Lekin nogeostatsionar orbital guruhning (OG) joylashish o‘rnini aniqlashda tabiy cheklashlarni hisobga olish zarur, bu Yerning magnit maydoni qamrab oladigan Van-Allen radiatsion tasmalari deyiladigan zarayadlangan zarrachalarninng fazoviy tasmalari hisoblanadi (3.6-rasm). Yuqori radiatsiyasi birinchi barqaror tasmasi taxminan 1500 kmda boshlanadi va bir necha minglab kilometrlargacha cho‘ziladi, uning “qadami” ekvatorning har ikkala tomoni bo‘yicha taxminan 300 kmni tashkil etadi. Ikkinchi tasma shunday yuqori intensivlikda 10 ming imp./s ekvatorning har ikkala tomoni bo‘yicha taxminan 500 kmni qamrab olish bilan 13 dan 19 ming km gacha balandliklarda joylashadi.
O‘rtacha balandlikli sun’iy yo‘ldoshlar trassasi Van-Allen birinchi va ikkinchi tasmalari orasidan, ya’ni 5 dan 15 ming kmgacha balandlikda o‘tadi. Har bir KAning xizmat ko‘rsatish zonasi geostatsionar xizmat ko‘rsatish zonasidan sezilarli kichik, shuning uchun Yer sharining va kemalar qatnaydigan akvatoriyalarning eng ko‘p aholili hududlarini bir martalik qoplash bilan global qamrab olish uchun 8-12 ta sun’iy yo‘ldoshlardan OGni yaratish zarur. O‘rtacha balandlikli sun’iy yo‘ldoshlar orqali aloqada signalning yig‘indi kechikishi 130 msdan ortiq bo‘lmagan vaqtni tashkil etadi, bu ularni radiotelefon aloqasi uchun ishlatishga imkon beradi.
Shunday qilib, o‘rtacha balandlikli sun’iy yo‘ldoshlar geostatsionar sun’iy yo‘ldoshlardan energetik ko‘rsatkichlar bo‘yicha yutadi, lekin ularga KAni yer stansiyalarining radio ko‘rinish zonasida bo‘lishi davomiyligi (1,5—2 soat) bo‘yicha yutqazadi.
3.6-rasm. Van-Allen zonalaridagi radiatsiya darajalari: GN – geografik shimol; MN – magnit shimol; R/Rz – nisbiy masofa, bu yerda Ryer = 6371 km (Yer radiusi), R – balandlik
Past aylanishli. Ekvator tekisligiga nisbatan orbita tekisligining og‘ishi qiymatiga bog‘liq ravishda pastki ekvatorial (og‘ish 0o), qutbiy (og‘ish 90o) va og‘ma orbitalarga bo‘linadi. Kichik og‘ishli va qutbiy orbitalarli tizimlar 30 yildan beri mavjud va asosan ilmiy-tadqiqotlar maqsadlari, masofadan zondlash, navigatsiya, metrologik kuzatishlar, Yer sirtini sur’atga olish uchun qo‘llaniladi. Mobil va personal aloqani tashkil etish uchun bu tizimlar faqat so‘nggi 5-7 yillarda ishlatilmoqda. Bugungi kunda 700—1500 km balandliklardagi kichik og‘ishli va qutbiy orbitalarli, shuningdek 2 ming km balandlikdagi pastki ekvatorial orbitalar jadal o‘zlashtirilmoqda.
Past orbitalardagi sun’iy yo‘ldoshlar boshqa KAlarga qaraganda energetik xarakteristikalar bo‘yicha sezilarli ustunliklarga ega, lekin ularga aloqa seanslarining davomiyligi va KAning aktiv bo‘lishi vaqti bo‘yicha yutqazadi. KAni yer stansiyalarining radio ko‘rinish zonasida bo‘lishi davomiyligi maksimal vaqti 10-15 minutdan oshmaydi.
Elliptik aylanishli. Elliptik orbitaning turini xarakterlaydigan asosiy parametrlar yo‘ldoshning Yer atrofida aylanib chiqish davri va ekssentrisitetligi (orbitaning elliptiklik ko‘rsatkichi) hisoblanadi (3.7- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |