Surxandaryo viloyati maktabgacha


Reja: 1. Davlat ramzlari va ularga nisbatan hurmat



Download 1,45 Mb.
bet65/93
Sana20.07.2022
Hajmi1,45 Mb.
#828150
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   93
Bog'liq
Surxandaryo viloyati maktabgacha

Reja:
1. Davlat ramzlari va ularga nisbatan hurmat
hissini shakllantirish.
2.. Fuqaroga xos bo‘lgan sifatlami shakllantirishda milliy qadriyatlar.
Davlatimiz ramzlari — bayroq, gerb, madhiya 0 ‘zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o'zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni e’zozlash o‘zining qadr-qimmatini, o‘z mamlakatiga va shaxsan o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash demakdir. 0 ‘z mamlakati bilan faxrlanadigan inson juda ko‘p narsalarga qodirdir. Bu esa oilaning ham, o‘z Vatanining ham shon-shuhratini oshiradi.Davlat ramzlari muayyan millatning etnopsixologik xususiyatlari, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari hamda maqsadini, hududiy, siyosiy-ijtimoiy birlik mohiyatini ajratishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmuyidir. Muayyan davlatning bayrog‘i, gerbi hamda madhiyasi davlat ramzlari majmuyini ifodalaydi.
Davlat ramzlari o‘zlarida chuqur siyosiy va ijtimoiy mazmun ifoda etadi. Davlat ramzlarida (bayroq, gerb) tasvirlangan ranglar, tasvirlar shu xalq, millat o‘tmishi, qadim an’analari, xalqning turmush tarzi, orzu-umidlari, maqsadi, g‘oyalarini ifodalashiga xizmat etadi. Davlat madhiyasida esa xalq, millat, davlat va jamiyatning yagona maqsadi, birligi, g‘oyalari tarannum etiladi.Davlat ramzlari davlat mavjudligini ko‘rsatuvchi belgilardan sanaladi. Ramzlar shartli belgilar bo‘lib, ular qadim davrlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini, ularning qarashlarini ifodalagan.Davlat bayrog‘i, gerbi ham jahon miqyosida mavjud bo'lgan muayyan davlatning o‘z xalqi, millati nomidan faoliyat yuritish imkoniyatiga ega ekanligini anglatadi. Shu bois, 1991-yil 15-fevralda 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «0‘zbekiston Davlat ramzlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilinib, unga muvofiq1991-yil 15-oktabrda respublika bayrog'i, 1992-yil 21-iyulda esa respublika gerbi qabul qilindi.
Mustaqil 0 ‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i uch xil rangda bo‘lib, ko‘k, oq, yashil ranglardir. Oq rang qizil rang bilan hoshiyalangan. Respublika bayrog‘ida yurt tarixi, o‘zbek xalqining milliy ruhi va yurt tabiati jamoli aks ettirilgan. Bayroqning chap tomoni yuqori qismida yarim oy va 12 yulduz tasviri tushirilgan.
Moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan inangu osmon va obihayot ramzidir. Timsollar tilida bu yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. 0 ‘rtadagi oq rang esa yorug‘ kun va pokiza, oq ko'ngilli xalqimizninS tilagi, qizil hoshiyalar esa tomirlarda urayotgan qon kabi tiriklik va hayot ramzidir. Yashil rang esa qadim-qadimdan tabiatning yangilanish belgisi, oy (yangi oy) tasvirining berilishi mustaqillik sharoitida hayot kechirish xalqimiz uchun o‘ziga xos yangi davr ekanligi ifodasidir, yulduzlar sonining 12 taligi yil oylariga, muchal hisobiga nisbatdir.
Davlat ramzlarining yana biri, bu — davlat gerbidir. 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining qqbul qilinishi « 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonun g‘oyalari hamda xalqimizning ming yillik boy tajribasi asosida amalga oshirildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbida tog‘lar, daryolar, bug‘doy boshoqlari (chap tomonda), oqhilgan g‘o‘za shoxlarining (o‘ng tomonda) gulchambar holidagi tasviri aks ettirilgan.
Gerb o‘rtasidagi serquyosh yurt ramzi b o ‘lgan quyosh o‘zining zarrin nurlarini sochib turibdi. Gerbning yuqori qismida respublika mustaqilligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichida yarimoy va yulduzlar joylashtirilgandir.
Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi bo‘lgan kumush rangli Xumo qushi qanotlarini yozib turgan holda tasvirlangan. Gerbning past к i markaziy qismida Davlat bayrog‘i ranglaridagi chambar lenta o‘zagida «0‘zbekiston» so‘zi yozilgan. Gerbda ifoda etilgan sakkiz qirrali burchak ijtimoiy hayotning barcha jihatlarini ma’lum bir g‘oya, kuch birlashtiradi, degan ma’noni anglatishga xizmat qiladi. Paxta va bug'doy boshoqlarining tasviri rizq-u ro‘zimiz nishonasidir.
Davlat gerbining huquqiy maqomi ham maxsus qonun bilan qo‘riqlanadi.
Madhiya — har bir davlatning bosh va asosiy qo‘shig‘i hisoblanadi. Unda muayyan davlat, unda yashaydigan xalqning ruhiyati, o‘ziga xos tabiati, orzu-umidlari tarannum etiladi.
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi»da jonajon mamlakatimiz 0 ‘zbekistonning asosiy jihatlari, betakror tabiati xalqimizning ajoyib xislatlari, ajdodlarimizning mardona ruhi, bag‘rikengligi, mustahkam imon jo‘shqin misralarda kuylanadi. Yurtimizning kelajagiga umid va ishonch uyg‘otadi.
«0‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi» Oliy Majlisning1992-yil 8-dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sifatida qabul qilindi.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish