4.Mavzu: Maktabgacha ta’lim pedagogikasining boshqa
fanlar bilan bog‘liqligi.Pedagogik -ilmiy tadqiqot metodlari
Reja:
1. Maktabgacha ta’lim pedagogikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
2. Pedagogik -ilmiy tadqiqot metodlari
3. Maktabgachii ta’lim pedagogikasiningpredmeti
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi jamiyat va insonni o‘rganuvchi fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Pedagogika ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o‘rganar ekan, sotsiologiya, anatomiya, fiziologiya, psixologiya, falsafa bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki mazkur fanlar asosida tarbiyaning maqsadi va vazifalarini o‘rganish metodologiyasi belgilanadi. Tarbiyaning paydo bo'lishi va rivojlanishi ijtimoiy hodisa ekanligi, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivojlanishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariyasiga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o‘rgatishda pedagogika etikaning axloq to‘g‘risidagi ta’limotiga, estetik tarbiyaning maqsadini, yo‘llarini, metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi. Etika axloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g'oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi.Estetika insonlarning voqelikka, san’atga estetik munosabatlari rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo‘lib, u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabilarning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarga tayanadi.Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolarni to‘g‘ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta’siri va shu singarilarni belgilashda pedagogikaga yordam beradi. 0‘sib borayotgan organizm tuzilishi va harakat qilish qonuniyatlarining asosiy tamoillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta’lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. Bu xususiyatlarni bilmay turib, tarbiyalanuvchilarning u yoki bu mashg'ulotlari shakllarini to‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi. Shu bois pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o'tadigan psixik jarayonlariningqonuniyatlari haqidagi ma’lumotlar muhimdir. Shunga ko'ra pedagogikaning psixologiya fani bilan bog‘liqligi an’anaviy tus olgan.Hozirgi zamon pedagogikasi ko‘p tarmoqli fan bo‘lib, avvalo,u tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog‘lanadi. Pedagogika boshqa fanlar bilan bog‘lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi kabi alohida o‘rin tutadi. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlarilmiy tadqiqot metodlari ko‘proq pedagogik muammolarni halqilish maqsadida tadqiqotchilar tomonidan o‘rganiladi. Oilaviy muammolarni o'rganishda dastlab manbalarga murojaat etiladi.Adabiyotlar bilan ishlash metodi. Pedagogikaga doir adabiyotlarni o‘rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma’rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, mustaqil 0‘zbekistonning iqtisodiyoti, siyosati va ma’naviyatiga doir adabiyotlar, va ommaviy adabiyotlar o‘rganiladi.Kuzatish metodi. Kuzatish adabiyotlarni o'rganishdan keyinboshlanadi. Kuzatishni ota-ona biror maqsadni ko‘zda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatish, materiallami qayd qilish muddati belgilanadi. Kuzatish muddatiga ko‘ra, ikki turga ajratiladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish. Qisqa kuzatishda obyektning kundalik faoliyatdagi o‘zgarishlaridan ma’lum xulosaga kelinadi. Uzoq muddatli kuzatish qo‘yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, unda ma’lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Kuzatishning yakuniy qayd qilishda kinosyomka, video yozuvi, televideniye va boshqa tcxnik vositalardan foydalanish mumkin. Kuzatish metodidan to'g‘ri foydalanish o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi. Yangi ijodiy faoliyatga boshlaydi.Suhbat metodi. Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki hodi- salar haqida bilib olish maqsadida ma’lum mas’ul shaxslar bilan og'zaki savollar berilib, ulardan axborot olish jarayonidir. So'roqlar mavzu doirasida mantiqan, mazmunli, tartibli, aniq ifodaga ega bo‘Iishi lozim va uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qarab jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida intervyu ham olish mumkin. U pedagogik jarayonga aralashadi, tarbiyalanuvchiiar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik tadqiqot dastlabki ma’lumotlarni, aniq sharoitlarni va o‘qitish usullani yoki tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuning- dek, tadqiqot natijalarini har tomonlama hisobga olishni talab etadi.Pedagogik laboratoriya turi ilmiy-tadqiqotning qat’iy shaklidir. Juda keng pedagogik kontekstdan uning muayyan tomoni ajratib olinadi, natijalari aniq tekshirib borishga va o'zgaruvchan kattaliklar o'rnini almashtirishga imkon beradigan sun’iy sharoit yaratiladi. Quyidagilar pedagogik tadqiqotning bosqichlari hisoblanadi: tadqiqotni rejalashtirish, tadqiqot o‘tkazish va natijalarni sharhlash. Rejalashtirish tadqiqot maqsadi va vazifasini belgilash, tadqiqot natijasiga ta’sir etuvchi omillar va ular darajasining miqdorinianiqlashni, kerakli kuzatishlar soni, tadqiqot o'tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish metodlarini o‘z ichiga oladi. Tadqiqotni tashkil etish va o‘tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib borilishi kerak. Sharhlash bosqichida ma’lumotlar yig‘iladi va qayta ishlanadi. Tadqiqot o'tkazish ishonchliiik tamoyiliga javob berishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish zarur:
1. Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining optimal bo ‘lishi.
2. Tadqiqot metodlarining ishonchliligi.
3. Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga olish.
Ilmiy tadqiqot turli ta’lim-tarbiyaga oid metodlarning sama-radorligini va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematikametodlarining hamda kompyuter yordamidagi tadqiqot natija- larining pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi.
Bu fanning predmeti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi rivojlanishiga
qo‘yiladigan davlat talablariga suyangan holda faoliyat yuritish;
• maktabgacha ta’lim pedagogikasining ta’lim-tarbiya mazmunini takomillashtirish;
• ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metod va usullarni axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish;
• bolalarni jismoniy, aqliy, ruhiy sog'ligini ta’miniashda o‘qituvchi-tarbiyachi mahorati.
Do'stlaringiz bilan baham: |