Suniy idrok haqida ma’ruza matni Intellekt



Download 17,72 Kb.
Sana21.05.2022
Hajmi17,72 Kb.
#606225
Bog'liq
Suniy idrok 546


Suniy idrok haqida ma’ruza matni
Intellekt (lot. intellects — bilish, tushunish, idrok qilish) — insonning aqliy qobiliyati; hayotni, atrof muhitni ongda aynan aks ettirish va oʻzgartirish, fikrlash, oʻqish-oʻrganish, dunyoni bilish va ijtimoiy tajribani qabul qilish qobiliyati; turli masalalarni hal qilish, bir qarorga kelish, oqilona ish tutish, voqeahodi-salarni oldindan koʻra bilish layoqati. I. tarkibiga idrok qilish, xotirlash, fikr yuritish, soʻzlash va h.k. psixik jarayonlar kiradi. I.ning rivojlanishi tugma isteʼdod, miya imkoniyatlari, joʻshqin faoliyat, hayotiy tajriba kabi ijtimoiy omillarga bogʻliq. I. saviyasi, darajasi inson faoliyatining natijalariga, shuningdek, psixologik testlarga qarab ham belgilanadi (qarang Intellektuallik koeffitsiyenti).
Sun'iy idrok​ bilan yashashdan avval 4 savolga javob topish zarur
Sun'iy idrok amaliyotda qo‘llana boshlanganidan beri, u odamlar bilan so‘zlashishni, kompaniyada ishlashni, musiqa bastalashni, hattoki, maqola yozishni ham o‘rgandi. Ayrim mutaxassislar ushbu texnologiyaning salbiy jihatlari haqida so‘zlasa, boshqalari esa insoniyatning eng yirik kashfiyotlari qatoriga sun'iy idrokni ham qo‘shib bo‘lgan. Barcha muhokamalar ana shu texnologiya shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda yuz bermoqda. Business Insider nashri insoniyat sun'iy idrok bilan hamnafas yashashga o‘tishdan avval, bir nechta savollarga javob berish kerakligini eslatib o‘tdi.
Texnologiya ijodkorlari va tadqiqotchilarni bir savol o‘ylantirmoqda: shu turdagi idrokka ega jismda axloq bo‘ladimi?! Mestsia kolleji professori va MindfulMarketing.org portali asoschisi doktor Devid Hegenbuxning fikricha, texnologiya axloq tushunchasiga ega bo‘lishi mumkin, ammo buning uchun katta mehnat qilinishi lozim.
Gap shundaki, texnologiyalar, asosan, samaradorlik va sermahsul foyda evaziga ishlaydi. Shunga qaramay, o‘rtada axloq va ma'naviyat tushunchasi turar ekan, samaradorlik ikkinchi planga tushib qoladi: eng to‘g‘ri, deb hisoblangan tomonga yon bosish talab etiladi. Agar biz sun'iy idrok bilan yashashni istar ekanmiz, quyidagi to‘rtta savolga javob berishimiz zarur.
1. Qanday axloq qoidalariga amal qilinishi lozim?
Insoniyatning axloq tushunchasi bir madaniyatga mansub shaxsga odatiy tuyilgan va boshqa birini haqorat qilish ma'nosida bo‘lgan harakatlar bilan o‘lchanadi. Bunga misol qilib, so‘z, imo-ishora, kiyim-kechak va boshqa narsalarni keltirish mumkin. Mashinani axloqqa «chaqirishdan» avval, odamzot uchun yagona axloq me'yori qanday bo‘lishi kerakligini aniqlash muhim.

2. Sun'iy idrok axloqqa oid masalalarni muhokama etishga haqlimi?


Birinchi savolga e'tibor qiling, insoniyat turli axloq me'yorlarini yakdil bir ko‘rinishga keltirmoqchi va buni eplay olmadi. Shunga qaramay, kishilar kelishuvga erishdi, endi esa mashinalarning turfa dasturi va muhokamasini tasavvur qiling. Mashina murakkab vaziyatni tushuna olishi va qanday yechim taklif qilishini anglab olish lozim.
3. Algoritm mazmunni to‘liq tushunadimi?
Muhim qarorni qabul qilishdan avval, biz vaziyat to‘liq nazoratda ekanligiga ishonch hosil qilamiz hamda sharoitdan kelib chiqib biror harakatga qo‘l uramiz. Masalan, yakka turdagi tovar uchun bozorda talab oshsa, kompaniya ishlab chiqargan mahsulotlari uchun narxni oshiradi. Lekin gap inson hayoti bilan bog‘liq dori-darmon va unga egalik qiluvchi yagona kompaniya haqida ketsa, mashina bu holatda boshqa omillarni hisobga ola biladimi?
4. Javobgarlik kimning zimmasiga yuklatiladi?
Kompaniyalar doimo tanqid va muammolarga uchrab turadi. Ba'zida inqiroz ishtirokchisi og‘ir vaziyatdan qutulib ketish uchun javobgarlikdan qochadi va boshqalarni ayblay boshlaydi. Sun'iy idrokni ishga o‘rgatish paytida yo‘l qo‘yilgan xatoga javobgar kim: ishlab chiqaruvchi kompaniya, dasturchi yoki foydalanuvchi? Ziddiyatlarni oson yechish uchun shu savolga javob topish lozim.
SpaceX va Tesla asoschisi va rahbari Ilon Mask aytganchalik sun'iy idrokning paydo bo‘lishi ijobiy hodisa emas, balki takomillashib borishni talab etadigan, hali yetilmagan loyiha hisoblanadi.
SUN'IY IDROK-KELAJAK TEXNOLOGIYASI
2020 yil 10 fevral kuni, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi binosida, «KNOWLEDGE HUB» loyihasi doirasida, amaliy tajriba almashish, o’zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida «Sun'iy idrok-kelajak texnologiyasi» mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tdi.
Tadbirning navbatdagi mehmoni va spikeri Big Data sohasidagi mutaxassis va ekspert – Kushnazarov Farrux Isakulovich bo'ldi.
Tadbir davomida sun'iy idrok, uning rivojlanishi, O'zbekiston va butun dunyoga iqtisodiyotiga ta'siri, global jahon texnologiyalari bozorining o'sishi, sun'iy idrok texnologiyalariga bo'lgan talab va boshqa zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan o'zaro aloqalar, shuningdek, mamlakatimizda sun'iy idrokni rivojlantirishning mumkin bo'lgan yo'llari, usullari haqida so'zlab berdi.

Shuningdek, jahon qudratli mamlakatlati sun'iy idrokga bo'lgan katta qiziqishi ushbu sohani davlat darajasida faol ravishda investitsiyalash va qo'llab-quvvatlashni boshlaydigan boshqa mamlakatlar orasida kata e'tibordaligi ta'kidladi.


Ushbu mavzu tinglovchilarga katta qiziqish uyg'otib ko'plab savollarga boy bo’di. Shu o’rinda ma’ruzachi o’zining yaxshi nazariy tayyorgarligini namoyish etgan holda, batafsil va keng javob berishga xarakat qildi.
Ma’lumot uchun:
Kushnazarov Farrux Isakulovich – IT va sun'iy idrok sohasida xalqaro tashkilotlar va kompaniyalarda tajribaga ega bo’lgan kuchli mutaxassislardan. Weibo internet technologies LTD (Shanxay, Xitoy) da maslahatchi bo'lib ishlagan. Bir necha yil Tunszi universitetida (Shanxay, Xitoy) faoliyat olib borgan. Internet texnologiyalari ilmiy-tadqiqot markazida (XXR) katta ma'lumotlar bo'yicha Ilmiy xodim va tahlilchisi, Moskva, Sankt-Peterburg, Xyamen Xyamen va boshqa shaharlarni o'z ichiga olgan aqlli shaharlar loyihasi bo'yicha maslahatchi bo'lib ishlagan. 20 dan ortiq ilmiy nashrlar va maqolalarga mualliflik qilgan.
Download 17,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish