnik maqsadlarda tuz qazib olish va uni qadoqlash,chigitni qayta ishlash orqali paxta yog`i ishlab chiqarish, qurilish materiallaridan ohak,gips,keng tarqalgan foydali qazilmalardan qum,shag`al,tosh qazib olish,un mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqalar yo`lga qo`yilgan.
Viloyat hududida yoqilgan energetika va tabiiy qazilma boyliklari zaxiralaridan gaz-neft,ko`mir,granit,polimer materiallari,kumush,bentonit,osh tuzi,gips,ohak,marmar,tosh-shag`al,keramzit va boshqa qazilma konlariga ega Ekologik toza elektr energiya ishlab chiqarish manbaiga ega bo`lgan suv zaxiralari potensiali juda yuqori bo`lib, 2006 yilda viloyatda suv energiyasidan foydalanish debochasi bo`lgan ilk ekologik toza elektr-energiyasi ishlab chiqarish manbai bo`lgan “To`polang GES” qurilishining 30MVT/soat elektr energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`lgan birinchi navbati ishga tushirildi va bu soha rivojlantirilishiga birinchi qadam qo`yildi.Yaqin yillarda ushbu GES ning 145MVT/ soat elektr-energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`lgan ikkinchi bosqichi qurilishi davom ettirilishi ko`zda tutilgan
Viloyat hududidagi “To`polang”,”Sangardak”,”Darband”,”Xalqajar” daryolarining geografik joylashuvi va yuqori suv energiyasi zaxiralari potensialga ega ekanligi, turli quvvatdagi katta va kichik gidroelektrpostansiyalar qurish evasiga kelajakda eng arzon va ekologik toza elektr energiya ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud.
Mamlakatimizda o`simlik dunyosining 15000ga yaqin,hayvonot olamining 11000ga yaqin turi mavjud bo`lib, O`zbekiston “Qizil kitobi”ga noyob va yo`q bo`lib ketish arafasida bo`lgan 183 turdagi jonivorlar hamda 300dan oshiq o`simlik turlari kiritilgan.Mazkur “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonot va o`simlik dunyosi turlarini asosiy qismini viloyatimiz hududlarida uchraydi va ularni ba’zi turlari boshqa hududlarda deyarli uchramaydi.
Viloyatdagi mavjud yer maydonlarining 5%ga yaqini o`rmon bilan qoplangan bo`lib,biotik zaxiralari orasida qimatli ozuqabop va shifobaxsh o`simliklardan yong`oq,pista, bodom shifobaxsh o`tlar va boshqa turlari yetishtiriladi va ko`paytiriladi.
Mavjud yaylovlar bundan oldingi davrlarda sobiq kolxo`z, sovxo`z, tashkilot, muassasa va boshqa chorvachilik bilan shug`ullanuvchi yuridik shaxslarning chorva mollari miqdoriga qarab taqsimlangan bo`lib, xozirgi kunda xo`jalik yuritishning yangi formalari joriy etilishi yangi chorvachilik fermer xo`jaliklari ixtiyoriga berildi va yaylovlardan maqsadli foydalanish kompleks tadbirlar ishlab chiqilib idoraviy nazorat kuchaytirilgan.
Viloyatda ekoturizmni rivojlantirish bo`yicha targ`ibot -tashviqot ishlarini jonlantirish,ekoturizm bazalarini yaratish tadbirlarini amalga oshirish va buning uchun chet el hamda mamlakatimiz fuqoralarini turizmga jalb qilish maqsadida mavjud tabiiy landshaft, tog`, tarixiy va tabiiy obidalarini reklama qilib joylarga yetkazish talab etiladi.
Turistik xizmatlar ko`rsatishning butun bir tizimini barpo etish,turistik xizmatlarni jaxon miqiyosi darajasiga ko`tarish viloyat iqtisodiyotini ko`tarishning alohida manbalari hisoblanadi.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish