33-Mavzu:Axloqiy tarbiya berishning asosiy tamoillari va metodlari.
Reja:
1. Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari .
2. Axloqiy tarbiyaning asosiy metodlari.
Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilami o‘z ichiga oladi:
— g‘oyaviy va tarbiyaviy ishning ma’lum maqsadga qaratilganligi;
— ta’lim-tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yondashish;
— axloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan birga olib borish;
— bolalarning faolligi;
— oila va MTM tarbiyaviy ta’sirining birligi;
— bola shaxsidagi ijobiy sifatlarga suyanish;
— bola shaxsining har tomonlama rivojlanishini ko‘zda tutish.
Axloqiy tarbiya tamoyillarini pedagogik shart-sharoit bilan qo‘shib amalga oshirish bolaning axloqiy rivojlanishiga samarali ta’sir etadi.Axloqiy tarbiya metodlari. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo‘llash muhim ahamiyatga egadir. Bu metodlar bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga qaratilgan faoliyat usulidir. Axloqiy tarbiya metodlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1-guruh. Axloqiy ongni, axloqiy tasavvur va bilimlarni shakllantirishga qaratilgan metodlar.
2-guruh. Madaniy xulq-atvor, ijobiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan metodlar.
3-guruh. Axloqiy his-tuyg‘ular va munosabatlarni rag‘batlantirishga qaratilgan metodlar.
Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga axloqiy norma va qoidalar, ij'timoiy hayot voqealari o‘rgatiladi. Ularda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Birinchi guruh metodlariga asosiy talablar quyidagilar: bolalarning yaxshilik, yomonlik to‘g‘risidagi tasavvurlarini e’tiborga olish; axloqiy xulq-atvor normalarini muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o'zlarini faol qatnashtirish; har bir bolaning his-tuyg‘usiga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lish. Bolani noo‘rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish qat’iyan man qilinadi. Hamma metodlardan izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi.
Bu metodning asosiy vazifasiga quyidagilar kiradi:
— bolalarda ijobiy axloqiy hislami qo‘zg‘ata olish, asar qahramonlariga hamdardlik bildirish — yutug‘idan quvonib, muvaffaqiyatsizligiga birgalashib achinish;
— bolalarga tushunarsiz bo‘lgan ayrim axloq qoidalarining mazmunini ochib berish;
— axloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg‘ulotlarda, sayrlarda, bolalarning o‘z hayoti bilan bog'liq bo‘lgan joylarda ham foydalanish.
Hamma metodlar axloqiy tasawur va tushunchalarni mustahkamlashga, bolalarda axloqiy tajribani to‘plashga, axloq normalari va qoidalarini ongli ravishda egallab olishlariga yordam beradi.Mashq (o‘yin kichik bog‘cha yoshidagi bolalar uchun mashq hisoblanadi) axloqiy xulq va odatlarni tarbiyalashning eng ta’sirli usulidir. Unga qoidalarni mashq qildirish, foydali odatlarni qaytarish kiradi. Eslatish — o‘rgatilgan tajribani yangilash, nazorat — o‘rgatilgan odatning to‘g‘ri va samarali ekanligini tekshirishdir. 0 ‘z-o‘zini nazorat qilish, bolani faollashtiruvchi shaxsiy gigiyena qoidalarini, ovqatlanish madaniyatini, ko‘chada, bolalar bog‘chasida xulq madaniyatini egallashni mashq qildirish bunga misol bo‘la oladi.Axloqiy tarbiya berishda uchinchi guruh metodlari ham muhim rol o‘ynaydi. Bu guruh metodlaridan tarbiyachi bolalarda ijobiy axloqiy sifatlarni mustahkamlash, bola xulqidagi salbiy tomonlarni yo‘qotish maqsadida foydalanadi. Bunda tushuntirish, ishontirish, suhbat shakllari qulay bo‘ladi.Tushuntirish bolalarni xulq qoidalari bilan tanishtirishda keng
qo‘llaniladi va ko‘pincha ko‘rsatish bilan bog‘lab olib boriladi.
Ishontirish tarbiyachining faoliyatida katta yordam beradi («Kasai bo‘lmaslik uchun ovqatlanishdan oldin qo‘lni yuvish kerak», «0‘rtog‘ini urish yomon»). Rag‘batlantirish va jazolash axloqiy tarbiyaning metodi bo‘lib, u asosiy metodlarga ta’sir etishning o‘ziga xos vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Tarbiyachi boladagi ijobiy xulqni qo‘llab-quwatlash, bunday xatti-harakatni faollashtirish yoki bo‘lmasa bolani yomon qiliqlardan qaytarish uchun rag‘batlantirishdan foydalanadi.Tarbiyachining har bir bolaga nisbatan diqqat-e’tiborli bolishi va pedagogik mahorat bilan yondashishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |