Yulduz-shinali topologiyada (star-bus) shina va passiv yulduzlar kombinatsiyasi ishlatiladi. Bunda konsentratorga alohida kompyuterlar ham va butun shinali segmentlar ham ulanadilar, ya’ni tarmoq-dаgi barcha kompyuterlar kiritilgan fizik topologiya amalga oshiriladi. Bu topologiyada bir nechta konsentratorlar ham ishlatilishi mumkin, ular bir biroviga ulanib magistrali, tayanchli deb nomlangan shinani tashkil qiladi. Konsentratorlarning har biriga alohida kompyuterli yoki shinali segmentlar ulanadi. Shunday qilib, foydalanuvchi o‘ziga qulay qilib shinali va yulduzli topologiyalarni avzalliklarini kombinatsiya qilish imkoniyatlaridan foydalaniladi, shuningdek tarmoqga ulangan kompyuterlar sonini oson o‘zgartiradi.
Yulduz-halqali topologiya holatida kompyuterlarni o‘zi birlashmaydi, balki maxsus konsentratorlar, ularga o‘z navbatida, yulduz shaklli ikkitali aloqa liniyalari yordamida kompyuterlar ulanadi. Haqiqatda, tarmoqning hamma kompyuterlari berk halqaga ulanadi, chunki konsentratorlar ichidagi barcha aloqa liniyalari berk konturni tashkil qiladi.
Bu topologiya yulduzli va halqali topologiyani ustunligini kombinatsiyalashga imkon yaratadi.
Masalan, konsentratorlar barcha ulanadigan nuqtalarni bir joyga yig‘ishga imkon yaratadi.
Tarmoq topologiyasi kompyuterlarni faqat fizikaviy joylanishlarini ifodalamasdan, lekin undan muhimrog‘i, ular orasidagi aloqalar xarakteri, tarmoq bo‘yicha signallarning tarqalganish xususiyatlari ifodalaydi. Huddi shu aloqalar xarakteri tarmoqning buzi-lishiga mustaxkamlik darajasini belgilaydi, tarmoqdаgi apparatlar-ning kerakli murakkabligini, almashuv boshqarish usulini eng to‘g‘ri keladiganini, uzatish muxitining mumkin turlarining (aloqa kanallari), tarmoqning mumkin bo‘ladigan o‘lchamlari (aloqa liniyalar uzunligi va abonentlar soni), elektr muvofiqlashtirishni kerakligi va h.k. tarmoq bilan birlаshgаn kompyuterlarni fizik joylanishi topologiyani tanlashda, umuman olganda, ta’siri kam har qaysi kompyuterlarni, ular qanday joylashganidan qa’tiy nazar, har qanday ol-dindan tanlangan topologiya yordamida har doim ulash mumkin (8-rasm).
rasm 10
Agar ulanadigan kompyuterlarni doirani konturi bo‘yicha joylashgan bo‘lsa, ular yulduz yoki shina bo‘lib bеmаlоl ulanishi mumkin. Agar kompyuterlar qandaydir markaz atrofida joylansa, ular bir birovi bilan shinali yoki halqali bo‘lib ulanishi mumkin. Kompterlar bir chiziq bo‘yicha joylashgan bo‘lsalar, ular yulduz yoki halqa bo‘lib ulanishi mumkin.
Boshqa gap, buning uchun kabelning kerakli yig‘indisi uzunligi qancha bo‘lishidir.
Adabiyotda tarmoq topologiyalari to‘g‘risida gap ketsa, tarmoq arxitekturasining har xil darajalariga tegishli to‘rt mut-loqo har xil tushunchalar o‘ylash mumkin.
Fizikkaviy topologiya (ya’ni kompyuterlarni joylanish sxemasi va kabellarni yotqizilishi). Bu ma’noda, masalan, passiv yulduz aktiv yulduzdan hech qanday farq qilmaydi, shu tufayli uni ko‘pincha oddiy “yulduz” deb ataladi.
Mantiq topologiyasi (ya’ni, aloqalar tuzilishi, signallarni tarmoq bo‘yicha tarqalganish xarakteri). Bu eng to‘g‘ri topologiyani ifodalash bo‘lsa kerak.
Almashuvni boshqarish topologiyasi (ya’ni, har bir kompyuterlar orasidagi tarmoqni o‘rab olish huquqini uzatish prinsip iva ketma-ketligi).
axboratviy topologiya (ya’ni, tarmoqdа uzatilayotgan axborot oqimining yo‘nаlishi).
Masalan, fizikaviy va mantiqli topologiyasi bilan “shina” boshqarish usuli sifatida tarmoqni o‘rab olish huquqi uzatish estafetasi (ya’ni, bu ma’noda halqa bo‘lishi) va bir vaqtda bita ajratilgan kompyuter orqali barcha axborotni uzatishdir (Bu ma’noda yulduz bo‘lish). Mаntiqli “shina” topologiyali tarmoq “yulduz” passiv fizikli topologiyasiga ega yoki “daraxt” (passiv) bo‘lishi mumkin.
Har qaysi fizik topologiyali, mantiq topologiyali, almashuv boshqaradigan topologiyali tarmoq axborotli topologiya mа’nоsidа yulduzli deb hisoblasa bo‘ladi, agar u yagona server va bir nechta kliyentlar asosida qurilgan bo‘lib, faqat shu server bilan mulog‘otda bo‘lsa. Bu holatda barcha mulohozalar markazning nosozliklari tarmoqni buzilishiga mustahkamligi past bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. (ya’ni serverni).
Xuddi shunga o‘xshab har qanday tarmoq axborotli ma’noda shina deb atalishi mumkin, agar u bir vaqtda server ham, kliyent ham bo‘lib kompyuterlardan tuzilgan bo‘lsa, har bir boshqa shina holatida ham, bunday tarmoq alohida kompyuterlarning nosozliklariga kam sezgirli bo‘ladi.
Kabel bo‘lmagan tizimlarda sharoit boshqacha. Ularning asosiy ustunligi shundaki, hech qanday simlarni o‘tqazish kerak bo‘lmaydi (devorlarda teshiklar qilish kerak emas, quvurlarda va talablarda kabelni o‘tqazish kerak emas, uni falshpollar tagida o‘tqazish, osilgan potoloklar ustida yoki ventiliyatsiyali shaxtalarda kabel nosozliklarni qidirish va tuzatish kerak emas). Yana shunga o‘xshab tarmoq kompyuterlarini xona va bino chegarasida joyini o‘zgartirish oson, chunki ular hech narsaga bog‘langan emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |