Surxondaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi


Tayanch va fanga oid kompetenshiyalar



Download 105,64 Kb.
bet2/8
Sana12.05.2023
Hajmi105,64 Kb.
#937416
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
OMMALASHTIRISHGA DARS ISHLANMA (maktabda) 27.01.2022

Tayanch va fanga oid kompetenshiyalar:
Tayanch kompetensiya: o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv mavzusini bilish, uni ifodalay olish va qismlarga ajrata olish;
Fanga oid kompetensiya: kundalik hayotda uchraydigan koordinatalar sistemalarini real obyektlar joylashuvini aniqlashda qo‘llay oladi;
Dars turi: Yangi bilim berish, darsda “Zinama-zina”, “Kunga boqar”, “Aqliy hujum”, testlarga og‘zaki tezkor javob berish hamda zakovat intellektual savollardan foydalanish rejalashtirilgan.
Dars usuli: Yakka tartibda va guruhlarda ishlash
Dars jihozi: Mavzuga oid ko‘rgazma, tarqatmalar, test savollari, 8-sinf Biologiya darsligi
Darsda vaqt taqsimoti:



Bo‘limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

Uyga vazifani tekshirish

6 daqiqa

3

Yangi mavzuni yoritish

14 daqiqa

4

Yangi bilimlarni tekshirish va mavzuni mustahkamlash

20 daqiqa

5

Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash

2 daqiqa

6

Uyga vazifa

1 daqiqa

7

Jami

45 daqiqa

Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani tekshirish: Blits savollar orqali savol-javob o‘tkazish orqali o‘tilgan mavzuni so‘rab olish va mustahkamlash.
III. Yangi mavzuni yoritish:
Oshqozon. Oshqozon qorin bo‘shlig‘ining yuqori qismida, diafragma ostida joylashgan. Uning sig‘im hajmi katta yoshdagi odamlarda 2 ltrdan 2,5 litrgacha. Oshqozon devorinmg shilliq pardasida oshqozon shirasi ajratib chiqaradigan juda ko‘p mayda bezlar joylashgan (55-rasm). Oshqozonning yuqori - kardial, pastki - pilorik va chap tomonga kengaygan tanasi bor. Oshqozon shirasi tarkibida shilimshiq modda, fermentlar va xlorid kislota bo‘ladi. Shilimshiq modda oshqozon devorini mexanik shikastlanishdan va fermentlar ta’siridan himoya qiladi. Fermentlar ovqat tarkibidagi oqsillar va yog‘larm parchalaydi. Xlorid kislota mikroblarni zararsizlantiradi va oshqozon shirasi fermentlari ishini faollashtiradi. Ovqat 4-8 soatdan so‘ng ingichka ichakka o‘tkaziladi.

Oshqozonosti bezi aralash sekretsiya bezi bo‘lib, uning Langergans orolchasi deb ataladigan kichik qismi ichki sekretsiya bezi funksiyasini bajaradi. Qolgan qismi esa o‘n ikki barmoq ichak bo‘shlig‘iga hazm shirasi ishlab chiqaradi. Uning shirasi tarkibida ichakdagi oqsillar, yog‘lar va karbonsuvlarni parchalovchi fermentlar bo‘ladi (55-rasm).

Jigar. Jigar qorin bo‘shlig‘i yuqori qismida, o‘ng tomonda, qovurg‘a yoyi ostida joylashgan. Jigar hujayralari o‘t suyuqligi ishlab chiqaradi. Bu suyuqlik o‘t pufagida to‘planib, maxsus naycha orqali o‘n ikki barmoq ichak bo‘shlig‘iga chiqariladi. O‘t suyuqligi yog‘larni emulsiyalab, hazm bo‘lishini tezlashtiradi. Bundan tashqari, jigar organizmni turli xil zaharli moddalardan himoya qiladi. Jigar qonni filtrlab, oziq moddalar bilan qonga sohiladigan zaharli moddalardan tozalaydi.

Ingichka ichak. Ingichka ichak odam bo‘yidan 3-4 marta uzun bo‘ladi. Uning oldingi qismi o‘n ikki barmoqli ichak deyiladi. O‘n ikki barmoq ichakning uzunligi 12 ta qo‘l barmoqlari kengligi - 25-30 cm ga yaqin keladi. Uning diametri ichakning boshqa qismlariga nisbatan kengroq. O‘n ikki barmoq ichakka oshqozonosti bezi va jigarning o‘t yo‘li ochiladi. Ingichka ichakning yo‘g‘on ichakka o‘tadigan qismida kalta ko‘richak joylashgan. Uning keyingi qismida ingichka chuvalchangsimon o‘simta - appendiks osilib turadi. Ingichka ichakning shilliq pardasida joylashgan juda ko‘p mayda bezlar ichak shirasi ishlab chiqaradi.

Ingichka ichakning ichki yuzasida mayda tukchalar - vorsinkalar joylashgan (56-rasm). Vorsinkalar devori bir qavat epiteliy hujayralardan iborat. Ichki qismida qon va limfa tomirlari bo‘ladi. Fermentlar ta’sirida parchalangan oziq moddalar vorsinkalar devoridan qon va limfaga so‘riladi. Ingichka ichak shilliq pardasida va ayniqsa, ko‘richakning chuvalchangsimon o‘simtasida ko‘plab limfa tugunlari joylashgan. Limfa tugunarida organizm immun sistemasining tarkibiy qismi hisoblangan antitelolar ishlab chiqaradi.


Download 105,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish