PISA topshiriqlaridan namunalar
Moddalar almashinuvi intensivligi (MAI) nafas olish, hazm qilish va qon
aylanish tizimi uchun kerak bo‘ladigan energiya hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich
23°C haroratli xonada tinch va uyg‘oq yotgan odam uchun aniqlanadi. Quyidagi
formula yordamida ayollardagi moddalar almashinuvi intensivligi (MAI)
В
А
54
aniqlanadi.
MAI = 9.74m + 172.9p - 4.737b + 667.051
Bu erda MAI - moddalar almashinuvi intensivligi, kilokaloriyalarda, m–
tana massasi, kilogrammlarda, p–bo‘ybalandligi, metrlarda, b–yosh, yillarda.
Massasi 60 kg, balandligi 1,70 metr va yoshi 35 yil bo‘lgan ayollarda
moddalar almashinuvi intensivligi darajasini hisoblang. Javobingizni eng yaqin
butun songa yaxlitlang.
Topshiriq. Asalari uyalari nobud bo‘lishi sindromi
1/5-savol
O‘ng tomonda joylashgan “asalari uyalari nobud bo‘lishi sindromi” matnini
o‘qing. Savolga javobingizni yozing.
Mant: “Butun dunyodagi asalari uyalariga xavfli hodisa tahdid soladi. U
“asalari uyalari nobud bo‘lishi sindromi” deb nomlanadi. Buning mohiyati
shunda-ki, asalarilar o‘z uyalarini tark etishadi va natijada nobud bo‘lishadi.
Shunday qilib, mazkur sindrom o‘n milliardlab asalarilarning o‘limini keltirib
chiqardi. Olimlarning fikricha, asalarilar oilalari nobud bo‘lishining bir nechta
sabablari bor.”
55
Savol: “Asalarini ko‘paytirayotgan va ularni tadqiq etayotgan insonlar
shuni bilishlari muhim-ki, “asalari uyalari nobud bo‘lishi sindromi”
asalarilargagina ta’sir etib qolmaydi. Qushlarni o‘rganayotgan insonlar ham uning
ta’sirini payqashdi. Kungaboqar ham asalarilar, ham qushlar uchun oziq manbai
bo‘lib xizmat qiladi. Asalarilar o‘simlikning nektari, qushlar esa urug‘i bilan
oziqlanadi.
Shu bog‘liqlikni inobatga olib, asalarilarning yo‘q bo‘lib ketishi qushlar
populyasiyalarining qisqarishiga olib kelishi mumkinligini tushuntiring”.
Mazkur savolga to‘g‘ri javob berib, ball olishlari uchun o‘quvchilar gullar
changlanmasdan turib, urug‘ hosil qila olmasliklarini o‘z javoblarida ifodalashlari
kerak. Bu topshiriq “Hodisalarni ilmiy asoslash” kompetensiyasiga oid bo‘lib,
o‘quvchilar tabiiy fanlardan egallagan bilimlariga asoslanib, hodisani
ta’riflashlari zarur.
Savol raqami
CS600Q01
Kompetensiya
Hodisalarni ilmiy asoslash
Bilim - Tizim
Mazmun-Tirik
Kontekst
Mahalliy/Milliy – Atrof-muhit sifati
Kognitivlik darajasi
O‘rta
Savol formati
Ochiq javob – ekspert tomonidan
kodlanadi
Topshiriq. Asalari uyalari nobud bo‘lishi sindromi
2/5-savol
Savol: O‘ng tomonda joylashgan “Imidaklopridning ta’siri” matnini o‘qing.
Ochiluvchan ro‘yxatdan to‘g‘ri tugallangan jumlani tanlang.
Keyingi jumlani to‘ldirib, olimlar tomonidan o‘tkazilgan tajribani
tavsiflang.
56
Matn: “Olimlar fikricha, asalarilar oilalarining nobud bo‘lishining bir
qancha sabablari bor. SHulardan bittasi imidakloprid deb nomlangan insektetsid
bo‘lib, uning ta’sirida asalarilar uyasidan tashqarida mo‘ljal olish qobiliyatini
yo‘qotishlari mumkin.
Olimlar imidakloprid asalarilar oilalarining nobud bo‘lishiga ta’sir etishi
yuzasidan bir necha tajribalar o‘tkazishdi. Ular uch hafta davomida asalalarilar
oziqasiga imidaklopriddan qo‘shishdi. Turli uyalarda turli xil konsentrasiyalar
qo‘llanildi. Ayrim uyalarda esa insektetsid umuman qo‘llanilmadi.
Insektetsid bilan ta’sirlashganidan keyin hech bir asalari oilasi darhol
nobud bo‘lmadi. Shunga qaramasdan, 14-haftaga kelib, asalarilar uyalari bo‘shab
qoldi. Tajriba natijalari quyidagi chizmada keltirilgan:”
Vertikal chiziqda o‘lgan asalari oilalari soni
Insektetsid ta’siridan keyingi haftalar soni
O‘quvchilar
ochiluvchan ro‘yxatdagi uchta javobdan bittasini, ya’ni
to‘g‘ri javobni tanlashlari kerak bo‘ladi. Bunda ular savol mazmunini
tushunishlari
aniqlanadi.
SHunday
qilib,
bu
topshiriqni
bajarishda
o‘quvchilarning tabiiy fanlarning tadqiqot metodlarini qo‘llay olish
kompetensiyasiga tegishli bo‘lgan ko‘nikmalari tekshiriladi.
Ochiluvchan
menyuda quyidagi uchta variant taqdim etiladi:
asalarilar oilasining nobud bo‘lishi;
imidaklopridning ovqatdagi konsentrasiyasi;
asalarilarning imidaklopridga ta’sirchan emasligi.
To‘g‘ri javob – bu birinchi variant. “Asalarilar oilasiga ko‘p miqdorda
imidokril ta’sir ettirilganda, asalari oilalari tezroq nobud bo‘lgan.” CHizmani
tahlil qilib, shunday xulosaga kelish mumkin, ya’ni 14-haftadan 20-haftagacha 20
mg/kg ga nisbatan 400 mg/kg miqdorda preparat ta’sir ettirilganda asalarilar
oilasining nobud bo‘lish foizi oshgan.
57
Savol raqami
3
Kompetensiya
Tabiiy fanlarni tadqiq etish xususiyatlarini
tushunish
Bilim tipi
Amaliy bilim
Kontekst
Atrof muhit; mahalliy/milliy
Bilish darajasi
O‘rta
Savol formati
Murakkab ko‘p tanlov javobli
Do'stlaringiz bilan baham: |