8-prinsip. Test topshiriqlari mazmunining tizimliligi prinsipi.
Mazkur prinsipga asosan, test topshiriqlarining mazmunini tanlashda,
mazmun o’quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat
qilishda tizimlilik talablariga javob berishi lozim. Undan tashqari test
topshiriqlarining tizimli mazmuni, bir-biri bilan uzviy bog‘langan bilimlarning
umumiy strukturasini aks ettirishi zarur.
Demak, har bir test topshirig‘i umumiy bilimlar tizimidan uning muayyan
qismini nazorat qilishiga e’tibor qaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |