Surxondaryo viloyati haqida


Surxondaryo viloyati Geografik o'rni, Chegaralari



Download 72,5 Kb.
bet2/2
Sana14.07.2022
Hajmi72,5 Kb.
#801611
1   2
Bog'liq
Surxondaryo viloyati haqida

Surxondaryo viloyati Geografik o'rni, Chegaralari...


2 Oktyabr 2007
Surxondaryo viloyati mamlakatimizning eng jamubiy qismida joylashgan U ayni bir paytda Markaziy Osiyoning ham janubiy qismida joylashgan bo'lib , uning hududi quruq suptropik iqlimiy mintaqaga to'g'ri keladi . Viloyat hududini 37°10` - 39°02` shimoliy kenglik va 66°32`- 68°25` sharqiy uzoqlik chiziqlari kesib o'tadi .
Surxondaryo O'zbekston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi va yana 12 ta viloyatning biridir . U mamlakatimizning siyosiy , ma'muriy , ijtimoiy hayotida alohida o'rin tutadigan regiondir . Shuning uchun ham Surhandaryo viloyati mamlakatimiz tarkibida tashkil qilingan 5 ta iqtisodiy rayonning biri tarzida e'tirof etilgan.
Surhandaryo viloyatining tarkibi ma'muriy jihatidan davrlar osha va hattoki bizning asrimizda ham o'zgarib turgan.Jumladan Surhandaryo viloyatining hududi asrimizning boshida ma'muriy va siyosiy jihatdan Buhora amirligi qaramog'ida bo'lgan .U dastlab 1927 yilda O'zbekiston Respublikasi tarkibida tuzilgan viloyatlarning biri bo'lgan.Biroq tez orada u Buhora viloyati tarkibidagi " Surhandaryo okrugi" ga aylantirilgan. Faqat 1941 yil 6 mart kuni O'zbekiston oily Kengashining qarori bilan Surhandaryo viloyati tarzida qayta tuzilgan.
Oradan yillar o'tdi .Eski ittifoqning regionlardagi ichki tabiiy va va iqtisodiy shart -sharoit va imkonyatlarni hisobga olmasliklari oqibatida Surhandaryo va Qashqadaryo viloyatlri 1960yilning 25 yanvarida qo'shib yuborildi .Tabiiy ravishda bunday ish tutish hato edi.Shuning uchun ham bir-biridan tabiiy resuruslar va iqtisodiy imkonyatlari jihatidan katta farq qiladigan bu regionda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish bir hil kechmaydi .Viloyatning janubiy -Surhandaryo qismining halq ho'jaligi taraqqiyotiga markazdan uzoqlik salbiy ta'sir ko'rsatib turadi.O'zbeiston Hukumati va iqbolini belgilash tashkilotlari ma'muriy bo'linishdagi bu hatoni tuzatish maqsadida 1964yil 7 fevralida Surhandaryo viloyati ma'muriy jihatidan 14 tumanni birlashtiradi.Ular; Angor,Bandihon,Boysun,Denov,Jarqo'rg'on,Muzrabod ,Oltinsoy ,Qiziriq , Qumqorg'on , Sarasiyo ,Termiz Uzun, Sherabod,Shurchi tumanlaridir.Viloyatda 2 ta yirik shahar bor.Ular; Termiz, (viloyatning ma'muriy markazi) va Denov (viloyatning sanoatlashgan markazi) dir.Viloyatda 8 shahar kengashi va 3 kasaba kenggashi mavjud bo'lib , ular ma'muriy jihatidan tuman hokimliklariga qaraydi .
Surhandaryo viloyatining chekka (va ayni bir paytda janubiy geografik) o'rni uning boshqa viloyatlarga nisbatan ko'proq horijiy davlatlar bilan chegaralanishini taqazo qilgan.Surxondaryo viloyati Surxon - Sherobod vodiysida joylashgan bo'lib u yaqin horijiy davlatlar Tojikiston bilan shimol ,shimoliy sharq va sharq tomondan va Turkmaniston bilan g'arb tomondan, uzoq horijiy davlat Afg'oniston bilan esa janibiy tomondan Amudaryo o'zani orqali chegaralanadi .Shuningdek viloyat baland tog'lar orqali mamlakatimizning Qashqadaryo viloyati bilan ham katta masofaga chegaralanadi.Bu chegaraning sarhat chizig'I respublikamizning eng baland tog'i-Hisor tizmasining qirralariga to'g'ri keladi."Dunyo osmoni ." deb nom olgan Pomit tog'iga mansub bo'lgan hisorning qudratli devor tarzida cho'zilgan tizmalari : Qushtang (uning viloyat hududida joylashgan eng baland cho'qqisi dengiz sathidan 3723 metrga teng) , ketmon chopdi (3168m) Samimas (1890 m) , suvsiztog' (2122 m ) kulba tog'(2130 m) orqali o'tgan bu chegara ko'p joylarda yahshi ajratilmagan.Viloyatning Qashqadaryo orqali bo'lgan bu chegarasi shimolroqda chaqchar va boysun tog' suvayrig'ichi so'ngra janubiy g'arbda sho'rob botig'ining boshlang'ich nuatasi suvsiz tog' va ko'hitangning shimoldagi qirrasi orqali o'tadi.
Viloyat hududi egri chizilgan uchburchakni eslatadi .Uning o'lchamlari: shimildan janubga 220-250km g'arbdan sharqqa esa 150-170km ga cho'ziladi
Viloyatning 3 tomonidan tog'lar bilan o'ralgan, chegarasi janubiy tomonga ochiq unug janubdagi amudaryo o'zani orqali Afg'onniston davlati bilan o'tgan chegarasi esa daryo o'zaniga ko'ra g'oyat egri bugridir.
Surhandaryoning g'arbiy va shimoliy -g'arbiy checara chiziqlarida joylashcan baland tog'lar viloyatda o'zgacha iqlimiy sharoit hosil qiluvchi omillardandir. Janubiy chegaradagi ochiqlik esa shimoliy -shimoliy -g'arbiy havo massa (oqim )larining viloyat hududiga kirib kelishi uchun " darvoza" hisoblanadi.Viloyat iqlimi subkontinental , qishi iliq , yozi issiq va quruq bo'ladi . Yozda kunduzi harorat 46-48 darajagacha etadi . Viloyat janubida havo namligini keskin tushirib yuboradigan quruq , janubi - g'arbiy shamollar esadi .Viloyatning tabiatga tabiiy landshaftiga uning iqlimi ,suv resurslari, tuprog', o'simliklar va hayvanot dunyosi holatiga uning geografik o'rni (ayniqsa chegara qismidagi tog'lar )ta'sir ko'rsatib turadi .Shuningdek viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga chegaradosh davlatlar bilana'loqaning ta'siri kuchli .Ayniqsa Afg'oniston bilan Amudaryo porti va Amudaryo temir yo'l (va ayni paytda "Avtomabil yo'li ") ko'prigi orqali olib borilayotgan 20 mingdan ortiq Osiyo va Evropa davlatlarining iqtisodiy , tehnikaviy ,savdo-sotiq aloqalari hamda Tojikistin bilan Termiz-Dushanbe , Termiz-Yavon temir yo'l va avtomabil yo'llari orqali olib borilayotgan aloqa viloyat ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga o'ta kuchli ta'sir ko'rsatib turadi.
Viloyat hududining qo'lami 20,8 ming kv .km.U mamlakatimiz hududining 4.6 % ni tashkil qiladiBiroq Surhandaryo egallagan maydonning kattaligi jihatidan mamlakatimiz viloyatlari ichida salmoqli o'rinda turadi.Ya'ni Surhandaryoning hududi Horazim viloyatlnikidan 33, Andijonnikidan 4.9 , Namangannikidan 2,6, yoki Farg'onanikidan 2,9, Sirdaryonikidan 4 marta kattadir .Agar Surhandaryo viloyatining hududi qator horijiy mamlakatlarniki bilan qiyos qilganimizda ham uning salmoqli ekanligi bildiramiz.Jumladan uning hududi Kiprnikidan 2,23 ,Quvaytnikidan 1,3, Livanikidan 2, Singapurnikidan 34,7 marta katta.Shuningdek ,Surhandaryoning hududi Markaziy Amerikadagi Yamayka davlatiniki (21,0 ming kv .km ) ga deyarli teng. Tuproqlari .Tuproq tabiatning eng muhum tarkibiy qismi bo'lib ,u o'zida jonli va jonsiz tabiiy boylikni mujassalashtirgan hosiladir .Viloyat hududining murakkab orografik hususiyatlari unda tuproq ona jinsining har hilligini keltirib chiqargan .Chuning uchun regionning tuproq qatlami va uning tiplari va tarkibi joydan joyga o'zgarib boradi .Bu erda cho'l zonasiga hos tuproqlar tarqalgan bo'lsada , ular bir butun yahlit maydonlar hosil qolmaydi ,balki joining rel'ef hususiyatlari ,sizot suvlarining himyaviy tarkibi ,chuqurligi va boshqa tabiiy omillariga binoan tuproq tiplari almashib turadi.Surhandaryoda bo'z tuproq keng tarqalgan .Uning 3-tipi uchraydi ; taqirli bo'z tuproq , tipik bo'z tuproq va to'q tusli bo'z tuproq.
Taqirli bo'z tuproq. Taqir tuproq bilan bo'z tuproqning o'tkinchi zonasida keng tarqalgan.Bu tuproqlar mehanik tarkibining og'irligi ,tekis yuzali rel'ef ko'rinishiga ega bo;lganligi bilan ajralib turadi.Taqirning yuza qatlami odatda jich bo'ladi , suv o'tkazmaydigan qatlan hosil bo'ladi .Bu narsa esa o'simlikning rivojlanishiga bog'liq bo'ladi.Shurlangan bu tuproqlarda chirindi kam(0,40-1,03 %) atrofida .Taqirli bo'z tuproq tog' tizmalari orasidagi cho'kmalarda , Sherobod va Surhon daryolarining quyi qismlarida , Qiziriqdara platosida uchraydi.
Taqirli bo'z tuproq och tusli bo'z tuproq bilan almashadi .Och tusli bo'z tuproq esa viloyatning tekislik zonasida keng tarqalgan .Uning tarqalish geografiyasi dengiz sathidan 300-metr balandlikdan toki 500-700 metrgacha boradi .Bu tuproq daryo vodiylarida ayniqsa less yotqizg'ichlari bilan qoplangan.Uning sug'orma dehqonchilik qilinadigan (va allyuvial yotqizg'ichlardan tashkil topgan ) qismida tuproq unumdorligi yuqori .Biloyatning shimoliy va qisman markaziy tumanlarida uzoq yillar davomida dehqonchilik qilinishi va meliorativ tadbirlarning o'tkazilishiga qaramasdan och tusli va tipik bo'z tuproqlarda unumdorlik pasayib bormoqda .Chirindining asosiy qismi haydalma qatlamda bo'lib , pasga tonon kesgin kamayib ketadi.Sherobod cho'li zonasida esa och tusli tipik bo'z tuproqlar sho'rlanib ketmoqda.Nazarimizda sho'rlanishning bosh sababi sug'orma dehqonchilik qilinadigan zonadan yuqori (balandlik) da suv ombori va boshqa suv havzalarining tashkil qilinganligi va rel'efdagi nishoblikning etarli emasligi , bug'lanish miqdorining g'oyat kattaligidir.
Shuningdek Sherobod cho'lining dehqonchilik doirasiga tortilgan hujaliklarida sho'rlanishga qarshi meliorativ tadbirlarning qul uchida bajarilganligi shunday salbiy oqibatlarga olib kelgan.
Tipik bo'z tuproq. Yassi tog'lar va ularning yonbag'irlari , lalmikor erlar bilan sug'orma dehqonchilik qilinadigan hududlarning bir qiamida tarqalgan.Bu tuproq dengiz sathidan 700 m dan toki 1100-1200 metrgacha bo'lgan balandliklarda keng tarqalgan. Tuproqning ishchi qatlami ancha unumdor .Viloyatda bo'z tuproq egallagan erlar 300-340 ming ga atrofidadir .Uning bir qismida sug'orma , qolgan qismida lalmikor dehqonchilik qilinadi.
To'q tusli bo'z tuproq . Umumiy qonuniyatga ko'ra viloyatning tog'li va baland tog'li zonalarida dengiz sathidan 1100-1200 m dan balandlikda tarqalgan.Ularning tarkibi och tusli tuproqlarga qaraganda 2,5 marta . Tipik bo'z tuproqga nisbatan esa 1,5 marta chirindiga kambag'al.Bu tuproq uncha madaniylashmagan va ko'p joylarda ishchi qatlam ham hosil bulmagan .To'q tusli bo'z tuproq tarqalgan zonada shag'al va harsang toshlar ko'p uchraydi .Tuproq tarkibidagi suglinkali chirindining ko'pi atmosfera yog'inlari natijasida yumilib ketgan.Bu tuproqning etak qismlaridan dehqonchilik lalmikor hujalikda foydalaniladi holos.
To'q tusli bo'z tuproqning tarqalish balandligini keltirdik.Biroq bu tuproq viloyatning tog'li zonasida ayniqsa dehqonchilik qilinadigan tog' yon bag'rlarida ancha past.(800-700m) da ham tarqalganini kuzatish mumkin.Tog' oldi qiya tekisliklarida barcha (va shu jumladan to'q tusli bo'z ) tuproq eroziyaga chalingan .Bu tuproqlarda erosiya sel va shunga o'hshash boshqa dehqonchilik uchun nomaqbul jarayonlarning bo'lishiga qator tabiiy sharoit sababchidir .Tuproq ustgi qatlamining emirilishi geografik-geologik toifadagi omillar zamirida vujudga keladi .To'rtlamchi davrga oid less lessimon (soz tuproq ) g'ovak jinslarning 20-60 m (ba'zan bundan ham ko'p) qalinlikdagi qatlamlarda tarkib topganligi ,aksar joylarda qiyalikning 15-20 darajaga borishi , iqlimning quruq va iliqligi , yog'in sochinning kamligi va no teks taqsimlanganligi mahalliy shamollarning tez-tez yuz berishi , o'simlik qoplamining siyrakligi va er yuzasining tez (o'simlik qovjirab qurishi bilan) ochilib qoloshi , ya'ni markaziy osyoga hos bo'lgan " Yalang'och tog'lik " sharoiti va boshqa jug'rofiy omillar tuproq eroziyasining keng rivojlanishiga olib kelgan. Ayni paytda ushbu bahorikor zonada , shuningdek yaylov tarzida foydalaniladigan bu mintaqada insonning hujalik faoliyati ham tuproq usti qatlamining emirilishiga qo'shimcha omil sifatida ta'sir ko'rsatgan .Surhondaryoning o'ng irmoqlari To'polang , Sangardak va Ho'jaipok daryolarining hafzalarida eroziya ayniqsa ko'priq kuzatilmoqda .
Sho'rhoklar , qumoq tuproqlari va taqir ham viloyatning sug'orma dehqochlik qilinadigan zonasida areal tarizda uchraydi .
Surhondaryoda qishloq ho'jalik ishlab chiqarisni intensuv rivojlantirish masalasi ,avvalo uning er resursidan ,tuproq qatlamidan to'ri va unumli foydalanishni taqozo qiladi .Tuproqning donadorligi ,chirindiga boyligi ,sifati mo'l hosil garovidir.Shu jihatdan regionning yangidan ishlab chiqarish doirasiga tortilgan zonasida tuproqning sho'rlanishi tezlashib bormoqda va yning toboro keng maydonni qamrab olishi hatarli tus olmoqda.Nazarimizda bu narsaning oldini olish ,sho'rlanishiga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish dolzarb aylanmog'I lozim .shu jihatdan sug'orma dehqonchilik qilinayotgan cho'l zonasida yangidan qoshimcha zovur va kollektorlar qazish , yopiq drenajalarni qayta ta'mirlash , sho'r yuvish ishlarini yuksak agrotehnika qoidalari asosida har yili erta bahorda o'tkazish , suv va shamol eroziyasiga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqish muhimdir.
Download 72,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish