Сунъий йўлдошли навигация тизимлари


- rasm. ESY elliptik orbitasi



Download 313,52 Kb.
bet4/6
Sana27.06.2022
Hajmi313,52 Kb.
#709646
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
МИ

3.7- rasm. ESY elliptik orbitasi


Elliptik orbitadagi yo‘ldoshlar uchun ularning apogeyidagi tezligi perigeyidagi tezligidan sezilarli kam bo‘ladi. Demak, KA ma’lum region ko‘rinish zonasida orbitasi aylanali bo‘lgan yo‘ldoshga qaraganda ko‘proq vaqt davomida bo‘ladi.


Orbitaga chiqarilgan "Molniya" (apogeyi 40 ming km, perigeyi 460 km, og‘ishi 63,5o) KA 8-10 soatlar davomiyligidagi aloqa seanslarini ta’minlaydi, binobarin, atigi uchta sun’iy yo‘ldoshlardan iborat tizim global sutkali aloqani ta’minlaydi.
Elliptik orbitalardagi KAli tizimlar ham “tabiiy” cheklanishlardan mahrum emas. Elliptik orbitada KAning joylashish o‘rnini doimiyligi faqat orbitaning ekvatorga ikkita 63,4o va 116,6o og‘ishlari qiymatlarida ta’minlanadi. Bu Yer gravitatsion maydonining bir jinlimasliklarini ta’siri bilan tushuntiriladi, u tufayli elliptik orbitaning katta o‘qi aylantiruvchi momentga uchraydi, bu apogeydagi sun’iy yo‘ldosh ostidagi nuqtaning kengligini tebranishlariga olib keladi. Elliptik orbitalarning parametrlarini tanlashga ta’sir qiladigan boshqa omil Van-Allen radiatsion tasmalarining xavfli ta’sirlarini hisobga olish zaruratiga bog‘liq, ular KAni orbita bo‘yicha o‘z harakatlanish vaqtida oldin olib bo‘lmaydigan kesib o‘tadi.

Qayd etilgan SYA. QESYA tizimlari statsionar foydalanuvchilar orasida aloqani ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Dastlab ular faqat katta uzunlikdagi magistrallarni va regional aloqani tashkil etish uchun qurildi. VSAT turdagi terminallari asosidagi bunday tizimlar elektron tijorat, bank ma’lumotlarini almashlash, ulgurji bazalar, savdo omborlari va boshqalarda ishlatiladi. Bundan tashqari, QESYA tizimlarida ko‘pincha personal aloqa va ma’lumotlarni interaktiv almashlash (shu jumladan Internet orqali) qurilmalari qo‘llaniladi. QESYA tizimlari uchun C (4/6 GGs), Ku (11/14 GGs) va Ka (20/30 GGs) chastotalar diapazonlari ajratilgan. QESYA xizmatlarini beshta yirik xalqaro tashkilotlar va 50 atrofidagi regional va milliy kompaniyalar ko‘rsatadi. Yirik qayd etilgan aloqa tijorat tizimlariga Intelsat, Intersputnik, Eutelsat, Arabsat va AsiaSat kiradi. Ular orasida Intelsat etakchi hisoblanadi, uning orbital guruhlanishi asosiy to‘rtta Atlantika (AOR), Hind (IOR), Osiyo-Tinch okeani (ATR) va Tinch okeani (POR) xizmat ko‘rsatish regionlarini qamrab oladi. Intelsat tizimining 30 yillik bo‘lishi davomida 8 ta sun’iy yo‘ldoshlar avlodalari yaratildi, ulardan har bir keyingisi oldingisidan sezilarli ustun bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda Intelsat xizmatlarini to‘rtta keyingi avlod sun’iy yo‘ldoshlari (Intelsat-5, -6, -7/7A, -8 turkumlar) ta’minlamoqda. Bu KAlarning o‘tkazish qobiliyati 12 dan 35 mingtagacha telefon kanallarini tashkil etadi, ya’ni Intelsat tizimining 25 ta sun’iy yo‘ldoshlari orqali taxminan 2/3 xalqaro telefon trafigi uzatiladi. Yer usti segmenti o‘z ichiga dunyoning 170 ta davlatlarida joylashgan 800 ta yirik stansiyalarni oladi.


Xalqaro Intersputnik tashkiloti hozirgi vaqtda 8 ta KAlardagi 30 ta retranslyatorlarni ijaraga olish bilan Rossiya kosmik segmentini (u "Gorizont" va "Ekspress" turlardagi KAlardan tashkil topgan) ishlatadi. 1999 yilda Yevro-Osiyo hududi (75o sh.k.), Amerika (83o g‘.k.), Yevro-Afrika (3o sh.k) va Osiyo-Tinch Okeani (130o sh.k.) hududlariga xizmat ko‘rsatish uchun yangi avlod KA ishga tushirilgan (qavslarda KAning holati nuqtalari keltirilgan)
Intelsat va Intersputnik tizimlariga jiddiy raqobatni PanAmSat va Orion xalqaro tijorat sun’iy yo‘ldoshli tizimlari hosil qiladi, ular Yer sharining asosiy hududlarini uzluksiz qoplashni ta’minlaydi. Eng yirik hududiy tizimlarga Eutelsat (Evropa va SHimoliy Afrika), Apstar, Asiasat, Optus, Palapa (Osiy-Tinch okeani hududi) va Arabsat (Arab davlatlari) kiradi.

Harakatdagi SYA. HSYA tizimlari 30 yil oldin paydo bo‘lgan (birinchi mobil radiotelefon aloqasi global tizimi va Marisat geostatsionar KA 70-nchi yillarning o‘rtalarida Comsat kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bunga sabab harakatdagi ob’ektlarning past energiya qurollanishi va ularni ishlatilishining qiyinroq sharoitlari (joy relefining ta’siri, antennalarning o‘lchamlari bo‘yicha cheklashlar va h.k.) bo‘ldi.

Oddiy statsionar yer stansiyalari hatto radioko‘rinishning 5o ishchi burchaklarida barqaror aloqani ta’minlaydi, harakatdagi abonentlar uchun ishonchli aloqani esa faqat sezilarli yuqoriroq qiymatlarda kafolatlash mumkin. KA radioko‘rinishining katta burchaklari murakkab relyefli yaqin zonada radioto‘lqinlarni tarqalishida so‘nishlar bilan asoslanadigan yo‘qotishlarni kompensatsiyalash uchun mo‘ljallangan radioliniyaning energetik zahirasini kamaytirishga imkon beradi.


HSYA nimtizimlari asosan harakatdagi yer usti stansiyalari bilan ishlashni ta’minlaydigan katta markaziy va bazaviy stansiyalarli radial yoki radial-uzelli tuzilmagan ega bo‘lgan tarmoqlar uchun yaratildi. Talab bo‘yicha kanallar taqdim etiladigan tarmoqlardagi oqimlar uncha katta bo‘lmagan, shuning uchun ularda ko‘pincha bir yoki kam kanalli yer usti stansiyalari qo‘llanilgan. Odatda bunday tarmoqlar olisdagi harakatdagi ob’ektlar (kemalar, samoletlar, avtomobillar va h.k.) bilan idoraviy va korporativ tarmoqlarni yaratish uchun, davlat tuzilmalarida, tabiiy ofatlar hududlarida va favqulodda vaziyatlarda aloqani tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
HSYAning rivojlanishidagi sifatli sakrash ma’lumotlarni raqamli uzatish usullarini joriy etilishi bilan va nogeostatsionar orbitalardagi (past aylanishli va o‘rtacha balandlikli) KAlar asosida sun’iy yo‘ldoshli tizimlarning birinchi loyihalarini paydo bo‘lishi tufayli bo‘lib o‘tdi. Bunday sun’iy yo‘ldoshlarning orbitalari Yer sirtiga yaqin, bu an’anaviy yer usti stansiyalarining o‘rniga kichik hajmli terminallar (telefon go‘shagi) va uncha katta bo‘lmagan antennalarni ishlatilishi imkoniyatini beradi.
Hozirgi vaqtda dunyoda past orbitalardagi KAlardan foydalanadigan 30 tadan ortiq milliy va xalqaro (hududiy va global) loyihalar mavjud. Ulardan eng ma’lumi Globalstar, Iridium, Orbcomm (AQSH), shuningdek Rossiyaning "Gonets" va "Signal" loyihalaridir.

Download 313,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish