“SUN’IY INTELLEKT VA NEYRON TARMOQLARI” FANI DOIRASIDA MUSTAQIL
ISH VAZIFALARINI BAJARISH BO’YICHA KO’RSATMALAR
Mustaqil ishning tarkibi
Mustaqil ish hajmi 10-15 varaq atrofida bo‘lib quyidagi qismlardan tashkil topgan bo‘lishi
kerak:
titul varag‘i(1-ilova);
mundarija;
kirish (olib boriladigan izlanish masalasini qo‘yilishi);
muammoning holatini tahlili;
qilingan ish bo‘yicha olingan
natijalar, xulosalar va takliflar;
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
ilova (mavjud bo’lsa).
Mustaqil ishni rasmilashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar.
Mustaqil ish kompyuterda tayyorlanib hisobot qismini bayon
qilish kompyuter matnida
(A4 o‘lchamida), hajmi 10-15 betdan iborat (shrift o‘lchami 14 nomi Times New Roman) va
uning chizmalari A4 o‘lchamida 2-3 varaqni tashkil qilishi kerak, o‘ngdan 1,5 sm, chapdan 3 sm,
yuqoridan 2 sm, pastdan 2 sm qoldirib matn joylashtiriladi. Varaqning pastki qismining o‘rtasiga
sahifa nomeri qo‘yiladi. Grafik yoki chizmalar kompyuterda yoki qalamda chizg‘ichdan
foydalanib GOST larga rioya qilingan xolda amalga oshirilishi kerak. Rasmlar nomi
1-rasm. Rasm
nomi
shaklida rasmning patki qismi o’rtasidan yozilishi kerak. Jadvallar nomi
1-jadval. Jadval
nomi
shaklida jadvalning o’ng tepa qismidan yozilishi kerak.
Kirish.
Bu bo‘limda mashinali o’qitishni tadbiq soxalari haqida ma’lumot keltiriladi.
Mustaqil ish maqsadi yoritiladi. Kirish qismining hajmi 2-3 betdan oshmasligi kerak.
Asosiy qismida.
Asosiy qismda berilgan vazifa doirasida mavzuga tegishli ma’lumotlar
ko’rib chiqiladi hamda ko’rilayotgan masalaning aniq natijalari (ma’lumotlari) keltiriladi. Bunda
berilgan ma’lumotlar aniq misollar va asoslar asosida berilishi, statistik ko’rinishda chizmlar va
rasmlar bilan to’ldirilishi lozim. Asosiy qismni yoritishda muallifning fikrlari ham bo’lishi talab
etiladi.
Xulosa
qismida umumiy qilingan ish bo‘yicha asosiy xulosalar kelitiriladi va kelajakda
qilinadigan ishlar yoki takliflar ko‘rsatiladi. Hajmi 1-2 bet bo‘lishi mumkin.
Adabiyotlar
ro‘yxati mustaqil ishning bajarilishida
foydalanilgan ilmiy maqola
(mualliflar, maqola nomi, qachon va qaerda chop etilganligi),
Internet resurslar manzili,
monografiya va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati alfavit tartibida yoki chop etilgan yilini o‘sib borish
tartibida tuziladi.
Ilova
qismida mavzuni kengroq yoritish uchun kerak bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumot,
jadval, grafiklar, sxemalar, dastur kodlari berilishi mumkun.
Mustaqil ishni baholash mezonlari.
Mustaqil ish quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
1. Mustaqil ish hajmining va rasmiylashtirish qoidalarining talabga muvofiqligi;
2. Referat berilgan mustaqil ish mavzusiga mosligi;
3. Berilgan mavzuning to‘liq yoritilganligi;
4. Mustaqil ishda yangi ma’lumotlardan
foydalanilganligi;
5. Mustaqil ishni bajarishda qo‘shimcha adabiyotlardan va maqolalardan foydalanilganligi;
6. Mustaqil ishni himoya qilganligi va savollarga javob berganligi.
Mustaqil ish uchun
20 ball
ajaratilgan bo’lib, barcha rasmiylashtirish
qoidalarida rioya
qilingan taqdirda va mavzu ishda to’liq yoritilgan bo’lsa max 15 ball qo’yiladi. Agar ish himoya
qilinsa 20 ball olish imoniyati bo’ladi. Mustaqil ishga qo’yiladigan ball himoya qilinganlik
darajasiga qarab yuqoriroq baholanadi.
Mustaqil ishni himoya qilish uchun:
1.
Mavzu bo‘yicha og‘zaki ma’lumot tayyorlash lozim. Ma’lumotni bayon qilish vaqti – 5 ...
7 daqiqa.
2.
Namoyish etish uchun qilingan ishning asosiy mazmunini yoritib beradigan 4 yoki 5 ta
slaydni MS Power Point dasturi yordamida tayyorlash kerak.
Mustaqil ish mavzusini tanlash va bajarish.
1.
Mavzuni tanlash quyidagi havolada keltrilgan jadvalga mos tanlanadi.
https://docs.google.com/document/d/e/2PACX-
1vR3FHgZlDGLci8sRhrI4D9IaAzSLuk_F95w3hSS4Nc-btuEL3GroFkYlzLzMIu6Ug/pub
2.
Bir xil (ko’chirilgan) ishlar baholanmaydi. Xoh u ko’chirilgan yoki ko’chirtirilgan
ish bo’lsa ham !!!
Ilova 1
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUXAMMAD AL-XORAZIMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
«Sun’iy intellekt» kafedrasi
“SUN’IY INETLLEKT VA NEYRON TARMOQLARI” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu: «Mashina o’qitish turlari, o’qituvchili va o’qituvchisiz o’qitish
algoritmlari»
Bajardi: ________ guruh talabasi
__________________________
«__» _______________ 20__ y.
Qabul qildi:
_________________
Ball _____________
«__» _______________ 20__ y.
Toshkent - 2022