Surxandaryo viloyati maktabgacha


Reja: 1.Pedagogika fanining kelib chiqishi



Download 1,45 Mb.
bet5/93
Sana20.07.2022
Hajmi1,45 Mb.
#828150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
Surxandaryo viloyati maktabgacha

Reja:
1.Pedagogika fanining kelib chiqishi.
2.Pedagoglik kasbi haqida sharq va g’arb mutafakkirlarining fikrlari.
3.Tarbiyachi kasb etikasi.
Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash xalqimiz- ning azaliy orzusi bo'lib, ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'rgatish, ularni komil- likka yetaklash yo'llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo'lgan. Insonni ma'rifatli va ma'naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi. Pedagogika - yunoncha so'z bo'lib, «bola yetaklovchi» - ma'nosini bildiradi. Insonlarni ma'rifiy va ma‟naviy barkamol- likka munosabatlarni o'zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o'z mavqeyiga ega bo'ldi. Shu tariqa in- sonnni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o'rin egallagan. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Bundan uch ming yillar ilgari Zardushtiylik di- nining muqaddas
kitobi «Avesto»da ta'lim-tarbiya masalalari- ga katta ahamiyat berilgani holda, uning ibodatxonalari qoshi- da maktablar tashkil etilib, kohinlar tomonidan bolalarning ta'lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Bu ta‟lim-tarbiya tizimi quyidagi tartibda amalga oshirilgan: diniy va axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, o'qish va yozishga o'rgatish. Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e'tibor qaratganlar. Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Abu Ray- hon Beruniy, Az-Zamaxshariy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy singari ulug' olim- u adiblar, fozilu-fuzalolar ta‟lim-tarbiya borasida ko'p asarlar bitganlar. Sharq pedagogikasining asoschilari Abu Nasr Faro- biyning «Fozil odamlar shahri», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asari, Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub»i, Kaykovusning «Qobusnoma»si kabi asarlar bunga dalildir. Mazkur ta'limiy asarlarda inson shaxsini ma'naviy kamol- ga yetkazish yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash asosidagina amalga oshirish mumkin, degan g'oya ilgari surilgan. Haqiqiy bilimga asoslangan ta'limiy uslub shakllanadi, natijada ta'lim- tarbiya olimlar diqqat markazida bo'ldi. Farobiy ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida inson ta- komilida ta'lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e'tibor berish zarurligi, ta'lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritilgan. «Fozil odamlar shahri», «Baxt-saodatga erishuv to'g'risida», «Ilmlarning kelib chikishi» kabi maorifiy asarlarida olimning tarbiyaviy qarashlari o'z ifodasini topgan. Abu Rayhon Beruniyning bilimlarni egallash yo'llari haqida- gi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. 0„quvchiga bilim berishda ularni zeriktirmaslik, uzviylik, izchillik va hoka- zolarni e'tiborga olish kerakligini uqtiradi. Beruniy inson ka- molotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu hozirgi zamon pedagogikasida e'tirof etiluvchi irsiyat, muhit va tarbiyadir. Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishining birinchi mezo- ni sanalgan bilim egallashga da‟vat etadi. Bilimsiz kishilar johil bo'ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo'lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni yengildan og'irga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo'lishi, bilim berishda bolaning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olish, o'qitishni jismoniy mashqlar bilan olib borish kerakligini uqtiradi. Pedagogik fikr rivojlanishida rus pedagogi K.D.Ushinskiy- ning pedogogik, nazariy qarashlari «Inson tarbiya predme- ti sifatida» degan mukammal asarida bayon qilib berilgan. «Ona tili», «Bolalar dunyosi» kitoblari barchaga yaxshi ma‟lum bo'lib, u ta'limning ko'rgazmaliligi, ongli va uzviy olib borish masalalarini ishlab chiqdi. Pedagogika fan sifatida rivojlanishida chex pedagogi, olimi Yan Amos Komenskiy (1592-1670)ning hissasi katta bo'ldi. Uning «Buyuk didaktika» asari haqli ravishda pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi, Undan tashqari «Onalar maktabi» degan Maktabgacha ta'lim qo'llan- masi va bir qancha kitoblari diqqatga sazovordir. Komenskiy o'zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg'un bo'lishi to'g'risidagi tushunchani ilgari suradi. Pedagog bolani tarbiyalaganda, bog'bon daraxtning biologik o'sish qonuniyat- ini hisobga olgani kabi, undagi tabiiy bilish xususiyatlarini hisobga olishi shart, deydi. Komenskiy o'qishga hammaning jalb qilinishini, hamma umumta'lim olishi kerakligini uqtiradi.Tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalaming mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli munosabatda bo‘lish odatlarini singdiradi. Ularda yaxshilik, haqiqatgo‘ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o'simlik va hayvonlarga g‘amxo‘rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalaming mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi.Xalq san’ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalami ma’lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishi uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rishi kerak. U quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:
• yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori malakali, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg‘or tajribali pedagoglaming tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tatbiq eta oladigan kishi bo‘lishi; .>
• bolalarni kuzata oladigan ularning xulqi, xatti-harakati sa-
bablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ijobiy ta’sir etuvchi vosi-
talarni topa olishi;
• yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy,ixcham bo‘lishi, ta’lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, ko‘nikmalarni yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun faollashtiruvchi savollardan foydalanishi;
• o‘ziga yuklangan vazifani bajarishi uchun bolalarda o‘sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘ota olishi, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini o‘stirishi, bolalarning xulqini, xatti- harakatini haqqoniy baholay olishi;


Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish