Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   134
Kuntug‘mish, nihoyat, eng baland cho'qqiga chiqib, pastga qarasa,
bir katta karvonga ко ‘zi tushadi. Sevinib quyiga tushadi va bir kosa
suv, bir non so‘rab karvonchilaryoniga boradi. Karvonboshi Azbarxoja
degan xasis, xiidbin, razil kimsa edi. U Kuntug'mishga bir kosa suv
va bir non evaziga buloqni egallab yotgan ajdahoni о ‘Idirish shartini
qoyadi. Kuntug'mish bu shartni ado etadi. Azbarxoja Qur ’oni karimni
о ‘rtaga qo ‘yib, Kuntug'mish bilan do ‘st tutinadi. Xolbeka va bolalarini
ham topib kelishadi. Xolbekaning husni jamolini k o ‘rib, Azbarxo ‘janing


f e ’li ayniydi. Kuntug‘mishni ziyofatda mast qilib, kigizga о ‘mb, ikki
o ‘g ‘lini (go‘dagini) ham shu sahroda qoldirib, Xolbekani bandi
qilganicha Zangar yurtiga olib ketadi. Karvonda Qosim ismli yosh bir
insofli, diyonatli yigit bor edi. U, agar Kuntug‘mish zora o ‘ziga kelsa,
bizning izimizdan yo ‘Iga tushsa deb, bir kunlik-yarim kunlik yo ‘Iga
bir ко ‘za suv, ozroq ovqat qoldirib ketaveradi. Darhaqiqat, Kuntug‘mish
o ‘ziga kelib, ikki g o ‘dagini olib, karvon izidan tushadi. Yo‘lda bir
daryoga duch keladi. Azbarxoja daryodan kechadigan qayiqlami ham
suvga cho‘ktirib ketgan edi.
* * *
S hah zo d a u y o q -b u yoqqa yugurib k o ‘rd i, k em a-q ay iq
topolm adi. Oxir ilojini topm ay, ikki bolasini yo‘rgaklab, o ‘zin 
suvga chog‘lab, daryodan yuzib o ‘tm o q c h ib o ‘ldi. Bittasini og‘ziga 
tishlab, u bittasini shu daryoning labiga qo ‘yib, daryoga kirib 
biror o ‘ttiz quloch urib edi. Endi baxti qaytgan to ‘rani k o ‘ring, 
«Davlat ham egiz, m ehnat ham egiz», shu bachchani1 q o ‘ygan 
yerning oldida bir tup g‘isha bor edi, shuning ostida bir qizil iyak 
qari b o ‘ri pisib yotib edi. Shahzodaning daryoga tushganini ko‘rib, 
to ‘ra uzagandan keyin, bachchaning belidan tishlab olib keta berdi. 
Bola qo‘rqib: «Ota!» — dedi. Shahzoda qarasa, b o ‘ri tishlab olib 
borayotibdi. «Voh!» — deyman deb edi, og‘zidagisi ham suvga 
tusliib ketdi, bir baliq yutib o ‘ta chiqdi. Shahzoda aytdi: «Bu-ku 
o ‘ldi, ana usiga yetar ekan m anm i?» — deb suvdan chiqib quvdi. 
Ikki oyoqliga to ‘rt oyoqli nega yetqizsin, u ham qutulib ketdi...
S h ah zo d a fa rz an d d o g ‘iga to q a t k eltiro lm ay , n o lishiga 
osm on-yer tebranib, yig‘lab turib edi. Shu vaqtda t o ‘raning 
nolasini eshitib, b ir c h o ‘p o n kelib qoldi. Q arasa, b ir odam , 
sher haybatli, y o ‘lbars sifatli b ir kishi, falakdan shikoyat qilib 
yig‘laganiga tog‘-u toslilar suv b o ‘lib turibdi. Cho‘pon bechora qo‘yni 
qo‘yib, to ‘raning oldiga kelib: «Nega muncha yig‘laysan?» — deb bir 
so‘z dedi:
E, yor, alam ko'rgan, qaydin kelasan, ayg'il,
Ko‘p ranj-u sitam ko'rgan, qaydin kelasan, ayg‘il.
Kim erding guli so‘lgan, shum paymonasi to ‘lgan 
Yoki bolasi o‘lgan, qaydin kelasan, ayg'il.
1 Sheva xususuyatlariga ko'ra dostonda «bola», «bolalar» so'zlari «bachcha», 
«bachchalar» tarzida ham ishlatilgan.


Diyoridan ayrilgan, qanotidan qayrilgan,
Yo yoridan ayrilgan, qaydin kelasan, ayg'il.
Sen muncha bo'lib shaydo, muncha qilib vovaylo,
Yusufmisan Zulayxo, qaydin kelasan, ayg'il.
Sen muncha bo‘lib purxun, ko‘z yoshing oqar Jayhun,
Yo Laylimisan Majnun, qaydin kelasan, ayg'il.
Yig‘laysan bozi-bozi, ko‘kka chiqar ovozi,
Yo Zebomisan Yozi, qaydin kelasan, ayg'il.
Yoinki qalandarsan, yo mardi dilovarsan,
Qilgin buni bovarsan, qaydin kelasan, ayg'il.
Ayg'il menga1 otingni, bergil bayon zotingni,
Qo‘y endi uyotingni, qaydin kelasan, ayg‘il.
Anda shalizoda dilovar cho‘pondan xabari yo‘q, o ‘z hollariga 
yig‘lab turgan edi, ko‘zlarini ochib qarasa, bir qo‘y quvuvclii kelib, 
«Qaydan kelasan», — deb so‘z so‘rab turibdi. Anda shahzodaning 
tu tu n -o lo v lari j o ‘sh qilib, k o ‘ngillari qaynab, b ir dardm and 
topolmay, ichi g‘amga to ‘lib turgan emasmi, cho‘ponni mungdosh 
bilib: «Е bechora, beri kel», — deb cho‘ponga qarab, boshidan 
o ‘tgan mashaqqatlarini aytib, bir-bir bayon qilib, bir so‘z dedi:
No'g'ay yiirti — o‘sgan joyim,
Ko'kka chiqar qilgan ohim,
Qoraxon der qiblagohim,
Otam elga sulton bo'ldi.
N o‘g‘aydadir mamlakatim,
Qayrilib sindi qanotim,
Kuntug'mish der mening otim,
To'ra nomi nishon bo‘ldi.
Quloq solgin nolishima,
Yo‘q savdo tushdi boshima,
Men kirdim o‘n to‘rt yosliima.
Bir kiiygur tushdi tushima,
Xotirim parishon bo‘ldi.
1 Q o'lyozm ada m eg‘an.


...Bir-birovga bo'lib payvand,
Ko‘ngillarni qilib xursand,
Xudo berdi ikki farzand,
Yana ko'nglim ravshan bo‘ldi.
Qidirdim alvon-alvonga,
Sig'indim qodir mavlonga.
To‘rt yil yurdim Mug‘ol tog‘da,
Duchor keldim ko‘p karvonga.
...Barchani yaratdi xoliq,
Bor edi vazir otaliq,
Birovni yntdi baliq,
U yer bilan yakson bo'ldi.
Shul bo'ldi Haqning taqdiri,
Ayrilmay manglayning sho'ri,
Bittasin op ketdi bo'ri,
Uni ko'rmak gumon bo‘ldi.
Qarorim yo‘q, turay desam,
Madorim yo‘q, ynray desam,
Uyim yo'qdir, boray desam,
Vatanim yo‘q, kiray desam,
Yorim yo'qdir, ko‘ray desam,
Qo‘zim yo‘q, o'rgilay desam,
Ajal yetmas, o‘lay desam,
Cho'pon, boshim sarson bo‘ldi.
C ho‘pon: «Е bechora», — deb o ‘tib ketdi. Anda shahzoda 
Xolbekani ham unutib, borayotgan yo‘lini ham qo ‘yib, boshqa 
bir yom on yo‘lga tushib, ko ‘ngli jo ‘sh urib: «Bor dunyongdan 
kechdim», dedi.
S hahzodani keta berm oqda q o ‘ying, endi so‘zni kim dan 
eshiting? T o ‘raning qo‘lidagi bolasini yutgan baliq m ug‘dor o ‘n 
gaz yer ham borgan yo ‘q edi. Olim sayyod degan qatag‘anlik 
katta sayyod bir katta to ‘m i yozib o ‘tirib edi. Shu baliq boruvi 
bilan to ‘riga tushdi. K o‘tarib olsalar, bir katta baliq tushibdi. Ichini 
yordi, «Ota»,— deb ichidan bir bola chiqa keldi. Olim sayyod 
hayron qolib: «Ajab qudratlaring bor», — deb bolani uyiga olib 
borib, farzandi yo‘q edi, tarbiya qilib boqa berdi.
Endi b o ‘ri olib qochgan boladan so‘zni eshiting.


B o‘ri to ‘raning bolasini olib qochdi, bir, ikki qirdan oshdi. 
0 ‘nta cho‘pon itiga osh pishirib yotib edi, b o ‘rining guzari ustidan 
tushdi. C ho‘ponlarning ko‘zi tushdi, itni qo ‘shdi, b o ‘ri shoshdi, 
bachchani tashlab qochdi. C ho‘ponlar bolani tushirib olib, hayron 
qolib, birovi aytadi: «Qirga chiqqan xotinning bolasi.
Birovi aytadi: — M o‘ltonining bolasi.
Birovi aytadi: — Qozoqning bolasi.
Birovi aytadi: — Bir uyquchi befarq xotinning bolasi».
Shu yerda o ‘n bir cho‘ponning qo‘shi doyim bir edi. Kunda 
kechkisin bari yig‘ilib kelar edi. Erta turib, qo ‘ylarni har tarafga 
haydab ketar edi. Kechkisin boyagi to ‘raga uchrashgan cho‘pon 
qo ‘yini haydab kelsa, jo ‘ralari: «Е birodar, bizlar bukun b o ‘ridan 
bir bola tushirib olib qoldik», — deb o ‘rtaga olib o ‘tiribdi. C ho‘pon 
ko ‘nglida aytdi: «Haligi sho‘rlining bolasi».
O radan bir-ikki kun o ‘tm ay ovoza b o ‘lib qoldi: «Olim sayyod 
qatag‘an baliqning icliidan bitta tirik bolani topgan emish». Buni 
ham haligi ch o ‘pon eshitdi. «Haligi sho‘rlining bolasi», — deb 
yurdi. C ho‘p o n larb o ‘rini gurk der ekan, o ‘z oti o ‘zi bilan, bolaning 
otini G urkiboy q o ‘ydilar. Baliqni sayyodlar m ohi der ekan, 
unisining otini M ohiboy q o ‘ydilar. Bolalarni tarbiyatda qo ‘yib, 
endi so‘zni Xolbeka oyimdan eshiting.
* * *
Azbarxo‘ja necha vaqt, necha kunlar yo‘l yurib, Zangam ing 
shahriga doxil b o ‘ldi. Zangarga: «Xolbeka kelayotgan emish», — 
deb ovoza bo ‘ldi. Katta-kichik, xurd-u kalon, qiz-u juvon, mard-u 
zan tom larning ustiga chiqib tom osha qilur erdi. A zbarxo‘ja 
Xolbekani Buvraxon podshoga ko‘rinish qildi. Podsho qarasa, 
Xolbeka oyimning qaddi bukilib, ranglari sarg‘ayib, qovog‘i tortib, 
tayoqday qotib, qizil ola qoniga botib, ilgarigi husni jilvalaridan 
yuzdan biri ham qolmabdi. Shunda Buvraxon podsho: «Hay attang, 
esiz Xolbeka, sop b o ‘pti-ya», — deb arkoni davlatning ichida 
Xolbekaga qarab, bir so‘z deb turipti:
Bir vaqtinda banot bichding to ‘nlikka,
Qarayman etaging kepti yenglikka,
Qayda qoldi qoshingdagi hamrohing,
0 ‘zing kepsan karvonlarman, Xolbeka?!


Seni deb shahzoda bo‘ldi aftoda,
Bu u mrin falakka berdi barboda,
0 ‘zing kepsan karvonlaraian, Xolbeka,
Qayda qoldi qoshingdagi shahzoda?
Xolbeka oyim shohdan bu so‘zlami esliitib, dovusliining boricha 
chinqirib, ko ‘ngli buzilib, bag‘ri ezilib, ko‘zining yoshi marjonday 
tizilib, bir so‘z dedi:
Xonim, sizga deyin gapning bo'lganin,
Oraga solmayin so‘zning yolg'onin,
Sahar vaqti ikki qo‘lim bog‘landi,
Bilmayman to ‘ramning tiri-o‘lganin.
Bir bog‘chada olma edi, nor edi,
Ayrilgan qul bir ko‘rmakka zor edi,
Bilmayman to ‘ramning tiri-o‘lganin,
Ena, degan ikki o‘g‘lim bor edi.
Oh tortganda ohim ipday eshildi,
Ayriliqdan siyna-bag‘rim teshildi,
Gapning bo‘lgani shul, taqsir podshoyim,
Diydor bukun sizga kelib qo‘shildi.
X olbekaning bu so ‘ziga arkoni davlatdan eshitgan odam
yig‘lamay qolmadi. Podsho ham ko‘ngli ko ‘p parishon b o ‘lib, 
arkoni davlatdan savol qildi: «Е yoronlar, voy um arolar, vazir 
donolar, podsho g ‘azab qilib, ikki odam ni bir teriga tiqib, bir 
asovning dumiga taqib, bir jazirai vahm nokil otashga haydab 
yuborsa, sh u n d a n ch iq ib , b o la -c h a q a li b o ‘lgan, deb h e ch
eshitganlaring bormi?»
Arkoni davlat bari joyidan turib, qo ‘l qovushtirib: «Taqsir 
podshoyim, bu sinoatni bizlar tugul, ilgari o ‘tgan payg‘ambarlar 
ham k o ‘rgan emas», — deb javob berdilar. Podsho aytdi: «Е 
xaloyiqlar, shu ikkovi teri icliida cho‘l-jazirada om on qolgan ekan, 
shu ikki go‘dak ham cho‘lda om on qolarmikan?» Xaloyiq gurullab 
aytdi: «Taqsir podshoyim... agar saqlayman desa, qudrati yetadi».
Podsho aytdi: «Е yoronlar, shu ikki go‘dak o ‘lmas, qasos 
qiyomatga qolmas. Shu X o‘jadan shu go‘daklar otasining qasosini, 
o ‘zlarining qasosini olmay qo‘ymas. M en shu bachchag‘ar X o‘jaga 
X olbekani olib kelib b e r degan ekan m an m i? A zb arx o ‘ja n i


tagizamindagi zindonga olib borib tashlanglar, m ollarin muhrlab 
qulflab tashlanglar. Axir shu bachchalar kelar, shu X o ‘jad an
o ‘chini olar», — deb farm on qildi.
Jallodlar kelib, X o ‘janing yoqasidan olib, shohi buyurgan 
obxonaga tasliladilar, mollarini berkitdilar. Anda podsho Xolmo‘min 
yasovulboshiga qarab, farm on qildiki:
— Ov X olm o‘m in yasovulboshi, bor, Xolbekani senga berdim.
X olm o‘m in yasovulboshi joyidan irg‘ib turib, qo‘l qovushtirib, 
qulluq, taqsir, deb Xolbekani uyiga olib borib boqa berdi.
* * *
Gurkiboy o ‘nga kirgandan keyin cho‘ponlar qo‘y boqtirib, har 
kun birovining qo‘yini boqib kelar edi, shu kuni cho‘pon o ‘zi 
qo‘shda yotib qolar edi. H ar o ‘n bir kunda navbati bir aylanib 
kelar edi. Boyagi otasini ko‘rgan cho‘ponga navbat kelsa, Gurkiboyni 
izzatlab, eshagiga m indirib, qo‘yini o ‘zi boqar edi. Otasini ko‘rgan 
sababli boshqa cho‘ponlardan bu ko‘p meliribon edi.
Bachchalar o ‘n ikkiga kirdi. Bir kun yog‘in ko ‘p b o ‘lib, qo ‘y 
ham ko‘plik qilib, Gurkiboy yugurib charchadi. Q o‘yni haydab 
kelib, xo ‘ragini yeb, unday yerga borib yotib qoldi. C ho‘ponlar 
qo‘yning qiyiga olovberib, etakurib, cho‘g ‘ qilib, ustlarini keptirib 
gaplasliib o ‘tirib edi. Bir ch o ‘pon gapirib soldi: «Ey birodarlar, 
shu Gurkiboyni bizlar bir b o ‘ridan tushirib oldik, bir odam ham
izlab kelmadi-ya».
Buni Gurkiboy esliitib: «Qani, cho‘ponlar nima deydi ekan», — 
deb darrov quloq soldi. Boyagi to ‘rani ko‘rgan cho‘pon yig‘lab 
qo‘ya berdi. Bu cho‘ponlar aytdi: «Sen bir nim ani1 bilasan, bizlarga 
aytmaysan. Gurkiboyni ham ko‘p izzat qilasan. Bizlar Gurkiboy 
deb edik, sen yig‘lading. Sen shuning sababini aytasan, agar 
aytmasang, seni o ‘ldiramiz», — deb yomonning hazili ham yomon 
b o ‘ladi, o ‘n cho‘pon dehqoniy mushtdan yigirma mushtni yasadi.
Gurkiboy ham qulog‘ini ding qilib yotibdi.
A nda c h o ‘p o n b ech o ra og‘zaki aytdiki: «Ey c h o ‘p o n lar, 
G urkining yurti N o ‘g ‘ay, bobosining oti Avliyoyi Q oraxon, 
N o ‘g ‘ay shohi. Otasining oti K untug‘mish to ‘ra, Zangarga kelgan, 
Xolbekani nard o ‘ynab utib olgan, podshosiga bandi b o ‘lgan, bir 
teriga tikib, asovga sudratib, bir cho‘l-jaziraga haydab yuborgan.
1 Qo'lyozmada ningani.


Bular om on-eson chiqib, M o ‘g‘ol tog‘ida el topolm ay to ‘rt yil 
qolgan. Shunda Xolbeka hom ilador b o ‘lib, ikki o ‘g ‘il tuqqan. Shu 
bachchalar uchga kirib, to ‘rtga chiqar b o ‘lganda, bir savdogarga 
duchor b o ‘lgan. Savdogarlar shahzodaga araq berib, mast qilib, 
G urkining enasi Xolbeka oyimni podshoga olib boramiz, deb 
olib qochgan. Shu ikki bola cho‘lda qola bergan. T o ‘ra mastligi 
tarqalguncha necha kun yotgan. Andin so‘ng joyidan turib, ikki 
bolasini topib olib, karvonlarning orqasidan tushib, Tajang 
daryosining labiga kelib, ikkovini birga ko ‘tarib o ‘tolmay, birovini 
shu y erg a q o ‘yib , b iro v in i o g ‘ziga tis h la b , su vda suzib 
borayotganda, buni b o ‘ri olib qochgan, u birovini daryoda baliq 
yutgan. Bulaming zotini bilsanglar shu», — dedi.
Gurkiboy buning barisini eshitib oldi... Tong otguncha yig‘lab 
chiqdi. C ho‘ponlar: «Endi Gurkiboyni katta qilayik, qattiq ishga 
buyurmayik», 
deb ham m alari va’dalashib qo ‘ydilar. Oqshom
yotdi, erta-m ertan tong otdi. Gurkiboyning oldiga bir qo‘ra qo‘yni 
haydatdi. Anda bachcha qo ‘yni yoyib, bir joyga borib, oqshom 
yig‘lab chiqqan edi, yonboshlab yotib uxlab qoldi. 0 ‘zi chillaning 
ichi edi, b o ‘rining iliqqan vaqti edi. Beega qo‘yga o ‘nta och b o ‘ri 
tegdi, b o ‘g‘ib, o ‘ldirib keta berdi. Bir palla cho‘chib, uyqudan 
uyg‘onsa, qo ‘yning bari to ‘mpayib b o ‘g‘izlanib yotibdi. Qarasa, 
qo ‘y uchdan bir b o ‘libdi. Gurkiboy so‘kib: «...Qirib ketibdi-ku. 
Agar bundan borsam cho‘ponlar urar, balki o ‘ldirar. M eni kimim 
so‘rab yotibdi. Birovning bolasini ko ‘tarsam ham kunim o ‘tadi- 
ku, mening nimamga yetmayotir», — deb soyni etaklab qocha 
berdi. Endi gapni M ohiboydan eshiting.
U ham kashishlik, nuronalik, martabalik bachcha b o ‘lgan edi. 
H ar kim bir so‘z qotsam der edi. Sayyod M ohining qo ‘liga kabob 
bersa, boshqa shogird peshalari bir savat baliq sotguncha, Mohiboy 
besh savat, olti savat baliq sotar edi. Shu sababdan sayyodlar k o ‘p 
yaxslii ko‘rar edi. Bir kuni Mohiboy savatni boshiga qo‘yib, bozom i 
oralab: «Yog‘li kabob, dog‘li kabob, olib yesang topasan savob», — 
deb qanqillab, kabob sotib kelayotir edi, qarasa, bir choldevor- 
vayronaning ichida, devorning ostida, to ‘rtta sochi o ‘sgan, bir- 
biriga yuzma-yuz o ‘tirib: «Kel-e, gartkam», — deb o‘tiribdi. Moliiboy 
aytdi: « 0 ‘tirib qiladigan yaxslii kasb ekan. Joyni kengayt, — deb bu 
ham oshiqni olib, — gartkam», — deb ota berdi. U xudobexabarlar 
M ohiboyning andiligini bilib, duqor tursa ham , ola tursa ham
narsalarini ola berdilar. Bir faslda kabobning pulini, ustidagi bir-


ikki yupqa ozoda to ‘nini boy berdi. Puli qolmagandan keyin: «Е, 
bu ham kasb emas ekan», — deb bu Mohiboy o‘yladi: «Endi borsam, 
sayyodlar qo‘limga kabob bermas, doyimgiday ko‘rmas, urar, balki 
o‘ldirar. M eni kimim so‘rab yotibdi», — deb bu ham bir y o ‘lga 
solib qocha berdi. D aryoning bu yog‘idan G urkiboy, u yog‘idan 
M ohiboy kelib qoldi. G urkiboy qarasa, daryoning u yog‘idan 
o ‘ziga o ‘xshagan b ir yetim kelayotibdi. Qarab tursa, yetim likdan 
kam i y o ‘q, ch en o m o q d an yengi y o ‘q. G urki qarab b ir so‘z 
dedi:
Baland bo'lma, past bo‘layik,
G'anim bilan qasd bo‘layik,
Daryodan o‘tgin beryoqqa,
Kel, ikkovimiz do‘st bo'layik...
Alqissa, M ohiboy qarasa, n aq o ‘ziga o ‘xshagan b ir yetim
kelayotgan ekan, daryodan bu yoqqa o ‘t, deb chaqirib turibdi. 
D o ‘st b o ‘lamiz, deydi. «Obbo, mug‘ambir ekan-a, do‘st b o ‘laman, 
deb aldab-suldab, mening ustimdagi harna qolgan yuqa choponni 
olam an deydigansandi1. Menga sen do ‘st b o ‘lib, shu kebanakingni 
berasanmi? Kebanaklaringga», — deb so‘kib bir so‘z dedi:
Yurgan yo‘lim bo‘ta ko‘zli, jo ‘nag‘ar,
Nayza tegsa, oqbadandan qon oqar,
Birov o'yga, birov qirga yiiradi,
Yurganimman ishing nima, enag‘ar...
M ohiboy aytdi: «Е, e n ag ‘ar, m en sen b ila n d o ‘st h am
b o ‘lmayman, sen shekilli saliroyi bilan yurmakka or qilaman. Menga 
nim a ishing bor», — deb chapanilab so‘ka berdi. Anda Gurkiboy 
meliri toblab, ukasiga qarab, yaxslii gapirib, achchig‘lanmay javob 
bergin, deb turibdi:
Yaxshilarning yiizin ko‘rsang — jannatdir,
Yomon odam qilgan ishi — minnatdir,
Achchig'lanmay javob bergin, chirog'im,
Ot so‘ramoq, zot so'ramoq sunnatdir...
1 Deydigandirsan.


Aytgan so‘zlari ta ’sir qilib, M ohiboyning ko‘ngli erib: «M en 
otim ni aytganda tanib olib qo‘yami shu bachchag‘ar. Ot so‘ram oq 
sunn at b o ‘ladigan b o ‘lsa, aytsam ayta qolayin-chi»,— deb b ir so‘z 
dedi:
Qovmim yo‘q, og‘ajon, qarindoshim yo‘q,
Sir aytayin desam, emchakdoshim yo‘q,
Bir xudodan boshqa rahbar kishim yo‘q,
Quvondisiz bepadardin bo'laman...
...Oh ursam g‘amxona ko‘nglim jo'shadi,
Alam tortsam bandi-bo‘g‘nim bo‘shadi,
Chiqqan ekanman baliqning qornidan,
Otimni Mohiboy yetim deyishadi.
M ohiboy bu so‘zni aytgandan, Gurkiboy bechoraning yurak- 
puragi yorilgiday b o ‘lib, yoqasini uslilab, hazor-hazor shukurlar 
qilib: «I Jkamni ko ‘rsatding, — deb ukasi ekanligini bilib, necha 
shirin zabonliklar bilan: — D aryodan o ‘t», — dedi. Bu xumsa aslo 
o ‘tmadi. Axiri o ‘zi daryodan oqa-oqa o ‘tdi. Anda Mohiboy: «Bu 
dashlikning suvga oqib entikkaniga qara», — deb m azaq qilib turib 
edi, G urkiboy suvdan chiqib, ukasi b ila n k o ‘rishib, ikkovi 
chinachoq olishib, bolalarning rasmini qilib, ikkovi do ‘st b o ‘ldi. 
Gurkiboy qarasa, M ohi ukasi yom on tezzabon, bir gapni aslo 
to ‘xtata olmaydiganga o ‘xshaydi. K o‘nglida aytdi: «Kel-e, bunga 
akangman, deb aytmayin, bizlar xonzodamiz, deb aytsam, og‘zi 
yom on tezob ekan, har kimga bizlar podshozodam iz, deb ayta 
berar. Podsholarning dushm ani ko‘p b o ‘lar emish, mabodo bir 
hodisa ro ‘y bermasin», — deb ikkovi do‘stlik m uhabbatini mahkam 
qilib, yo‘lga tushib keta berdi. Bir-biroviga shunday m ehr qo‘yib 
qolganki, birovini birovi bir lahza ko ‘rmasa, aslo toqat qilolmaydi. 
Ikki bachcha bu yurganlaricha, uch hafta y o ‘l yurib, Zangam ing 
shahriga yetdilar.
* * *

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish