SUPER_BIOLOGIYA_UZ – YANA BIRINCHI, YANA OLDINDA,
YANA BIRINCHI RIVOJLANISHDA…
169.Amfibiyalarning kislorodga to’yingan qoni o’pka
venasi orqali … ga,teri venasi orqali esa … ga quyiladi
A)o’ng bo’lmacha,chap bo’lmacha
B) chap bo’lmacha, kovak vena
C)o’ng bo’lmacha, kovak vena
D) kovak vena, chap bo’lmacha
170.Amfibiyalarning miyasiga arterial qon qaysi qon
tomiri orqali keladi?
A)1 juft aorta yoyi
B) 1 juft uyqu arteriyalari
C) 1 juft arteriyalar
D)1 juft aorta yoyi va uyqu arteriyalari
171.Sudralib yuruvchilarda qorinchasidan nechta qon
tomiri mustaqil ravishda chiqadi
A) 3ta B) 3 juft C) 4 ta D) 2 ta
172.Sudralib yuruvchilarning barchasida tanada … qon
oqadi.
A)venoz B)arterial C) aralash D) to’gri javob yo’q
173. Qon aylanish sistemasining evolyutsiyasida asosan
nechta bosqich ko’zga tashlanadi
1)3 ta 2)4 ta 3)2 ta
a)yurakning paydo bo’lishi b)yurak kameralari sonining
ortishi c)qon aylanishining ikkita- katta va kichik doirali
bo’lishi d)yurakning chap arterial va o’ng venoz
bo’laklarga ajralishi
A)1-a,b,c,d B)2-a,b,c,d C)3-a,b,c,d D)3-a,c
174…. Orqa ichak va anal teshigi paydo bo’lgan
A)halqali chuvalchanglar B)boshoyoqli molluskalar
C) to’garak chuvalchanglar D)yassi chuvalchanglar
175. Miyachasi harakatlarni muvofiqlashtirish markazi
bo‘lganligi sababli kuchli rivojlangan(a), xilma-xil
harakatlari tufayli kuchli rivojlangan(b) va
harakatlarning soddaligi tufayli yaxshi
rivojlanmagan(c) sinflarni aniqlang.
A a-sut emizuvchilar; b-qushlar; c-baliqlar
B a-qushlar; b-reptiliyalar; c-amfibiyalar
C a-chumchuqsimonlar; b-tangachaqanotlilar; c-
dumsizlar
D a-baliqlar; b-reptiliyalar; c-tuban sutemizuvchilar.
176.Neotropikda uchrovchi oldingi miya yarimsharlari
po‘stlog‘i kuchli rivojlangan va unda ko‘rish, eshitish,
tuyg‘u, harakat analizatorlarining oliy markazlari,
shuningdek, oliy nerv faoliyatining markazlari
joylashgan sinf vakillarini aniqlang.
A alligatorlar, iguana, ilonlar;
B tulki, suvsar, oq ayiq, oq sichqon, oq tovushqon;
C kolibri, yapaloq qush, tasqara, nandu;
D pampas mushugi, skuns, dengiz cho‘chqasi.
177. Oldingi miyasi yarimsharlarga bo‘linmagan(a) va
oldingi miyasi yarimsharlarga bo‘lingan(b) sinf
vakillarini aniqlang. 1-kvaksha 2-semga; 3-som; 4-
povituxa; 5-gambuziya; 6-forel; 7-suvkesar; 8-vapiti; 9-
beluga
A a-1,4,6,9; b-2,3,8.
B a-2,3,5; b-1,4,6,8
C a-5,6,9; b-4,7,8.
D a-2,3,6,9; b-1,4,5,7.
178. Organizmlarni xususiyatlari bilan juftlab yozing.
a-toron; b-penitsill; c-aguti.
1-alkaloidlar mitselliy gifalari orqali barcha
hujayralarga yetkaziladi 2-gumoral boshqarish
fitogormonlar orqali amalga oshiriladi 3-gormonlar
qon, limfa va to‘qima suyuqligi orqali tanaga
tarqaladi 4-fitogormonlar o‘tkazuvchi to‘qimalar orqali
barcha hujayralarga yetkaziladi 5-o‘z-o‘zini
boshqarishning nerv va gumoral usullari bir-biri
bilan chambarchas bog‘liq 6- gumoral boshqarish
alkaloidlar orqali amalga oshiriladi
A a-1,2; b-1,6; c-3,4.
B a-3,5; b-1,6; c-2,4
C a-2,4; b-1,6; c-3,5.
D a-3,4; b-1,2; 1,6.
179. Organizmning o‘z-o‘zini boshqarishning nerv va
gumoral usullari bir- biri bilan chambarchas
bog‘liqligini ko’rsating.
A nerv sistemasi faoliyatiga qon bilan yetib kelgan
gormonlar doimiy ravishda ta’sir ko‘rsatadi
B tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan fiziologik
jarayonlar yagona neyrogumoral mexanizm orqali
amalga oshadi
C ichki sekretsiya bezlaridan ajraladigan gormon
miqdori va qonga quyilishi nerv sistemasining doimiy
nazoratida bo‘ladi
D bir tomondan nerv sistemasi faoliyatiga qon bilan
yetib kelgan gormonlar doimiy ravishda ta’sir
ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan ichki sekretsiya
bezlaridan ajraladigan gormon miqdori va qonga
quyilishi nerv sistemasining doimiy nazoratida
bo‘ladi.
180. Fiziologik jarayonlarning o‘z-o‘zini boshqarilishi
qanday amalga oshadi.
1- organizmdagi organlar va organlar sistemalari
o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi natijasida; 2-
boshqarish biologik faol moddalar fitogormon va
alkaloidlar orqali amalga oshiriladi; 3- boshqarish
gumoral-kimyoviy yo’l orqali amalga oshiriladi. 4-
neyrogumoral mexanizm orqali amalga oshadi. 5-
gormonlar orqali amalga oshiriladi
A 1,2,5; B 1,4; C 3 D 2,5.
Do'stlaringiz bilan baham: |