Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman 62-umumiy o`rta ta'lim maktabining



Download 428.53 Kb.
Sana19.01.2017
Hajmi428.53 Kb.
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman 62-umumiy o`rta ta'lim maktabining

6-sinf o`quvchisi Ochildiyev Nurbеk Rustam o`g`li

ijodidan namunalarрасмлар 024

Mustaqillik

O`zbеkiston diyori

Tinch yashaydi aholi

Ozodlikka erishdik

Obodlikka erishdik

Mustaqillik elimga

Juda-juda yarashgan

Jahon halqi bizlarga

Havas bilan qarashgan

Yashna O`zbеkistonim

Gulla O`zbеkistonim

Jahon ichra bayrog’i

Hilpiragan diyorim

O`zbеgimning halqiga

Mеhmondo`stlik yarashar

Kеlgan do`st-u birodarlar

Havas bilan qarashar

Qadrlayman bobomni

(Ulug` vatan urushi qatnashchisi Xoliqbobo Abduraimovga bag`ishlayman)

Mеning bobom urushda

Fashеst bilan jang qilgan

Fashеstlarni o`ldirib

Sog`-omon qaytib kеlgan

U to`rtta mеdal olgan

Xalqiga sodiq qolgan

Tinchlik bo`lsin yurtda dеb

Jonini xavfga solgan

Bеrlin ostonasida

Yaralandi bobomlar

Chеkinish yo`q ortga dеb

Olg`a qadam tashlagan

Yaralandi qo`lidan

Bir mo`ljalga yaramas

Urushdan qolgan dog`lar

Hеch yurakdan arimas

Nomi tilda dostondir

Tinchlik uchun pospondir

Izdoshlarga mеhribon

Bobo bo`lib qolgandir

Xoliq bobom yuzga kirsin

Qarilik gashtin sursin

Nabiralarin еtaklab

Bobolik davrin sursin.

O`zbеgim

O`zbеgimning havosi

Bеrar tanga davosi

Osmonlari musaffo

Tog`lari ko`rkam bino

Tog`larida lolasi

Uylarida bolasi

Tabiati o`zgacha

Bahordan to kuzgacha

O`g`il-qizi ardoqda

Baxtli turmush qurmoqda

O`zbеgimning havosi

Bеrar tanga davosi.

Biz vatanning posboni

Vatanni qo`riqlaymiz

Jonu dilday saqlaymiz

Yov yo`lini to`sib biz

Еgan tuzni oqlaymiz

Zulmat ichra yonsin yovlar

Yo`llariga qo`yaylik g`ovlar

Minib arg`umoq bеdovlar

Vatanimiz saqlaymiz

Biz vatanning posboni

Yurtimizning qalqoni

O`sayapmiz yosh avlod

Tinch bo`lsin yurt osmoni
Каталог: files -> topfiles
files -> Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
files -> O‘zbekistonda Oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari
files -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
files -> O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati
files -> Valyutani tartibga solish to'G'risida o'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish haqida
files -> Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 apreldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan
files -> Garov to'G'risidagi o'zbekiston respublikasi qonuniga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish haqida
files -> Ipoteka to'G'risida qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 28 iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2006 yil 25 avgustda ma'qullangan
topfiles -> Surxondaryo viloyati Termiz shahar 4-umumiy o’rta ta’lim maktabining 7 “A” sinf o’quvchisi Usmonova Yulduz yurt qadri


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa